Aniq va tabiiy fanlar metodikasi kafedrasi


-mavzu: KARBON KISLATALARNING FIZIK-KIMYOVIY XOSSALARI VA ISHLATILISHI



Yüklə 4,05 Mb.
səhifə96/137
tarix22.12.2023
ölçüsü4,05 Mb.
#189828
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   137
1.05.majmua kimyo-2023

19-mavzu: KARBON KISLATALARNING FIZIK-KIMYOVIY XOSSALARI VA ISHLATILISHI (2 soat amaliy mashg’ulot)
Fizik xossalari. Karbon kislotalarning quyi vakillari odatdagi sharoitda o‘tkir hidli, suv bilan har qanday nisbatda aralashadigan, sovitilganda oson kristallanadigan harakatchan suyuqliklardir. Molekulasidagi uglerod atomlari soni beshtadan to‘qqiztagacha bo‘lgan kislotalar (izomoy kislota ham) moysimon suyuqliklar bo‘lib, suvda yomon eriydi. Yuqori molekular yog‘ kislotalar hidsiz, suvda erimaydigan qattiq moddalardir. Karbon kislotalarning deyarli hammasi spirtda va efirda yaxshi eriydi.
Kislotalarning molekular massasi ortishi bilan qaynash temperaturasi ham ortadi, solishtirma massasi esa kamayadi. Normal tuzilishga ega bo‘lgan kislotalar tarmoqlangan kislotalarga qaraganda yuqori temperaturada qaynaydi. Masalan,

Molekulasidagi uglerod atomlari soni juft bo‘lgan kislotalar uglerod atomlari soni toq bo‘lgan kislotalarga qaraganda yuqori temperaturada suyuqlanadi. Kislotalarning molekular massasini aniqlash natijasida suyuq holatda ularning molekula massasi ikki baravar ortiqligi m’lum bo‘ladi. Buning sababi kislota molekulalarining o‘zaro assotsilanganligi, ya’ni vodorod bog‘lanish hosil bo‘lganligidir, buning natijasida siklik yoki chiziqli struktura hosil bo‘ladi:



Kimyoviy xossalari. 1. Barcha karbon kislotalar, anorganik kislotalar kabi kislota xossalariga ega bo‘lib, ko‘k lakmusni qizartiradi. Kislota gidroksidining kuchli kislotali xossasi karboksil gruppadagi atomlar elektron zichligining siljishi bilan tushuntiriladi. Karboksil gruppada elektron zichligi elektrofil atomga, ya’ni kislorodga siljigan bo‘ladi. Natijada karboksil gidroksilidagi vodorod bilan kislorod orasidagi bog‘lanish zaiflashadi va, nihoyat, vodorod atomi proton holida ajralib chiqadi, dissotsilanadi.

2. Karbon kislotalar ham xuddi mineral kislotalar kabi metallar, metall oksidlari va ishqorlar bilan reaksiyaga kirishib tuzlar hosil qiladi:

3. Karbon kislotalarga fosforning galoidli birikmalari ta’sir ettirilganda shu kislotalarning galoid-angidridlari hosil bo‘ladi:

4. Karbon kislotalar bilan spirtlar o‘zaro reaksiyaga kirishib, murakkab efirlar hosil qiladi. Murakkab efir olish reaktsiyasini eterifikatsiya reaktsiyasi deyiladi:

Eterifikatsiya reaktsiyasida spirtlarning va kislotalrning reaktsiya qobiliyati quyidagi tartibda pasayadi:






  1. Xlorangidridlarga va murakkab efirlarga ammiak ta’sir ettirilsa, kislota amidlari hosil bo‘ladi.


Kislota amidlarini kislotalarning ammoniyli tuzlarini qizdirish orqali ham olinadi:

6. Sirka kislota xlor bilan reaksiyaga kirishib, radikaldagi vodorod xlorga o‘rin beradi.



7. Karbon kislotalar ishqorning suvli eritmasi bilan reaktsiyaga kirishib tuz hosil qiladi:




Yüklə 4,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   137




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin