Aniqlash. Transformatorlarni ichki izolyatsiyasini holatini aniqlash. Elektr jihozlarni sinash usullari


 Sinov usullari va normal izolyatsiyaning qarshiligi; oʻta yuqori chastota



Yüklə 1,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/14
tarix12.06.2023
ölçüsü1,01 Mb.
#128941
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
M A-2 (1)

12. Sinov usullari va normal izolyatsiyaning qarshiligi; oʻta yuqori chastota 
aylanishiga va qizib ketishiga chidamliligi. Izolyatsiya holatini baholash 
kriteriyalari. 


Elektr mashinani nominal aylanish chastotasini oʻzgartirish uchun uni 
uchlaridagi nominal kuchlanishi bilan yuklamasini nominal qiymatidan nol (0) 
qiymatigacha, yuklamasini nol qiymatga tushirib boʻlmaydigan motorlar uchun 
0,25 nominal qiymatgacha tushirib oʻzgartiriladi. 
∆n-aylanish chastotasini nominal qiymati 20% dan oshmasligi kerak. Bu qiymatni 
chegaralanganligi elektr mashinasiga qoʻyilgan mexanik mustaxkamlika bogʻlik. 
Elektr mashinani mexanik mustaxkamligi yuqori aylanish chastotasida sinov 
ishlarini oʻtkazish yoʻli bilan aniqlanadi. Ushbu usulda elektr mashinani aylanish 
chastotasini texnik shartida koʻrsatilgan yuqori qiymatigacha koʻtariladi va 2 
minutdan kam boʻlmagan vaqt ichida yuqori aylanish chastotasi bilan 
shikastlanmasdan ishlagan elektr mashina sinovdan oʻtgan xisoblanadi. Sinov 
davrida aylanish chastotasi asta-sekinlik bilan oʻzgartiriladi. 
Elektr mashinani qizib ketishga chidamliligiga sinov yuklamani 60, 75, 90 va 
100% nominal qiymatlarida oʻtkaziladi. Xatoliklardan xoli boʻlish, energiya 
ta’minotidagi uzilishlarga yoʻl qoʻymaslik va izolyatsini tez eskirishini oldini olish 
maqsadida sinov davrida kerakli rejim 5-6 soat davomida oʻzgarmasdan 
saqlangadan soʻngi oʻlchov qiymatlari olinadi. Koʻrsatilgan vaqt davomida statorni 
va rotorni toki, tashqi sovutish temperaturasi oʻzgarmasligi kerak. 
Barcha elektr jihozlar ekspluatatsiya davrida koʻrikdan oʻtkaziladi. Elektr 
jihoz koʻrikdan oldin changdan, garddan, moydan, zangdan tozalanadi. Koʻrik 
davrida elektr jihozni korroziyaga uchramaganligi, korpusini, magnit 
choʻlgʻomini, ulanish joylarini, kontakt ulamalarini, bosh va choʻlgʻomlar aro 
izolyatsiyasini mexanik ziyon koʻrmaganligiga etibor qaratiladi. SHuningdek
koʻrik davrida elektr jihozni loyixaga va texnik talablarga mosligi aniqlanadi. 
Tashqi koʻrik davrida aniqlangan kamchiliklar elektr jihozni ekspluatatsiya 
qiluvchi xodimlarga chora koʻrish va kamchiliklarni bartaraf etish uchun taqdim 
etiladi. 
Elektr jihozlarda tekshiruv va sinov ishlarida aniqlangan kamchiliklar 
bartaraf etilgandan soʻngina qayta sinov oʻtkaziladi. 
Elektr mashinalarda sinash ishlari «Elektr uskunalarni sinash me’yorlari» 
raxbariy xujjat talablari asosida olib boriladi. 
Elektr mashinalarni ekspluatatsiya qilish jarayonida sifat koʻrsatkichlarini 
yomonlashishini tezroq aniqlash va buning oqibatida uni ishdan chiqishini oldini 
olish maqsadida profilaktik sinovlar oʻtkaziladi. 
Elektr mashinalarni qabul qilishga va ishga tushirishga xulosa sinov 
natijalari, qurilmani kompleks tekshiruv va ikkilamchi qurilmalarni sozlash ishlari 
natijalariga qarab beriladi.

Yüklə 1,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin