2. Birikish reaksiyalari. Inson iste’moli uchun yaroqsiz bo‘lgan arzon o‘simlik moylaridan margarin to‘liq bo‘lmagan gidrogenlash yordamida olinadi va chuqur gidrogenlashda salomas hosil bo‘ladi, u sovun tayyorlash uchun ishlatiladigan qattiq massa hisoblanadi.
3. To‘yinmagan yog‘ kislotalarining atmosfera kislorodi bilan oksidlanishi.
Saqlash paytida, ayniqsa, yorug‘likda va havo kirsa, yog‘lar yoqimsiz ta’mga ega bo‘ladi — ular achib qoladi. Yog‘larning achishida atmosfera kislorodi bilan to‘yinmagan yog‘ kislotalarning oksidlanishidagi kimyoviy jarayon asosiy rolni o‘ynashi aniqlandi. Hosil bo‘lgan peroksidlar aldegidlar, ketonlar, erkin Yog‘lar spirt kislotalar, gidroksi kislotalar hosil bo‘lishi bilan parchalanadi. Achish, shuningdek, oqsillar tarkibidagi fermentlar (lipazalar) ta’sirida sodir bo‘ladigan biokimyoviy jarayonlar natijasida yuzaga kelishi mumkin, shu bilan birga yog‘lar gidrolizlanadi va erkin yog‘ va to‘yinmagan moy kislotalar hosil bo‘ladi, ular keyinchalik β-keto kislotalarga oksidlanadi.
Yog‘larning olinishi. Yog‘lar uch atomli Yog‘lar spirt — glitserin va yuqori karbon kislotalarning eterifikatsiya reaksiyasi (Bertlo reaksiyasi) yordamida olinadi:
reaksiyada bitta yoki turli kislotalar ishtirok etishi mumkin.
Tayanch iboralar:Yog’lar, gliserin, spirt kislotalar, gidroksi kislotalar
Nazorat savollari
1. Og‘irligi 17,56 g bo‘lgan o‘simlik moyi 3,36 g kaliy gidroksid bilan yog‘ qatlami butunlay yo‘qolguncha qizdirildi. Gidrolizdan so‘ng olingan eritmaga mo‘l miqdor bromli suvi ta’sirida faqat bitta tetrabrom hosilasi hosil bo‘ldi. Yog‘ uchun mumkin bo‘lgan formulani belgilang.
2. Molekulasida 57 ta uglerod atomiga ega bo‘lgan va yod bilan 1:2 nisbatda reaksiyaga kirishadigan yog‘ning ikkita mumkin bo‘lgan formulasini yozing. Yog‘ tarkibida teng miqdordagi uglerod atomlari bo‘lgan kislotalarning qoldiqlari mavjud.
3. Suyuq yog‘larning tarkibiga qaysi kislota qoldiqlari kiradi?
4. Baliq moyi qaysi vitamin manbai hisoblanadi?
Dostları ilə paylaş: |