Aniq va tabiiy fanlar metodikasi kafedrasi


-mavzu: ALKANLARNING GOMOLOGIK QATORI VA IZOMERIYASI, NOMENKLATURASI VA OLINISH USULLARI



Yüklə 4,05 Mb.
səhifə85/137
tarix22.12.2023
ölçüsü4,05 Mb.
#189828
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   137
1.05.majmua kimyo-2023

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • Etan
15-mavzu: ALKANLARNING GOMOLOGIK QATORI VA IZOMERIYASI, NOMENKLATURASI VA OLINISH USULLARI. (2 soat ma’ruza, 2 soat labaratoriya mashg’ulot)
Reja:

        1. Alkanlarning gomologik qatori.

        2. Radikallarning umumiy formulasi

        3. To‘yingan uglevodorodlarda izomeriya

Alkanlar funksional guruhlarga ega emas. Kimyoviy jihatdan deyarli inert moddalar, faqat zarur sharoitlar yaratilgandagina parchalanish va almashinish reaksiyalariga kirisha oladi. Alkanlar oson yongani sababli yonilg‘i sifatida ishlatiladi (masalan, benzin).Alkanlar boshqa ko‘plab murakkab moddalarni (plastmassa va boshqalar) ishlab chiqarish uchun xom ashyo hisoblanadi.Ba’zi muhim alkanlar
Metan, CH4– organizmlarning kislorodsiz bakterial parchalanishi natijasida hosil bo‘lgan tabiiy gazning asosiy komponenti(~85%). Toza yonadi, hidsiz, tabiiy gaz sizib chiqishini aniqlash uchun etantiol moddasi qo‘shiladi.
Etan, CH3CH3 (C2H6) – tabiiy gazning kichik komponenti (~10%).
Propan, CH3CH2CH3(C3H8) – sanoat yoqilg‘isi sifatida va uyni isitish hamda pishirishda ishlatiladi.

To‘yingan uglevodorodlar molekulasidan bitta vodorod atomi tortib olinsa, tegishli uglevodorodlarning radikallari hosil bo‘ladi. Radikallarning umumiy formulasi CnH2n+1 bo‘lib, radikal nomi to‘yingan uglevodorod nomidagi –an qo‘shimchasi o‘rniga –ilqo‘shimchasi qo‘shish bilan hosil bo‘ladi. Alkanlarning tuzilishiUglerod atomida to‘rtta juftlashmagan elektron turli orbitallarda joylashgan. Uglerod atomining bunday elektron tuzilishiga asoslanib, elektronlar hosil qilgan kimyoviy bog‘lanishlar bir-biridan farq qiladi, deb taxmin qilish mumkin. Amerikalik kimyogar Laynus Polingfanga orbitallarning gibridlanishi tushunchasini kiritdi.Shakli va energiyasi har xil atom orbitallardan shakli hamda energiyasi bir xil orbitallar hosil bo‘lishi gibridlanishdeb ataladi.Alkanlarda C–H va C–C kimyoviy bog‘lar mavjud. C–H bog‘ kuchsiz qutbli kovalent, C–C bog‘kovalent qutbsizdir. Bular bitta s–bog‘lardir. Alkanlardagi uglerod atomlari to‘rtta s–bog‘ hosil qiladi. Shuning uchun alkan molekulalarida uglerod atomlarining gibridlanishi –sp3

To‘yingan uglevodorodlarda izomeriya butandan boshlanadi.Uglerod atomlari o‘zaro birikkanda tarmoqlanmagan tuzilishdagi uglerodlarni normal (n) uglevodorodlar deyiladi. Tarmoqlangan zanjirli uglevodorod deb normal tuzilishdagi uglevodoroddagi vodorod atomlari o‘rnini uglevodorod radikallari egallagan moddalarga aytiladi.u holda tuzilishi bir xil, lekin fazoviy tuzilishi har xil bo‘lgan ikkita birikma mavjud bo‘lishi mumkin. Bunday birikmalarning molekulalari bir-biriga ko‘zgu tasviri va obyekt kabi bog‘langan bo‘ladi. Bunday holda, hech qanday aylanish orqali bir molekuladan ikkinchisini hosil qilib bo‘lmaydi. Uglerod atomining soni oshgan sari, izomerlar soni ham ortib boradi.
Pentanda 3 ta izomer bor:



Yüklə 4,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   137




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin