SURXANDARYO VILOYATI DENOV TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA INSTITUTI ANIQ VA TABIIY FANLAR FAKULTETI KIMYO VA BIOLOGIYA KAFEDRASI MAGISTRI JUMAYEV JAVOHIRNING ILMIY SEMINARDAN TAYYORLAGAN ISHI
Hozirgi kunda ta`lim jarayonida interfaol uslublar (grafik organayzerlar va axborot texnologiyalari)dan foydalanib, ta`limning samaradorligini ko`tarishga 2023 yil 1- mart “Kimyo va kimyo ta’limi muammolari”, Denov tadbirkorlik vapedagogika institutida bo`lgan qiziqish, e`tibor kundan-kunga kuchayib bormoqda. Zamonaviy texnologiyalardan qo`llanilgan mashg`ulotlar o`quvchilar egallayotgan bilimlarni o`zlari qidirib topishlariga, mustaqil o`rganib, tahlil qilishlariga, xatto xulosalarni ham o`zlari keltirib chiqarishlariga qaratilgan. O`qituvchi bu jarayonda shaxs va jamoaning rivojlanishi, shakllanishi, bilim olishi va tarbiyalanishiga sharoit yaratadi, shu bilan bir qatorda, boshqaruvchilik, yo`naltiruvchilik vazifasini bajaradi.
Chem Office uchun muqobil malekula tanlash
Biz ushbu bo’limda Chem officeni o’rganish uchun oddiyroq va soddaroq malekula tanlab olishimiz kerak. Chem Office dasturini o’rganish uchun biz bugungi darsimizda ANILINN molekulasini tanlab oldik.
UMUMIY FORMULASI C6H5NH2
ANILINNING fizik va kimyoviy hossalari
Anilin (aminobenzol, amidobenzol, fenilamin) umumiy formulasi C6H5NH2 boʻlgan aromatik aminlarning eng oddiysidir. Molyar massasi 93,2. Anilin rangsiz boʻlib, suvda oz (100 g suvda 20° da 3,4 g) eriydi, oʻziga xos yomon hidli suyuqlik; suyuqlanish temperaturasi — 6,15°, qaynash temperaturasi 184,4°, 20° da zichligi 1027 kg/m3.
Anilin etil spirt, efir va benzolda yaxshi eriydi. Nilin bugʻi juda zaharli. Anilinni birinchi marta 1826-yilda O. Unferdorben indigoni ohak bilan birga havosiz qizdirish yoʻli bilan olgan va „kristallin“ deb atagan. 1841-yilda Y. F. Fritsshe indigoga oʻyuvchi ishqor taʼsir ettirib olgan moddani nilin deb nomlagan. 1842-yilda esa N. N. Zinin nitrobenzolni (NH4)2 SO3 taʼsirida qaytarish reaksiyasi orqali nilinni sintez qildi va uni „benzidom“ deb nomladi. Bu usul sanoatda keng miqyosda tatbiq etildi. 1843-yilda yuqorida koʻrsatib oʻtilgan usullar yordamida olingan barcha moddalarning bir xil birikma ekanligini isbotladi va shu bilan anilin boʻyoqlar sanoatiga asos solindi. Anilin kuchsiz asos xossali boʻlib, unga tegishli re-aksiyalar orasida diazotlash reaksiyasi, yaʼni nitrit kislota bilan boʻladigan reaksiya katta ahamiyatga ega, chunki bunda olinady-gan diazobirikmalar koʻpchilik organik boʻyoqlarni sintez qilishda ishlatiladi. Anilin oksidlansa qora nilin va emeraldin degan boʻyoqlar hosil boʻladi. Anilin farmatsevtika moddalari, plastmassalar olishda ham ishlatiladi.