Uglevodorodlar: Tarkibida faqat uglerod va vodorod bo‘lgan birikmalar.To‘yingan uglevodorodlar: tarkibida faqat uglerod-uglerod bog‘lari mavjud bo‘lgan organik moddalar. Alkanlar to‘yingan uglevodorodlardir. Ularning tarkibidagi har bir uglerod vodorod atomlarining maksimal sonini saqlaydi. Alkanlarda faqat uglerod-uglerodli bog‘lanishlar mavjud.
Umumiy formulasi: CnH2n+2
Organik birikmalarni o‘rganishni faqat uglerod va vodoroddan tashkil topgan va juda ko‘p moddalarni o‘z ichiga olgan uglevodorodlar sinfidan boshlaymiz.
Uglevodorodlar quyidagi sinflarga bo‘linadi:
Tarkibidagi barcha C atomlari o‘zaro faqat σ (sigma) bog‘lar vositasida bog‘langan uglevodorodlarga to‘yingan uglevodorodlardeyiladi. To`yingan uglevodorodlarga alkanlar va sikloalkanlar kiradi. Alkanlar ochiq zanjirli, sikloalkanlar esa yopiq zanjirli to`yingan uglevodorodlardir.
Uglevodorodlar — molekulalari faqat uglerod va vodorod atimlardan tuzilgan organik birikmalar sinfi. Uglevodorodlar tuzilishiga koʻra, atsiklik yoki alifatik (molekuladagi uglerod atomlari birbiri bilan chiziqli yoki tarmoklangan zanjir boʻlib boglangan), izotsiklik yoki karbosiklik (molekulasi 3 ta va undan koʻp uglerod atomi halqasi — siklidan iborat) xilga boʻlinadi. Bu guruh Uglevodorodlar atsiklik va aromatik uglevodorodlardan iborat Atsiklik uglevodorodlar toʻyingan uglevodorodlar va toʻyinmagan uglevodorodlarsan tashkil topgan. Alitsiklik uglevodorodlar ham toʻyingan va tuyinmagan bulishi mumkin. Uglevodorodlar gomologik katorlar hosil qiladi Neft, tabiiy yonuvchi gazlar, baʼzi sanoat gazlari va smolasi uglevodorodlardan iborat.