TASAVVUFIY TARBIYA VA AXLOQNING GLABALLASHUV SHAROITIDAGI ZARURATI
SAYITOV KOMILJON ODILOVICH
MUXAMMAD ALXORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNVERSITETI
KAMPYUTER INJINIRING FAKULTETI 240-23 GURUH TALABASI
ANNOTATSIYA
Tasavvuf, sufiylik — islomda insonni ruhiy va axloqiy jihatdan komillik sari yoʻllovchi taʼlimotdir. Tasavvuf soʻzining oʻzagi va mazmuni haqida olimlar turli fikr va taxminlar bildirishgan. Ular ichida Ibn Xaldunning fikri haqiqatga yaqin deb eʼtirof etilgan. U "Muqaddima" asarida tasavvuf "suvf" — "jun", "poʻstin" soʻzidan olingan boʻlishi kerak, zero qadimdan tarkidunyo qilgan zohidlar jundan toʻqilgan kiyim yoki poʻstin kiyib yurishni odat qilganlar, bu bilan ular bashang kiyinib yuruvchi axli dunyolardan farqli hayot tarzini oʻzlarida namoyon etganlar, deydi.
Maqolada milliy tarbiya, uning ahamiyati, bola tarbiyasidagi muhim jihatlar haqida so‘z boradi. Alisher Navoiyning komil insonlar haqidagi qarashlari qisqacha yoritilgan. Maxsus tarbiya muassasalarida tarbiyachining rahbarligida amalga oshiriladigan milliy tarbiya jarayoni haqida fikr yuritilgan. Kalit so‘zlar: milliy tarbiya, ajdodlarimiz merosi, xulq-atvor, sharqona odob, qadriyat, madaniyat, ma’rifat.
Xalqimiz azal-azaldan axloqiy fazilatlarga boy bo’lgan. Ota-bobolarimiz farzand o’stirar ekanlar, ularning xulq-atvorlariga, gap-so’zlariga, kishilar oldida o’zlarini qanday tutib, nimalar haqida fikrlashib, o’z maqsadlarini qanday so’zlar bilan tushuntirishlariga katta ahamiyat berishgan. Ular farzandlarining qurslik qilishi, kattalar suhbatiga aralashishi, nojo’ya ishlariga zinxor-bazinxor yo’l qo’ymaganlar. Bu narsalarga farzand tarbiyasining eng muhim tomoni deb qaraganlar. Sharqona odob ming yillar mobaynida islomiy tarbiya qoidalari asosida tarkib topib, takomillashib borganligi tarixdan ma’lum. Chunonchi, Qur’oni karim oyatlari mazmuni, Payg’ambar alayxissalom hadislari, sharq allomalari va faylasuflarining kitoblari tarbiyamizning manbai bo’lib xizmat qilgan. Islomiy tarbiya musulmonlar hayotining barcha qirralarini, hatto mayda jihatlarigacha qamrab olgan. Janobi Rasululloh hadislarida: «Farzandlaringizni izzat-ikrom qilish bilan birga axloq-odobini ham yaxshilanganlar!», «Hech bir ota o’z farzandiga xulqu odobdan buyukroq meros bera olmaydi», deyilgan. Yana bir hadisda esa: «Mo’min kishiga
berilgan narsalarning eng yaxshisi chiroyli xulqdir», deyilgani bejiz emas. Bobokalonlarimiz hamisha barkamol inson shaxsini tarbiyalashga intilganlar va o’z farzandlari, mahalla yoshlari va butun jamiyatning tarbiyali bo’lishi uchun kurashganlar. Yoshlarni tarbiyalashda «Mening bolam», «Sening bolang» deb ajratishmagan. Tarbiya berish hammaning vijdoniy burchi deb qaralgan. Odamzod dunyoga kelibdiki, mudom mukammal timsol axtaradi, komillikka intilib, ruhiy najot yo’lini qidiradi. Shu orzu-intilish samarasi o’laroq, ma’naviyat bobida beqiyos kashfiyotlar qilingan. Komil inson haqidagi ta’limot insonni yuksak kamolotga yetishini ko’zda tutadi. Komillik bu – insonning yerda qilgan hamma ishlari ma’naviy e’tiqod bilan sug’orilishidir. O’zbek xalqi o’z madaniyati va ma’naviyatida komil insonlarni voyaga yetkazishga katta e’tibor bergan. Buning natijasida asrlar davomida aqlu zakovatga, qomusiy bilim va qobiliyatga ega bo’lgan Az-Zamaxshariy, Abu Rayhon Beruniy va Al-Forobiy, Abu Ali ibn Sino va Al-Xorazmiy, Amir Temur va Ulug’bek, Alisher Navoiy va Bobur, Ogahiy kabi komil insonlar yetishib chiqdi va olamga tanildi. Ular tufayli xalqimiz mag’rur yashadi, mehnat qiladi, doimo hurriyat va erk sari intildi. Bizga ma’lumki, Abu Ali ibn Sino buyuk qomusiy olim sifatida tibbiyot, riyoziyot (matematika), falakiyot, fizika, kimyo, biologiya, dorishunoslik, ruxshunoslik, fiziologiya, filologiya, falsafa, axloq va badantarbiya kabi ko’plab fanlarning yetuk bilimdoni bo’lgan. Uning aql-zakovati, yaratgan asarlari O’rta Osiyodagina emas, balki Sharq va G’arbiy Ovrupo mamlakatlarida ham hurmat bilan tilga olinadi. U har tomonlama komillik darajasiga yetgan ulug’ inson bo’lgan. Abu Ali ibn Sino yigirma to’rt yoshida ilmlarning hammasidan xabardor bo’lib, Buxoroda olimlar bilan bo’lgan bahsda ularni mot qilganligi ma’lum. Bunday muvaffaqiyatga olim kamolotga erishganligi tufayli muvaffaq bo’lgan edi. Abu Ali ibn Sino o’z hayoti va faoliyati davomida doimo ezgulikka intilgan komil inson bo’lgan. Uning nomi va asarlari hamisha tillardan-tillarga, dillardan-dillarga o’tib yuraveradi. Inson komilikka intilar ekan, zinxor bu intilishning oxiriga yeta olmaydi. Shu bois, men komilman, kamolatga erishdim, degan odam xato qiladi. Inson o’z faoliyati mobaynida, nuqson va kamchiliklarga ham yo’l qo’yadi. Ammo shu nuqsonu kamchiliklarni tushunib, tuzatib ularni takrorlamaslikka harakat qiladigan kishi barkamol insondir. Bu haqda Alisher Navoiy shunday degan: Nokis uldirkim, uzin komil degay, Komil ulkim, nuksin isbot aylagay. Inson kamolotiga chek-chegara yo’q. Muttasil kamolot sari intilmoq – taraqqiyot boisidir
Kishi umrini baland himmat bilan boyitmog’i shart. Yuksak maqsadlar sari intilmoq, insoniyatga naf yetkazib yashashni hayotning mazmuni deb bilmoq-himmat balandlikdan nishonadir. Alisher Navoiy bu xususda bunday degan: Birovkim, anga ximmat uldi baland, Erur olam axli aro arjumand Ani, anga mufliski yuk ximmati, Chu yuk ximmati, yuk aning hurmati. O’tmish ma’naviy merosimiz komil inson g’oyasi bilan charog’on. Hazrat Alisher Navoiy dostonlarining har biri komillikning o’ziga xos mezonidir. Darhaqiqat, Navoiy asarlarining har bir sahifasi, misrasi va xulosasida ana shu mezon zo’r kuch bilan tashviq etila boradi. Chunonchi, buyuk shoirning «Arba’in» asarida quyidagi hikmat, ayniqsa, muhimdir: El aro yaxshirok, deding, kimdur, Eshitib shubxa ayla raf andin. Yaxshirok bil ana ulus arokim, Etsa ko’prok ulusga naf andin. Ya’ni, el orasidagi eng yaxshi odam – ulusga (xalqqa) ko’p foyda yetkazgan kishidir. Inson koinotdagi barcha mavjudotlar ichida hammadan ulug’i hisoblanadi. Uning kamoloti oldida aql hayron qoladi, chunki, inson haqiqat haqida chuqur o’ylaydi. Kamolot yo’liga chiqish uchun u asta-sekin o’zligini izlaydi, olimni tanlaydi. Alisher Navoiy «kamol et kasb kim» deya da’vat qilganlarida komillik uchun zarur juda ko’p xususiyatlarni nazarda tutgan. Kishi o’zini xirs-ta’ma, nafs, gaflat, nodonlik singari mayllardan poklamsa, hech payt komil bo’la olmaydi. «Olam uyi»da yashash – uning fuqarosiga aylanishdir. Alisher Navoiy insonning jahon farzandi mavqeiga ko’tarilishini xohlagan. Xuddi shu mavqeni esa kamolatning oliy cho’qqisi deb bilgan
Zamonaviy davrda so‘fiylik tariqatlarining nisbatan kamayishi, salafiylar va vahhobiylar hujumlariga qaramay, so‘fiylik islom olamida, ayniqsa, sunniy Islomning neotraditionalcha tarmog‘ida muhim rol o‘ynashda davom etdi[8]. Tasavvuf atamasi Yevropa tillariga dastlab XVIII asrda sharqshunos olimlar tomonidan kiritilgan.. Navoiy o’z davrida komil insonlarni «ahli ma’ni» deb bilgan. «Ahli ma’ni» bu fikrli odamlardir. Fikrsiz xaloyiqning ongida ma’ni chuqurligi bo’lmaydi. Fikrlash – haqiqatni anglashdir. «Ahli ma’ni» deganda oqil va dono, kamtar va olijanob, haqiqatparvar va va fidoiy kishilarni tushunish kerak. Bunday fazilatlarga ega bo’lgan kishilarning tafakkuri keng bo’ladi. Chunki ular aql oddiy so’z va tushunchalardan emas, balki diyonat, adolat, insof, iymon, ishq, dard tuhfalaridan kamol topgan bo’ladi. Inson go’zal xislatlar, yaxshi fazilatlar, nurdek pokiza umid-niyatlar bilan komillikka – kamolotga intilib boradi.
Tasavvuf arab tilidagi لصُّوفِيَّ- so‘zidan olingan bo‘lib, tasavvuf ( التَّصَوُّف) nomi bilan tanilgan. Islomdagi tasavvuf,islom eʼtiqodining tasavvufiy ifodasi” ,,Islomning botiniy oʻlchovi”, ,,Islom ichidagi tasavvuf hodisasi”, ,,islomiy e'tiqod va amaliyotni botinlashtirish va kuchaytirish” kabi turlicha taʼriflangan. Boshqa bir izohda bu so‘zning lug‘aviy ildizi arabcha ,,poklik” degan ma’noni anglatuvchi ,,safha” ( صفاء) ga borib taqaladi va tasavvufning yana bir g‘oyasi tazkiya ( تزكية – ,,o‘z-o‘zini tozalash”) so‘fiylikda keng qo‘llaniladi. Bu ikki izohni so‘fiy ar-Rudhabariy (vaf. 322 hijriy) birlashtirib,So‘fiy poklik ustiga jun kiygan kishidir” degandi. Boshqa bir ta’rifda bu so‘z ahl as-suffa (“suffa ahli”) atamasidan kelib chiqqan deb taxmin qilingan va Muhammad alayhissalomning sahobalarining guruhi muntazam ravishda zikr yig‘inlarini o‘tkazar edilar. Masjid an-Nabaviyda o‘tirgan bu erkak va ayollarni ba'zilar birinchi so‘fiylar deb biladilar
