Metafora turlari
1.Antropomorfik metafora. Bu inson va unga tegishli (xos) bolgan (tana azosi, kiyimi) predmetlar nomi asosida hosil qilingan metafora bolib, oyoq, qol, ogiz, til, tish,quloq, yeng, yoqa kabi leksemalar manosining metaforik usulda kochishi.
2.Zoomorfik metafora. Bu hayvonlar va ularning tana azolari nomini ifodalagan leksemalar manosining metaforik usulda kochishi bolib, bu turga bori, tulki, ayiq,ilon, it, shox, dum, qanot kabi leksemalarning metaforik mano hosil qilishi kiradi.
3.Fitomorfik metafora. Bu daraxt, osimliklar va ularning qismlari nomini anglatgan leksemalar manosining kochishi natijasida hosil bolgan metafora bolib, guncha, gul, chinor, chaqirtikanak, danak kabi leksemalarning metaforik manoda qollanishi bunga misol boladi.
4.Kosmomorfik metafora. Osmon jismlari nomi asosida hosil qilingan metafora.Bunday metafora oy, quyosh, qamar, yulduz, osmon, nur, shula kabloi leksemalar manosini metaforik usul bilan kochirish natijasida hosil boladi.
5.Abiomorfik metafora. Metaforaning bu turiga yuqorida sanab otilgan turlariga kirmaydigan, tabiatdagi jonsiz narsalarni ifodalovchi leksemalar manosining metaforik kochishidan hosil bolgan metaforalar (temir, tosh, kishan) kiradi.7Shu tasnifga teomorfik metafora guruhini kiritish maqsadga muvofiq.
Antropotsentrik metafora teomorfik metafora tizimida ham koplab uchraydi. Farishta,shayton, jin kabi sozlarning insonga nisbatan qollanilishi fikrimizning dalilidir.
Ushbu maqolada metafora hodisasining lingvopoetik tahlilini Enaxon Siddiqova sherlari tahlilida korib chiqamiz.Shoira she’riyatida metaforaning quyidagi ma’no turlari qo’llangan.
Tabiat unsurlari bilan bog‘liq о‘xshatishlar -gul yoshlik,etagin o‘par shamol,subhi sodiq,tog‘dek ulkan anduh,chaqmoq urgan daraxtday,umri tutdek to‘kilmoq,daraxtdek gullamoq.Masalan,
Tog‘dek ulkan anduhning
Yukladingmi ayolga?
Kaftlarini shu chayir
Qop-qora chanoq tilgan.
Qush nomlari bilan bog‘liq (ornitonimik kodli) о‘xshatishlar shoira ijodida keng qo‘llanadi.Jumladan,kapalakday bolalik,qumridek yig‘lamoq,kaptardek kukulamoq,
Shoiraning "Ona haqida qoshiq"dostonida ayni shunday oxshatishlar bir qancha qollangan.
Kapalakday shod,quvnoq
Bolaligim qani-yo?
Berkitdi bekinmachoq
O‘ynagan g‘irrom dunyo.
Yoki
Ildizlari sayrona
Daraxtdek gullayapman.
Lekin nechun dil yona,
Qumridek yig‘layapman.
Bunday o‘xshatishlarning mavjudligi shoira sheriyatining Furqat sheriyatiga yaqin ekanligini ko‘rsatadi..Masalan,
Qush kaptardek kukulab,
Ko‘zi eshikda o‘tgan,
Enajonim kelar deb
Dard-u sog‘inchda o‘tgan.
Enaxon Siddiqova sherlari poetikasining mazmuniy boyligi, obrazliligi metaforalarning qо‘llanilishida kо‘rinadi. Shoir metaforaga asoslangan ma’no kо‘chishida an’anaviy leksik vositalar bilan birga xususiy metaforik ifodalarni ham yaratadiki, bu bilan g‘azallarining badiiy qimmatini oshirishga erishadi.
Foydalanilgan adabiyotlar
Nurmonov A Ozbek tilining nazariy grammatikasi Toshkent Oqituvchi 1995.
Gani Abduraxmonov. Ozbek tili grammatikasi Toshkent Oqituvchi 1996.
Йўлдошев М. Бадиий матннинг лисоний таҳлили. – Тошкент, 2008. – Б.87.
Розиқова Г. “Девону луғотит турк” асаридаги от лексемаларнинг семантик, функционал ва услубий хусусиятлар Филол.фан.д-ри (DsC). ...дисс.автореф. – Фарғона, 2021.
Жўраева Р. Муқимий асарларининг лексик-семантик хусусиятлари: Филол.фан.б-ча фалс.д-ри (PhD). ...дисс. автореф. – Қўқон, 2022.
Маруфова З. Мумтоз бадиий матнларда “гўзаллик” концептининг вербаллашуви: Филол.фан.б-ча фалс.д-ри (PhD). ...дисс. автореф. – Фарғона, 2022.
Sh. Rahmatullayev. “Hozirgi o’zbek adabiy tili” 2006.
Dostları ilə paylaş: |