Aniq va tabiiy fanlar metodikasi kafedrasi



Yüklə 4,05 Mb.
səhifə59/137
tarix22.12.2023
ölçüsü4,05 Mb.
#189828
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   137
1.05.majmua kimyo-2023

Murakkab moddalar molekulasining tarkibi har xil element atomlaridan tuzilgan. Masalan, KOH, H2SO4, H2O, HCl, Al2O3 va boshqalar.
Barcha murakkab moddalar asosan to’rt sinfga bo’linadi: oksidlar, kislotalar, asoslar va tuzlar.
1.Oksidlar
Biri kislorod bo’lgan ikki element atomlaridan tashkil topgan murakkab moddalar oksidlar deyiladi.
Oksidlarning umumiy formulasi RxOy. Oksidlarni nomlashda kimyoviy element nomi, kichik qavs ichida valentligi va oksidi deb nomlanadi. Cu2O - mis(I) oksidi, CuO mis(II) oksidi, BaO bariy oksidi, Mn2O7 marganes (YII) oksidi.
Oksidlar to’rt turga bo’linadi: asosli, kislotali, amfoter va betaraf yoki tuz hosil qilmaydigan oksidlar. Bundan tashqari tarkibida kislorod tutgan boshqa birikmalar ham bor. Ularga peroksidlar va aralash oksidlar kiradi. Masalan, Na2O2, K2O2 va Mn3O4 , Pb3O4.
Asosli oksidlar. Asoslar mos keladigan oksidlarni asosli oksidlar deyiladi. Faqat metallargina asosli oksidlar hosil qiladi.
Sinf o'quvchilarini guruhlarga ajratish orqali darsni boshlaymiz. O'quvchilar 4 guruhga bo'linib, 5 ta shart bo'yicha bellashadilar:
I.Guruh nomiga ta'rif: guruhlar oksidlar, asoslar, kislotalar, tuzlar deb nomlanadi va shu nomlarga ta'rif beradilar.
II. Krossvord.
Ushbu shartda har bir guruhdan bittadan o'quvchi chiqib, krossvordni ishlaydi.
III.Kim chaqqon?
Bu shartda har bir guruhga 10 tadan test savollari beriladi, birinchi bo'lib olib kelgan guruhga rag'bat beriladi.
IV.Bu moddani bilasizmi?
Bunda har bir guruhdan o'quvchilar chiqib, moddalar nomi yozilgan tarqatmadan tanlab olib, ular haqida quyidagi reja asosida ma'lumot beradi:
nomi;
-struktura tuzilishi;
-qaysi sinfga kirishi;
-turmushda qo'llanishiga qarab nomlanishi;
-xossalari.

Yüklə 4,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   137




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin