2. Oddiy va murakkab moddalar.
Allotropiya tabiatda moddalaming turlari juda ko‘p. Ulami alohida-alohida o‘rganish qiyin, shuning uchun ular guruh-guruhlarga bo‘lib o‘rganiladi. Moddalami tarkibiga qarab ikki guruhga bo‘lish mumkin:
1) oddiy moddalar;
2) murakkab moddalar.
Molekulalari bir elementning atomlaridan tashkil topgan moddalar oddiy moddalar deb ataladi. Masalan, temir, azot, kislorod va h.k. Masalan, azot moddasi azot elementining ikki atomidan, xlor moddasi xlor elementining ikki atomidan iborat va h.k. Molekulalari turli elementlaming atomlaridan tashkil topgan moddalar murakkab moddalar deb ataladi. Masalan, shakar — C12H22On — uning molekulasi uglerod, vodorod va kislorod elementlari atomlaridan tashkil topgan. Suv molekulasi vodorod va kislorod elementlarining atomlaridan tuzilgan. Turli oksidlar, tuzlar, kislotalar va asoslar murakkab moddalarga misol bo‘ladi. Bitta kimyoviy elementning o‘zi ikki yoki bir necha oddiy moddalar hosil qilislii allotropiya deb, bu moddalaming har biri esa allotropik shakl o‘zgarishlar deb ataladi. Masalan, kislorod elementi ikkita allotropik modifikatsiya — kislorod va ozon, uglerod elementi ham ikkita — olmos va grafit hosil qiladi; fosfor, oltingugurt elementlari ham bir necha xil modifikatsiya hosil qiladi. Allotropik shakl o‘zgarishlaming mavjudligi molekuladagi bir xil atomlarning soni yoki joylashuvi biror tarzda o‘zgarisliidan kelib chiqadi. Hozirgi vaqtda 112 ta kimyoviy element ma’lum bo‘lgani holda, oddiy moddalar soni 1000 dan ortiq. Tabiiy oltingugurt rombik kristallar ko‘rinishida ucliraydi. 96 °C dan yuqorida u asta-sekin monoklinik oltingugurtga aylanadi. Agar 350—400 °C gacha qizdirib suyuqlantirilgan oltingugurtni sovuq suvga quysak, kristallbo‘lmagan plastik oltingugurt olinadi. Yuqorida aytib o‘tilgan hamma oddiy moddalar bir kimyoviy elementdan — oltingugurtdan tashkil topgan. Bu moddalar yondirilganda bitta mahsulot — sulfit angidrid hosil bo‘ladi.
3. Kimyoviy belgi va kimyoviy formulalar Kimyoda moddalaming tarkibini va ular orasidagi kimyoviy reaksiyalarni ko‘rsatish uchun har bir kimyoviy element o‘zining maxsus belgisi bilan ifodalanadi. Berselius 1813- yilda elementlarning simvollari sifatida lotincha nomlarining bosh harflarini olishni taklif qildi. Masalan, kislorod (oxygenium) О harfi bilan, oltingugurt (sucfur) S harfi bilan, vodorod (hydrogenium) H bilan belgilanadi. Agar bir necha elementning bosh harfi bir xil bo'Isa, ulaming belgisi bosh harfdan va undan keyingi bir harfdan tuziladi. Masalan, kalsiy (calcium)ning belgisi Ca, mis (cuprum)ning belgisi Cu va h.k.