Fermentlarining faollik birligi va aniqlash usullari.
Ko’p shaklli fermentlar.
poliferment sistemalar.
Immobillangan fermentlar.
Fermentlarning amaliyotda qo`llanilishi
LABORATORIYA MASHG’ULOTI:
Mavzu: Kimyo faning asosiy tushunchalari TEXNIKA XAVFSIZLIGI VA KIMYO LABORATORIYALARIDA ISHLASH QOIDALARI.
Kimyoda laboratoriya ishlarini boshlashdan oldin talaba ayni laboratoriyada ishlash uchun ishlab chiqilgan havfsizlik texnikasi bilan tanishib chiqishi va maxsus ju m alg aq o ’l qo’yishi lozim. Talabagayil mobaynida ishlash uchun praktikumdan joy ajratiladi. Laboratoriya ishlarini tushunib bajarilgandagina undan foyda kutish mumkin. Shuning uchun har bir laboratoriya ishining mazmuni, adabiyot va m a’ruzalar bilan tanishib chiqqan talabagagina laboratoriya ishlarini bajarishga ruxsat beriladi. Asosiy qoidalar Kimyoviy laboratoriyada ishlashda amal qilinishi lozim bolgan asosiy qoidalar: 1. Ishning asosiy maqsadi aniq bilmasdan, tajribani o’tkazish uchun lozim bolgan idishlar, asbob-uskunalar, reaktivlar tayyor bo’lmasdan tajribani boshlamaslik; 2. Tajribani o’tkazishda ko’rsatilgan tartib va ketma-ketlikni aniq bajarish; 3. Ayni tajriba uchun ko’rsatilgan barcha xavfsizlik qoidalariga rioya qilish; 4. Ayni laboratoriya ishlari uchun tayyorlangan reaktivlardangina foydalanish. Umumiy qollaniladigan reaktivlami, konsentrlangan kislota va ishqorlarni ish joylariga olib ketmaslik; 5. Reaktivlami ishlatishdan oldin uni ayni tajriba uchun ishlatish mumkinligini idishdagi yozuvga qarab aniqlash; Agar idishda yozuv bo’lmasa o’qitivchining ruhsatisiz ishlatmaslik. 6 . Ayni tajriba uchun reaktiv miqdorini ko’rsatilmagan bo’lsa undan imkoniyati boricha kamroq ishlatish; 7. Ortiqcha olingan reaktivni qaytarib o’z idishiga quymaslik va uning uchun ajratilgan maxsus idishga quyish; 8 . Reaktiv olingan zahotiyoq uning idishini qopqog’ini yopib, o ’z o’miga qo’yish; 9. Quruq reaktivlami farfor, metall yoki shisha qoshiqchalarda olish va ishlatilgandan so’ng qoshiqchalami filtr qog’oz bilan tozalab qo’yish; 10. Agar reaktiv pipetka yordamida olingan bo’lsa, undan boshqa idishdagi reaktivni olish uchun ishlatmaslik; 11. Barcha tajribalami xalat kiygan holda bajarish; 12. Laboratoriya ishini bajarishda tinchlik vatartibni saqlash; 13. Tajribaning sodir bo’lishini e’tibor bilan kuzatish va barcha o’zgarishlarga sinchkovlik bilan nazar tashlash; 14. Kuzatilgan tajriba natijalarini va reaksiya tenglamalarini tajriba tugashi bilanoq laboratoriya daftariga yozib qo’yish; 15. Laboratoriya daftarida ish o ’tkazilgan kun, mavzuning nomi, tajribaning nomi, uning qisqacha ma/.muni, asbob-uskunaning sxemasi yoki rasmi, kuzatish natijalari, reaksiya tenglamalari, hisoblashlar va xulosalar ko’rsatilishi kerak; 16. Laboratoriya ishi tugagandan so’ng talaba ishlatgan kimyoviy idishlarini yuvib, ish joy ini tartibga solib, laborantga topshirishi kerak.