8
anglatadigan bo‘lak ekani. Kesim-predikativ markazni tashkil qiluvchi bosh bo‘lak.
Kesimlarning morfologik ifodasiga ko‘ra turlari: ot-kesimlar, fel-kesimlar.
Kesimning tuzilishiga ko‘ra turlari: sodda kesim, sostavli kesim va murakkab kesim.
Mustaqil va nomustaqil kesimlar. Murakkab kesimlar. Bog‘lama. Fel bo‘lmagan
so‘zlar bilan birga kelib, kesimni shakllantirish, predikativlikni ko‘rsatish, modallik,
zamon, mayl, shaxs-son ma’nolarini ifodalash uchun qo‘llanishi.
Kesimning ega
bilan moslashuvi. Ega gapdagi fikr qaratilgan predmetning nomi ekanligi. Ega
harakatini bajaruvchi shaxsning nomi yoki kesim ifodalangan holat yoki belgi
qarashli predmet nomini bildirishi. Ega va subyekt. Eganing turli so‘z
turkumlari
bilan ifodalanishi. Eganing qo‘llanmaslik holatlari. Eganing kesim bilan shaxs va
songa ko‘ra mos bo‘lishi. Eganing birikmali (yoyiq) kelishi. Egasiz gaplar o‘z logik-
grammatik xususiyatiga qarab egali gaplardan farqlanishi. Egasiz gaplarning turlari:
shaxsi
aniq gaplar, shaxsi noma’lum gaplar, shaxsi umumlashgan gaplar, shaxssiz
gaplar, nominativ gaplar, vokativ gaplar. Bo‘laklarga ajralmaydigan gaplar, ularning
mazmunga ko‘ra turlari.
Dostları ilə paylaş: