Annotasiyasi



Yüklə 1,45 Mb.
səhifə1/29
tarix17.09.2023
ölçüsü1,45 Mb.
#144666
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29
yulduz dessertatsiya ohir


Xorij tajribalari asosida maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachilarning kasbiy kompetentligini rivojalantirish“ mavzusidagi magistrlik dissertatsiyasining

ANNOTASIYASI




Tayanch so‘zlar: Maktabgacha ta’lim; tajriba; ta’lim va tarbiya; kompitentlik; pedagogik texnologiyalar; Janubiy Koreya, Finlandiya, Germaniya maktabgcha ta’lim tizmi;
faoliyat; Triz texnologiyasi.
Tadqiqot obekti: Maktabgacha ta’lim tizmining samaradorligini oshirishda xorijiy tajribalarni o‘rganish va qiyosiy tahlil qilish maqsadida maktabgacha ta’lim tashkilotining pedagog- tarbiyachilari, tayyorlov va katta guruhlari tanlandi.
Tadqiqot maqsadi: Xorij tajribalari asosida maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachilarning kasbiy kompetentligini rivojalantirish o‘qitish usullarini joriy etish.
Tadqiqot texnologiyalari: Pedagоgik – psixоlоgik tahlil, test sо’rоvlari, kuzatish, suhbat, umumlashtirish, pedagоgik tajriba-sinоv hamda matematik- statistik texnologiya.
Olingan natijalar va ularning yangiligi

  • Maktabgacha ta’lim tashkilotining ta’lim samaradorligini oshirishda hamda ilg‘or xorijiy tajribalarni o‘rganish va qiyosiy tahlil qilish to‘g‘risida ilmiy- pedagogik muammo sifatida o‘rganildi;

  • Innavatsion ta’lim texnalogiyalarini amaliyotga joriy etish, bolalarning individual xususiyatlarini hisobga olgan holda xorijiy tajribalar, pedagogik - psixologik adabiyotlar, axborot manbalari o‘rganilib,qiyosiy tahlil qilindi;

  • Maktabgacha ta’lim tizmida ta’lim sifatini yanada oshirishda innovatsion yondashuvlar bilan boyitildi;

  • Maktabgacha ta’lim tizmida ta’lim samaradorligini oshirishda ilg‘or xorijiy tajribalarni o‘rganish va qiyosiy tahlil qilish orqali tajriba-sinov ishlari olib borildi.

Tadqiqotning nazariy-amaliy ahamiyati: O’zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim sohasi ham dunyoda eng ilg‘orlardan biri bo‘lib qolishiga Respublika rahbariyati va hukumati tomonidan hamma shart- sharoit yaratilmoqda. Bizning ta’lim tizmlarimiz ham jahonda e’tirof etilgan ta’limtizimlaridan biridir. Shu tufayli ham Janubiy Koreya, Yaponiya, Germaniya, Fransiya, Malayziya, Finlandiya Buyuk Britaniya kabi rivojlangan mamlakatlar ta’limining vakillari bilan o‘tkazilgan uchrashuvlar va muloqotlarda Respublikamiz ta’limi tizimiga yo‘qori baho berildi. Shuni ta’kidlash lozimki, Respublikamiz Maktabgacha ta’limi hodimlari oldida hozirgi kunda turgan eng muhim vazifa - mustaqil O‘zbekistonning hozirgi ta’lim tizimlarini istiqlol ruhi bilan takomillashtirish, uni o‘zimizning mumtoz pedagogik an’analari bilan boyitish, xorij pedagogikasidagi ilg‘or jihatlarni o‘zlashtirish, yangi - yangi samarali o‘quv predmetlarini ta’lim tarkibiga kiritish bilan jahon davlat standartlari darajasiga olib chiqishdir.Buning uchun esa bizning iqtisodiy rivojlangan xorijiy davlatlardagi quyidagi ilg‘or tajribalarni ta’lim tizimimizda qo‘llay bilishimiz maqsadga muvofiqdir. Tadqiqotning natijalaridan maktabgacha ta’lim sifatini oshirishda, bolaning individual xususiyatlarini hisobga olgan holda har tomonlama rivojlantirishda, ilg‘or xorijiy tajribalarni amaliyotga keng joriy etishda, innavatsion ta’lim texnologiyalarini qo‘llashda, o‘quv – texnologiyaik majmualar tayyorlashda, texnologiyaik tavsiyalardan tarbiyachilar malakasini oshirish va qayta tayyorlash institutlarida ma’ruzalar sifatida foydalanish mumkin.

Yüklə 1,45 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin