5-misol. Tartib nomeri z = 49 ga teng bo’lgan element davriy jadvalning qaysi davri va qaysi gruppasida joylashganini aniqlang.
Yechish: Birinchi bu elementning elektron konfiguratsiyasini topamiz.
1s2 2s2 2p6 3s2 3p64s23d10 4p6 5s2 4d105p1
Bu elektron formula orqali bu elementning davriy jadvaldagi o’rnini va qaysi elementlar oilasiga taalluqliligini aniqlaymiz.
Bu element r-oilaga taalluqli. CHunki uning oxirgi elektroni r-pog’onachada joylashgan. Bu element davriy jadvalning V davrida joylashgan. CHunki uning elektronlari 5 ta pog’onacha bo’ylab tarqalgan. Bu element davriy jadvalning 3-gruppasining bosh gruppachasida joylashgan. CHunki uning eng tashqi pog’onalarida 3 ta elektron bor.
6-misol.Tartib nomeri 74 bo’lgan elementning elektron formulasiga asoslanib, uning asosiy kimyoviy xossalarini aytib bering.
Yechish: Davriy jadvalda tartib nomeri 74 bo’lgan element. Energiya shkalasiga asosan uning elektron formulasi quyidagicha:
1s2 2s2 2p6 3s2 3p64s23d10 4p6 5s2 4d105p66s2 4f14 5d4 Elektron pog’onaga muvofiq volframning tashqi enerrgetik pog’onasida 2 ta elektron bor.
Volfram faqat o’zining ikkita elektronini emas, balki tashqi pog’onadan oldingi pog’onasidagi to’rtta elektronini ham berib 6 valentli bo’lishi mumkin. Uning yuqori oksidi WO3 - kislotali oksid. H2WO4 volframat kislotaga muvofiq keladi. Uning tuzlari volframatlar deb ataladi, masalan K2WO4- kaliy volframat
7-misol. Davriy jadvalda tartib nomeri 11 bo’lgan element atomidagi energetik yacheykalarda elektronlarning taqsimlanish sxemasini ko’rsating.