2- misol. 13,8 g organik modda batamom yondirilganda 26,4 g karbonat angidrid bilan 16,2 g suv hosil bo‘lgan. Bu modda bug‘ining vodorodga nisbatan zichligi 23 ga teng. Uning molekular formulasini chiqaring.
Yechish. Birikmaning haqiqiy formulasini topish uchun uning molekular massasini, tarkibidagi elementlaming foiz miqdori va shu birikma tarkibidagi elementlaming atom og‘irliklari ma’lum bo‘lishi kerak. Masala shartida bular berilmagan. Demak, bu masalani yechish uchun, awalo, birikmaning molekular massasini va shu birikma tarkibidagi elementlaming og‘irlik nisbatlarini topisliimiz kerak:
molekular massani M = DH ■Ml formula bo‘yicha topamiz:
M= 2 - 23 = 46
birikma tarkibidagi elementlaming og‘irlik nisbatlarini topamiz: noma’lum modda yondirilganda karbonat angidrid bilan suv hosil bo‘lgan. Demak, noma’lum modda tarkibida uglerod atomlari, albatta, bo‘lishi kerak:
xсy H + O, —> CO, + H,O
13,8 g + x, —» 26,4 g + 16,2 g
Reaksiya tenglamasidan foydalanib, noma’lum modda tarkibida qancha uglerod borligini topamiz: 44 g CO2 da 12 g С bo‘lsa,
26,4 g CO2 da x g С bo‘ladi.
12-26,4 _
- х =--------— = 7,2 g.
44 ’ 6
Yongan modda tarkibidagi vodorod og‘irligini topaylik:
18 g H2O da 2 g H2 bo‘lsa,
16,2 g H2O da у g H2 bo‘ladi.
x = ^ = l,8g
18,6
Yongan organik modda tarkibida uglerod hamda vodoroddan tashqari kislorod elementi bor yoki yo‘qligini aniqlaymiz:
7,2gC + l, 8g H2 = 9gCH
13,8 g - 9 g = 4,8 g
Demak, organik modda tarkibida 4,8 g kislorod ham bor ekan. Yongan organik modda tarkibida 7,2 g uglerod, 1,8 g vodorod va 4,8 g kislorod bor ekanligiga iqror bo‘ldik.
Endi modda tarkibidagi uglerod atomlari sonini x, vodorodnikini у va kislorod atomlarining sonini г bilan belgilaymiz. So‘ngra x, y, z laming nisbatlarini topamiz:
7,2 1,8 4,8 c\ c 1 о no
У IT ■ T ' Ж = 0.6:1.8:0.3
Tenglamaning o‘ng tomonini eng kicliik son 0,3 ga bo‘lsak, u holda x :y: z = 2:6:1 kelib cliiqadi. Demak, birikmaning eng oddiy formulasida ikki atom uglerod, 6 atom vodorod va bir atom kislorod bor deyish mumkin: C2H6O. Bu formula asosida birikma - ning molekular massasini topamiz. U 46 ga teng bo‘ladi. Birikmaning molekular massasi bilan masalaning shartida berilgan molekular massani taqqoslaymiz. Agar ular bir-biriga teng bo‘lsa, moddaning haqiqiy formulasi bilan uning eng oddiy formulasi orasida farq bo‘lmaydi. Bizga berilgan misolda shu holni ko‘ramiz. Demak, birikmaning haqiqiy formulasi C2H6O bo‘lishi kerak.
Dostları ilə paylaş: |