Hayotning hamma achchiq-chuchugini, bulardan namunayu ibrat olib, yashash va yaratish iqtidoriga erishadi; inson minglarcha yillar mobaynida boshidan kechirgan barcha tajriba-saboqlaridan xulosa chiqarib, munavvar yo’lga chiqqan. Dunyoda insonga tuhfa etilgan aql ne’mati shunday qudratli kuchki, u bilan odam o’zini istagan holatda tarbiya eta oladi, har qanday azob-mashaqqatni, har qanday yomonlikni, eng murakkab muammolarni ham aql ne’mati bilan yengadi va hal etadi. Ruxiy kamolat odam qalbida ezgulikning yuksak koshonasini yaratadi. Aql-zakovatning kamoli o’qish, o’rganish, tahlil etish, idora qilish, e’tiqod qo’yish, hayot tajribasini egallash bilan ro’yobga chiqadi Davlatlar global axborot maydonida o‘z manfaatlarini himoya qilishi, turli axborot xurujlariga qarshi tura olishi esa yanada muhim ahamiyat kasb etmoqda. Biroq axborot texnologiyalarining tez rivojlanishi va global axborot makonida milliy chegaralarning o‘z ahamiyatini yo‘qotishi natijasida turli xalqlar hayotiga soya soluvchi, ularning turmushi, madaniyati va an’analariga zarar keltiruvchi omillar ta’siri kuchaymoqda. Ana shunday omillarning salmoqli qismi “ommaviy madaniyat” nomi bilan hayotimizga kirib kelmoqda. O‘z mustaqil fikri, sog‘lom dunyoqarash va mustahkam irodaga ega bo‘lmagan odamlar, ayniqsa, yoshlar turli ma’naviy tahdidlarning ta’siriga bardosh bera olmasligi ko‘rinib qolmoqda. Mana shunday vaziyatda “ommaviy madaniyat” niqobi ostida axloqiy buzuqlik va zo‘ravonlik, individualizm, egosentrizm g‘oyalarini tarqatish, shuning hisobidan boylik orttirish, boshqa xalqlarning necha ming yillik an’ana va qadriyatlari, turmush tarzining ma’naviy negizlariga bepisandlik, ularni qo‘porishga qaratilgan xatarli tahdidlar odamni tashvishga solmay qo‘ymaydi.
Bugungi murakkab globallashuv davrida har bir shaxs axborot ta’siriga uchraydi. Bu axborot oqimlarining ma’lum qismi noqonuniy va ijtimoiy jihatdan salbiy mazmunga egadir. Butun jahon internet axborot tarmog‘i, mobil aloqa tizimi, kompyuter o‘yinlari, video va kino mahsulotlari orqali “ommaviy madaniyat” niqobi ostida milliy manfaatlarimiz, mafkuramiz, ma’naviy axloqiy qarashlarimizga yot zararli g‘oyalarni yoshlar ongiga singdirishga urinishlar kuzatilmoqda. “Ommaviy madaniyat” mahsulotlari yoshlardan chuqur fikr-mulohaza yuritishni talab etmaydi, aksincha, ularni har xil hayot tashvishi va muammolaridan “xalos” etadi, o‘qishga, bilim olishga emas, balki bir marta beriladigan hayotda “yashab qolishga” chaqiradi.
Mamlakatimiz aholisining asosiy qismini yoshlar tashkil etishini e’tiborga olsak, ularning asl maqsadlari nimaga qaratilgani ravshan bo‘ladi. “Ommaviy madaniyat”ni targ‘ib qilayotgan g‘arazli kuchlarga aslida hech qanday madaniyat va inson ma’naviyati, axloqiy qadriyatlarning keragi yo‘q. Ularning siyosiy maqsadlari mamlakatlarni o‘z izmiga solish, boyliklariga egalik qilish, odamlarning irodasini susaytirish va oxir-oqibatda erkinligidan judo qilishdir.
Amerikalik siyosatshunos Zbignev Bjezinskiy o‘tgan asrning oxiridayoq taraqqiyotga ta’sir etayotgan kuchlar, hodisa va jarayonlar to‘g‘risida to‘xtalib, madaniy ustunlik Amerika global kuch-qudratining muhim jihati sanalishiga e’tiborni qaratadi. Ayrimlar o‘zining estetik qadriyatlari haqida nimalarni o‘ylamasin, Amerika ommaviy madaniyati, ayniqsa, dunyo yoshlarini ohanrabo kabi o‘ziga tortadi. Amerikaning televizion dasturlari va filmlari jahon bozorining qariyb to‘rtdan uch qismini egallagan. Amerikaning ommabop musiqasi ham ustuvor mavqega ega, shuningdek, amerikaliklarning qiziqishlari, ovqatlanishdagi odatlari va hatto kiyinishiga butun dunyoda taqlid qiladilar, deb hisoblaydi. Bu bilan aniq maqsadlar, reja va dasturlar asosida amerikacha madaniyat gegemoniyasi targ‘ib qilinayotganini ta’kidlaydi. Bu tendensiya hozirgi kungacha davom etib kelayotganini kuzatish mumkin.
Aslida, madaniyat inson bunyodkor faoliyatining ichki mazmunini tashkil etadi. Shu nuqtayi nazardan qaraganda, inson faoliyatining asosiy mazmuni o‘zini erkin, yaratuvchan ijodkor shaxs sifatida namoyon etish, insoniylik dunyosini yaratish va shu asosda olamni ham insoniylashtirishdan iboratdir. Shunday ekan, iste’molchilik kayfiyatining o‘zagini tashkil etgan “ommaviy madaniyat” haqiqiy madaniyatning mohiyatiga zid va yotdir. U insonning ma’naviy dunyosini buzadigan, xalqni esa olomonga aylantiradigan hodisadir.
“Ommaviy madaniyat” milliy madaniyatlarning kushandasi bo‘lib, u madaniy xilma-xillikni xushlamaydi, uning asl maqsadi – bu olamni bir xil rangda ko‘rish. Ommaviy madaniyat ssenariysining asosiy “muallifi” sanalgan AQSHda madaniyatlar uyg‘unligi orqali millatlar o‘rtasidagi tafovut “devori”ni yiqitish borasida to‘plangan boy tajriba shundan dalolat beradi. Garchi ommaviy madaniyat okean ortida yagona davlat shakllanishida qo‘l kelgan bo‘lsada, bugunga kelib uning Gʻarbda yuz berayotgan axloqiy tanazzulning muqaddimasi ekani ham ayonlashdi. So‘nggi bir necha o‘n yilliklar davomida “ommaviy madaniyat” o‘sha jamiyatlarni sun’iy, soxta ideallar bilan chalg‘itibgina qolmay, odamzot uchun muqaddas bo‘lgan tabiiy juftlikni ham inkor etdi, g‘ayriinsoniy axloq va munosabatlarni qonuniylashtirdi va buni, demokratiyaning oliy namunasi deya ko‘z-ko‘z qildi. Yosh niholning basavlat daraxtga aylanishi parvarishga bog’lik bo’lganidek, odam bolasining komil inson bo’lib yetishishi uchun uni murg’aqlikdan tarbiyalashga e’tibor berib borish lozim. Ma’lumki, bolani layoqatga mos holda o’stirish uchun unda yoshlikdan mehnatsevarlik va ishchanlik ko’nikmasini hosil qilish kerak. Mehnatsevarlik va muttasil o’tirib ishlash kabi fazilatlardir. Garchand inson kamolatiga ta’sir etadigan omillar bir qancha bo’lsa ham lekin, maxsus tarbiya muassasalarida tarbiyachining rahbarligida amalga oshiriladigan milliy tarbiya jarayoni yetakchi hisoblanadi. Chunki, birinchidan, tarbiya ta’sirida muhit ta’siri bera olmagan fazilatlar o’zlashtiriladi va narsalar o’rganiladi, ya’ni bilim, ma’lumot