Birinchi tibbiy yordam ko’rsatish qoidalari 1. Kuyganda (gorelka alangasida yoki issiq jism ta’sirida) kuygan joyni kaliy permanganatning konsentrlangan eritmasi bilan namlash kerak. Kuygan joyni kaliy permanganatning kristalari bilan qo’ng’ir rang hosil bo’lguncha ishqalasa ham boiadi. Kuyganga qarshi suyuqlik bilan (aptechkadan) paxtani namlab kuygan joyga qo’yish ham mumkin va tezda shifokorga murojaat qilish kerak. Kuchli kuyganda darhol shifokorga murojaat qilish kerak. 2. Vodorod sulfid, xlor, brom bug’lari, azot oksidlari, is gazi bilan zaharlanganda jarohatlangan kishini tezda ochiq havoga olib chiqish va shifokorga murojaat qilish kerak. 3. Agar yuzga yoki qo’lga kislota sachrasa, darxol suv bilan so’ngra choy sodasining suyultirilgan eritmasi bilan yuvish kerak. Ishqor to ’kilganda esa silliqligi yo’qolguncha suv bilan, so’ngra 2 % li sirka kislotasining eritmasi bilan yuvish kerak.
Mavzu: Atom –molekular talimot va uning zamonaviy talqini
Darsning maqsadi: Atom va molеkulalar holatidagi vodorodning xossalaridagi farqlar. Ionli va kovalеnt bog`lanishli birikmalar xossalaridagi tafovutlar. Davriy sistеma gruppachalarida kimyoviy bog`lanish mustaxkamligining o`zgarishi (galogеnlar misolida). Tajribalar bajarish, xulosa yozish.
Atom tuzilishiga oid mavzular kimyoviy elementlarning davriy qonuni va davriy jadval bilan bog’lab o’rganiladi. Kimyo ta’limi standartiga ko’ra maktab o’quvchisi kimyoviy elementlarning atom tuzilishi, electron formulasi, elektronlarning orbitallarda joylashishini tushuntira olishi va chiza olishi kerak.
Dastlab o’quvcilarga atom yadrosining tarkibi, protonlar va neytronlar haqida tushuncha beriladi. Atom tuzilishini o’rganishdagi dastlabki urinishlar natijasida hosil bo’lgan tushunchalarni rivojlantirib boorish, Rezerford tajribalari haqida o’quvchilarga ma’lumot beriladi.
Darsda ko’rgazma sifatida davriy jadval va atomning tuzu-ilish modeli qo’llaniladi. Atom tizilishining dinamik modellari yordamida har xil element atomlarining elektron tuzilishini yasash mumkin. Bu modellar yumoloq shaklida tuzilgan bo’lib, markaziy qismiga tegishli element atomining yadro zaryadi yozilgan tugmacha yopishtiriladi. So’ng uning atrofiga elektronlar terib chiqiladi. Dars davomida bunday modellardan foydalanish o’quvchilarni fikr doirasini yanada kengaytiradi.
Dars quyidagi reja asosida tushuntiriladi:
Atom tuzilishi haqidagi dastlabki tushunchalar.
E.Rezerford tajribasi.
Atom yadrosi.
Atom yadrosining tarkibi. Proton va neytronlar.
Yadro zaryadi va elementning tartib raqami.
Davriy qonunning yangi ta’rifi.
Mavzuni tushuntirishda atomning bo’linmasligi haqida eramizdan avvalgi 460-370 yillarda yashab o’tgan yunon olimi Demokrit va sharq olimlari Abu Bakr Muhammad ibn Zakariyo ar-Roziy va Abu Rayhon Beruniy ning atomlarni bo’linmaydigan zarrachalar deb qaraydigan olimlarga qarshi fikrlari haqida ma’lumot beriladi. 1911 yilda ingliz olimi Rezerfordning tajribalari va u taklif etgan atomning planetar modeli haqida tushuntiriladi.
Bu mavzuni o’tishda suhbat va muammoli metodlarni qo’llash maqsadga muvofiqdir.
“Kimyoviy bo’’lanishlar mavzulari kimyo ta’limi standartiga ko’ra 8-sinflarda o’tiladi. O’quvchilar “Kimyoviy bo’’lanishlar” mavzulari bo’yicha
Birinchi atom modelini Tomson taklif qildi. Tomson fikricha «Atom shar shaklida bo’lib, unda musbat zaryadlar orasida manfiy zaryadlar muayyan tartibda joylashgan»deyiladi. Tomson nazariyasining xam fazoviy animasiyasi keltiriladi.
Lekin Tomson modelining kamchiligi aytilgan fikrning elektrodinamika qonunlariga mos kelmasligida edi. Chunki musbat va manfiy zarralar aralash holatda tura olmaydi.
1911 yilda E. Rezerford o’z tajribalari bilan Tomson nazariyasini puchga chiqardi va o’zining planetar nazariyasini taklif qildi.
Rezerford α–nurlarini yupqa metal plastinkasidan o’tkazganda, ularning ko’p qismi metall plastinkadan o’tib, yo’nalishini o’zgartirmaganligini, ozgina qismi yo’nalishini o’zgartirganligini, juda kamdan kam hollarda zarracha orqaga qaytganligini kuzatdi. Yuqoridagi jarayon ham ikki o’lchamli tasvirda animasiya qilingan, bo’lib ovoz ham berilgan.
Rezerford nazariyasining kamchiliklarini "Kvantlar nazariyasi" ga asoslangan holda N. Bor o’zining ikki postulati orqali to’ldirishga harakat qildi.
Borning 1 – postulati: Elektron yadro atrofida stasionar orbita bo’ylab harakatlanadi. U harakat vaqtida o’zidan hyech qanday energiya chiqarmaydi ham yutmaydi ham.
Borning 2– postulati: Elektron yadroga yaqin orbitadan uzoq orbitaga o’tganida energiya yutadi va aksincha qaytganda energiya chiqaradi.
Bu jarayonlarning animasiyasi keltirilgan:
Borning 1–postulatidagi holat. Borning 2–postulatidagi holat.
Bor o’zining postulatlari yordamida: 1) Vodorod atomining radiusini aniqlashga; 2) Uning ionlanish energiyasini aniqlashga; 3) Vodorod atomining spektlar sonini aniqlashga erishdi.
Ammo Bor nazariyasida ham kamchiliklar bor edi. Unda: 1) Ko’p elektronli atomlarni spektrlarini aniqlash; 2) Atomning magnit maydonida faoliyatini aniqlash imkonini bermadi.
Mikroobyektlar ikki xil zarracha va to’lqin xossasini namayon qiladi, ya’ni ular bir vaqtning o’zida ham zarracha ham to’lqin xossasini namoyon qiladi.