5
morfemalarni) ifodalash uchun xizmat qiluvchi optik-grafik belgilar sifatida:
raqamlar (arab va rim raqamlari), simvollar.
Orfografik belgilar (defis) va
signalizatorlar (ayirish belgisi, yumshatish belgisi, tutuq beligisi, razryadka, kursiv va
boshqalar). Yangi (lotincha) o‘zbek yozuvining grafik tizimi, uning harfiy va
noharfiy belgilari. Yangi (lotincha) o‘zbek yozuvi grafik tizimining amaldagi
(kirillcha) o‘zbek yozuvi grafik tizimidan farqlari. Orfografiya yozuv tizimining
ikkinchi komponenti (birinchisi-grafika) ekanligi, uning to‘g‘ri yozish me’yorlarini
belgilaydigan qoidalardan iboratligi. Orfografiya va grafika o‘rtasidagi farqlar:
grafemalarning kodlashtirishga, orfogrammalarning esa tanlashga asoslanganligi.
Orfografiya prinsiplari: fonetik, fonematik, morflogik, grafik, tarixiy-an’anaviy,
ramziy (simvolik, differensial), shakliy-an’anaviy va semantik-uslubiy prinsiplar.
Imlo qoidalari. Kirillcha o‘zbek yozuvining imlo qoidalari. Lotincha o‘zbek
yozuvining imlo qoidalari. Hozirgi o‘zbek adabiy tili yozuv tizimlari haqida tarixiy-
xronologik ma’lumot.
Orfoepiya. Orfoepiya haqida ma’lumot. Unli tovushlar
orfoepiyasi. Undosh tovushlar orfoepiyasi. So‘z qismlari talaffuzi. Boshqa tillardan
o‘zlashtirilgan ayrim so‘zlar orfoepiyasi.
Orfoepiyaning adabiy til faoliyatida
tutgan o‘rni, uning fonetika, grafika va orfografiya bilan aloqasi.
Leksikologiya. Leksikologiyaning ob’ekti, predmeti va vazifalari. Lug‘at
tarkibi, uning taraqqiyoti va lug‘at tarkibining rivojida lisoniy (lingvistik) va
nolisoniy(ekstralingvistik) omillarning ishtiroki.
Frazeologiya. Frazeologiyaning predmeti. Frazemaning ko‘chma ma’noli
turg‘un konstruktsiya ekanligi. Frazemaning ifoda va mazmun plani. Frazeologik
ma’no va uslubiy bo‘yoq.
Frazeologik monosemiya va polisemiya. Frazemalarning semantik turlari:
frazeologik butunlik va frazeologik chatishmalar. Frazemalarning shakl va ma’no
munosabatlariga ko‘ra turlari. Frazeologik omonimiya, sinonimiya, variatsiya,
antonimiya, ularning uslubiy tavsifi. Frazemalarni ishlatilish doirasi va zamoniyligi.
Zamoniylik belgisiga ko‘ra istorizm, arxaizm va neologizmlarga bo‘linishi.
Dostları ilə paylaş: