Aniq va tabiiy fanlar metodikasi kafedrasi



Yüklə 4,05 Mb.
səhifə37/137
tarix22.12.2023
ölçüsü4,05 Mb.
#189828
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   137
1.05.majmua kimyo-2023

RADIOAKTIVLIK
1896 yilda Fransuz olimi Bekkerel uranning va uran birikmalarining ko’zga ko’rinmas nurlar chiqarishini va ular odatdagi nurlarni o’tkazmaydigan qora qogozdan fotoplastinkaga o’tib ta'sir etishi natijasida havoni ionlanishini aniqladi. Bu xodisani o’rganishni Fransuz olimlari Pyer va Mariya Kyurilar davom ettirdilar va 1896 yilda atom massalari 226 va 210 ga teng bo’lgan, ikki yangi element Radiy (Ra) va Poloniy (Ro) ni kashf etdilar.
M.S.Kyuri taklifiga binoan moddalarning o’z-o’zidan nur tarqatish xodisasi radioaktivlik deb, bunday xodisaga ega bo’lgan moddalar esa radioaktiv moddalar deb nomlandi. Radioaktiv nurlar moddalarni (masalan, suv, vodorod xlorid va hokazo) hamda tirik to’qimalarni parchalaydi, lekin oz miqdori o’simliklar o’sishiga ko’maklashadi. Radioaktiv nurlar, nurlardan tashkil topgan. Masalan, usti teshik qo’rgoshin idishga radioaktiv preparatni joylashtirib, teshik qarshisiga fotoplastinka o’rnatsak, plastinkada qora dog’lar paydo bo’ladi.
Bu esa radioaktiv preparatdan qandaydir nurlar tarqalayotganligini isbotlaydi (2-rasm). Agar bu nurlar yo’liga magnit yoki elektr maydonini kiritsak fotoplyonkada uch xil dog’ paydo bo’ladi, bu esa uch xil nur tarqalayotganligini ko’rsatadi. 2-rasmdan ko’rinadiki, elektr va magnit maydonida nurlarning bir oqimi (nurlar) manfiy qutbga, ikkinchi oqimi (nurlar) musbat qutbga buriladi, uchinchi oqimi nurlar esa o’z yo’nalishini o’zgartirmaydi.
 - nurlar musbat zaryadli zarrachalar oqimi bo’lib, ularning zaryadi elektron zaryadidan ikki marta ortiq. Bu zaryadning massasi 4 u.b.ga teng.  -zarracha musbat zaryadlangan geliy ioni ekanligi 1909 yilda isbotlandi. U material maydon xarakatida elektron qabul qilib, geliy atomiga aylanadi.





2-rasm. Radioaktiv moddadan chikayotgan nurlarning ajralishi.

 - nurlar katod nurlari kabi, elektronlardan iborat. Bu nurlarning tezligi


300 ming km/'sek ga yaqin.
 - nurlar rentgen nurlari kabi elektroneytraldir, lekin ularning to’lqin uzunligi rentgen nurlarinikidan ham kichik. Radioaktiv elementlar o’zidan -, -, -nurlarni tarqatishi, ya'ni radioaktiv yemirilishi natijasida yangi elementlar hosil bo’ladi.
Masalan:





Hosil bo’lgan radon elementi o’z navbatida - nurlar tarkatishi natijasida atom massasi 218 ga teng bo’lgan, kimyoviy xossalari jihatidan poloniy elementiga o’xshash yangi radiy A elementi hosil qiladi:







Poloniy ham radioaktiv element, u o’z navbatida nur tarqatib yangi radioaktiv element hosil qiladi va bunday radioaktiv yemirilish radioaktiv bo’lmagan element hosil bo’lguncha davom etadi.


Biror radioaktiv elementning ikkinchi bir radioaktiv elementga o’tish qatori radioaktiv yemirilish qatori deyiladi. Hozirgi vaqtda 3ta tabiiy radioaktiv yemirilish qatori ma'lum va uchala qator ham radioaktiv bo’lmagan qo’rgoshin elementi bilan tugaydi.
I. Qator - atom massasi 235 ga teng bo’lgan aktiniy uran qatori. Bu qator 7 ta  va 4ta  - nur tarqatib, massasi 207 ga teng bo’lgan barqaror qo’rgoshin elementini hosil qiladi.
II. Qator - atom massasi 238 teng bo’lgan uran qatori. Bu kator uzidan 8 ta - va 6ta  - nur tarqatib, atom masasi 206 ga teng bo’lgan qo’rgoshin elementini hosil qiladi.
III. Qator - atom massasi 232 ga teng bo’lgan toriy qatori. Bu qator o’zidan 6 ta - va 4ta  - nur tarqatib atom massasi 208 ga teng bo’lgan barqaror qo’rgoshin elementini hosil qiladi.
Agar radioaktiv element  - nur tarqatsa, uning yadro zaryadi ikkita va massasi 4 uglerod birlikka kamayib, element davriy sistemada ikki xona chapga siljiydi. Masalan:





Agar radioaktiv element o’zidan  - nur tarkatsa, yadro zaryadi bittaga oshadi, element massasi esa o’zgarishsiz qoladi va element davriy sistemada bir xona o’ngga siljiydi. Masalan:





Radioaktiv yemirilish shuni ko’rsatdiki, har bir sekundda atomlarning bir xil miqdori yemiriladi. Bu miqdor yemirilish konstantasi deyiladi.


Radioaktiv element dastlabki miqdorining yarim yemirilishiga ketadigan vaqt yarim yemirilish davri deyiladi va T harfi bilan belgilanadi.
Yarim yemirilish davri T quyidagi formula bilan topiladi;
T=(1/k)ln2 yoki T=0.693/k
bu yerda; k-yemirilish konstantasi.



Yüklə 4,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   137




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin