Aniq va tabiiy fanlar metodikasi kafedrasi


-rasm . Besh xil d-orbitallarning koordinat o’qlariga nisbatan joylashishi



Yüklə 4,05 Mb.
səhifə76/137
tarix22.12.2023
ölçüsü4,05 Mb.
#189828
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   137
1.05.majmua kimyo-2023

4-rasm . Besh xil d-orbitallarning koordinat o’qlariga nisbatan joylashishi
Spin kvant son
Spin kvant son — s-elektronning o‘z o‘qi atrofida aylanishini ifodalaydi. Elektronning shaxsiy harakat momenti miqdorining tanlangan o ‘qqa bo‘lgan proeksiyasi spin kvant son deb ataladi.
Spin kvant sonining qiymati faqat ikki xil + 1/2 yoki – 1 / 2 bo‘lishi mumkin, bu holat qarama-qarshi yo‘nalgan strelka ↓ yoki ↑ yordamida ifodalanadi.
Agar ikkita elektronning spini bir yo‘nalishda bo‘lsa, ular parallel spinli, qarama-qarshi yo‘nalishga ega bo‘lsa antparallel spinli elektronlar bo‘ladi. Elektron joylashadigan atom orbitallami yacheykalar — □(s-orbital), □□□(p- orbitallar), □□□□ (d- orbitallar) ko‘rinishida yoki bazan gorizontal chiziqlar —, va ———, ———— ko‘rinishida ham tasvirlanadi. Ya’ni, agar har bir orbitalda bittadan elektron bo’lsa, yuqoridagi s-, p- va d-orbital quyidagicha tasvirlanadi (yarim to‘lgan orbitallar holida): ↑, ↑↑↑ va ↑↑↑↑ ular uchun to ‘la to ‘lgan vaziyat uchun ↑↓ , ↑↓ ↑↓ ↑↓ da bo’ladi.
Bor postulatlari. Atom tuzilishining Bor nazariyasi
Klassik fizika qonunlari o‘z mohiyatiga ko‘ra, uzluksiz jarayonlarni ifodalashga qodirdir. Kimyoviy elementlar atomlari nurlanish spektridagi spektral chiziqlarning xarakteri atom ichidagi jarayonlar uzlukli ekanligini ko‘rsatadi. Buni birinchi bo‘lib Nils Bor tushundi va klassik fizika qonunlarini atom ichkarisidagi jarayonlarga tatbiq qilib bo‘lmasligini ko‘rsatdi.
Rezerfordning atom tuzilishi planetar modeli to‘g‘ri hisoblansada, lekin atomning energiya nurlashi jarayonini, atomlarning turg‘unligini tushuntirishda qiyinchiliklarga duch keldi. 1913 yilda Rezerfordning atom tuzilishi modeli daniyalik fizik Nils Bor tomonidan mukammallashtirildi va bu qiyinchiliklar bartaraf qilindi.Bor Rezerford tajribalarida kuzatilgan, lekin klassik fizika tushuntira olmaydigan natijalarni, qonuniyatlarni tushuntirishda o‘zining vodorod atomi tuzilishi modelini taklif qildi. Bor modeli vodorod atomi tuzilishining birinchi muvaffaqiyatli modeli bo‘lib, atom tuzilishi to‘g‘risidagi tasavvurlarning rivojlanishida muhim o‘rin tutdi. Bor modeli de-Broyl gipotezasining vujudga kelishida ham katta ahamiyatga ega bo‘ldi. Atom nurlanishi spektridagi qonuniyatlar, atomdagi energetik sathlar birinchi marta Bor tomonidan tushuntirildi.
Vodorod atomi tuzilishining Bor taklif qilgan modeli uning quyidagi postulatlarida asoslanadi:

  1. Atom uzoq vaqt stasionar holatlarda bo‘la oladi. Atom stasionar holatlarda energiyaning E1,E2,E3,...,En diskret qiymatlariga ega bo‘ladi. Atom stasionar holatlarda energiya nurlamaydi. Shuning uchun bunday holatlar stasionar holatlar deyiladi. Atomning stasionar holatlariga stasionar orbitalar mos keladi.

  2. Atomda bo‘lishi mumkin bo‘lgan stasionar orbitalardan elektronning impuls momenti


Yüklə 4,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   137




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin