23
«3» bahosi (56 – 70) Berilgan tayanch so‘z va iboralar mazmunini qisman
ochib bergan, lekin u bilan bog‘liq tushunchalar haqida ma’lumot bermagan,
mantiqiy izchillikka erishilmagan, shuningdek, javoblar qisqa berilgan yozma
ishlarga qo‘yiladi.
«2» bahosi (55 va undan past ball). Berilgan tayanch so‘z va iboralarning
mazmunini ochib berolmagan, sayoz javoblar sayoz bo‘lgan yoki umuman javob
berilmagan yozma ishlarga qo‘yiladi.
Har bir savolga berilgan javoblarga qo‘yiladigan ballar mezoni:
Maksimal ball: 20 ball
17,1 – 20 ball. Berilgan tayanch so‘z va iboralarning mazmunini qisqa va
to‘g‘ri aks ettirib, unga yaqin tushunchalar bilan bog‘liq ravishda bayon qilib
qo‘shimcha adabiyotlardan foydalangan holda mantiqiy izchillikka erishilgan, imlo
va punktuatsion xatolarga yo‘l qo‘yilmagan yozma ishlar uchun qo‘yiladi.
14,1 – 17,0 ball. Berilgan tayanch so‘z va iboralarni ijodiy yondashgan holda,
qo‘shimcha adabiyotlardagi mazmunan yaqin boshqa tushunchalar bilan bog‘lashga
harakat etilgan, ayrim imlo va punkutuatsion xatolarga yo‘l qo‘yilgan yozma ishlarga
qo‘yiladi.
11,1 – 14,0 Berilgan tayanch so‘z va iboralar mazmunini qisman ochib
bergan, lekin u bilan bog‘liq tushunchalar haqida to‘liq ma’lumot berilmagan,
mantiqiy izchillikka amal qilinmagan, qo‘pol bo‘lmagan imlo va punktuatston
xatolarga yo‘l qo‘yilgan yozma ishlarga qo‘yiladi.
0 – 11,0 va undan past ball. Berilgan tayanch so‘z va iboralarning mazmunini
ochib berolmagan, javoblar mavzuni juda sayoz yoki javob berilgan yozma ishlarga
qo‘yiladi.