Annotatsiya
Mazkur dastur 5120300-Tarix (mamlakatlar va yo’nalishlar) ta’lim yo’nalishining
2017/2018 o’quv yilida tasdiqlangan o’quv rejasidagi “O’zbekiston tarixi”, “Jahon
tarixi”, “Arxeologiya va etnologiya asoslari”, “Amir Temur va temuriylar tarixi”
fanlarining namunaviy dasturlari asosida tuzilgan bo’lib, 5A120302 – Tarix (yo’nalishlar
va faoliyat turi bo’yicha) mutaxassisligi bo’yicha o’qishga
kiruvchilar uchun
mo’ljallangan.
Tuzuvchilar:
U.U.Mansurov – NamDU, Arxivshunoslik kafedrasi mudiri, PhD., dotsent;
A.A.Erqo’ziyev – NamDU, Tarix kafedrasi mudiri, t.f.n.
Taqrizchi:
A.N.Rasulov – NamDU, Tarix kafedrasi professori, t.f.d.
Dastur Ijtimoiy fanlar fakultetining 2021-yil 28-iyundagi 11-sonli Kengashida
muhokama qilingan va tasdiqlashga tavsiya etilgan.
Kirish
Vatanimiz tarixining o’ta qiziqarli va murakkab jarayonlarida davlatchilik taraqqiyotining o’rni
va ahamiyati beqiyos bo’lganligi, uning evolyutsiyasida mavjud bo’lgan ko’plab
bosqichlar, tamoyillar,
yo’nalishlar, qonuniyatlarning o’ziga xos ekanligi to’g’risida talabalarga chuqur bilimlar berish asosiy
maqsaddir.
5A120302 – Tarix (yo’nalishlar va faoliyat turi bo’yicha) magistratura
mutaxassisligiga kirish
uchun Tarix fanining barcha bo’limlarini, xususan, O’zbekiston tarixi, Arxeologiya va etnologiya
asoslari,
Ibtidoiy jamiyat tarixi, Xronologiya va metrologiya, Tarixiy o’lkashunoslik,
Amir Temur va
temuriylar tarixi, Buxoro
xonligi tarixi, Qo’qon xonligi tarixi, Xiva xonligi tarixi, O’zbekiston
davlatchiligi tarixi, O’rta Osiyo allomalari va tasavvuf-tariqatlari tarixi, O’rta Osiyoning qadimgi va o’rta
asr
shaharlari tarixi, Tarixiy toponimika,
Tarixiy geografiya, Manbashunoslik va tarixshunoslik,
Muzeyshunoslik
va arxivshunoslik, Tarixiy atamashunoslik, O’zbekistonda yer-suv
munosabatlari tarixi
kabi fanlarni bilishi zarur.
Tarix fanining barcha bo’limlarini o’qitishda, davlatchiligimiz tarixini o’rganishda arxiv
manbalari, arxeologik materiallar va nodir qo’lyozmalardan foydalaniladi.