egallagandi, mehnat va texnik faoliyat bilan bog’lik ko’nikmalar, malakalar ham maxsus uyushtirilgan tarbiya orqali hosil bo’ladi. Ikkinchi, tarbiya tufayli tug’ma kamchiliklar ham o’zgartirib shaxsni kamolga yetkazish mumkin. Masalan, ko’rlar, gunglar ham o’qitilib, sog’lom kishilar qatori hayotga tayyorlanadi. Uchinchidan, tarbiya yordamida muhitning salbiy ta’sirini ham yo’qotish yoki bartaraf qilish mumkin. To’rtinchidan, tarbiya doimo kelajakka qaratilgan maqsadni belgilaydi. Shu tufayli, u shaxsning kamolga yetishini tezlashtiruvchi rol o’ynaydi. Insonni kamol topishida barkamol inson bo’lib yetishida maktabning ahamiyati katta. Bolalar maktabga qadam qo’yar ekan, ular o’quv mehnati bilan band bo’ladilar. Bolalar maktabda fan asoslarni egallab olishi bilan birga ularda sekin-asta ilmiy dunyoqarash shakllanib boradi. O’quvchi-tarbiyachilarning rahbarligida insonga xos bo’lgan yuksak fazilatlarni egallaydilar. Reja asosida tarbiyaviy ishlarni tashkil etib, bolani tariyalashda oilaga har vaqt yordam ko’rsatadi. Tarbiyachi o’z tarbiyalovchisining oila sharoitidan xabardor bo’lishi, pedagogik maslahatlarga, yordamga muhtoj bo’lgan oilalarga yordam berishi muhim. Tarbiyachi uchun bola bo’sh vaqtini kimlar bilan va nimalar bilan mashg’ul bo’lib o’tkazayotgani ahamiyatsiz emas. Chunki o’z holiga tashlab qo’yilgan bola ko’chaning salbiy ta’siriga berilib ketishi mumkin. Umuman, pedagogik jihatdan to’g’ri uyushtirilgan har qanday faoliyat bola shaxsining aqliy, axloqiy, estetik, jismoniy va irodaviy rivojlanishiga ijobiy ta’sir etadi. Rahbarlik qilinmagan faoliyat esa bir yoqlama yoki salbiy ta’sir etishi mumkin. Rivojlanish shaxs faoliyatidan tashqarida bo’lmaydi. Shu sababli odam faoliyati uning rivojlanishi uchun asos bo’ladi. Pedagogik jihatdan to’g’ri uyushtirilgan har qanday faoliyat ham o’yin, mehnat, o’qish, sport va boshqalar shaxsning rivojlanishiga ta’sir ko’rsatadi. Shaxs ulg’aya borgan sari uning faoliyati ham mazmunan, ham aqlan o’zgarib boradi, turli yosh davrlarida esa faoliyat turlari ham o’rganib boradi. Shu sababli bola hayotida o’yin, o’quvchi xayolida o’qish, kattalar hayotida mehnat faoliyatlari katta ahamyatga egadir. Shaxs qaysi yoshda bo’lishidan qat’iy nazar, ularning rivojlanishida mehnat faoliyatining ahamiyati kattadir. Ayniqsa, mehnat insonning ham jismoniy, ham ma’naviy kamol topishida muhim manba hisoblanadi. Mehnat orqali shaxsning axloqiy sifatlari tarkib topadi, ularda vatanparvarlik, mas’uliyat, intizomlilik, faollik ortadi. Bulardan tashqari shaxsni kamolga yetishda uning barkamol inson bo’lib yetishishida nafosat tarbiyasi, axloq-odob tarbiyasi, ekologik tarbiya, jismoniy tarbiyalarning o’rni va roli beqiyosdir. Chunki bu tarbiya usullari birgalikda amalga oshirilsa biz yoshlar ertangi O’zbekiston bunyodkorlari avvalambor, soglom bo’lishimiz, sport bilan shug’ullanishimizni har kungi faoliyatga aylantirishimiz kerak. Chunki sog’ tanda sog’lom aql bo’ladi. Agar biz sog’lom bo’lsakkina farzandlarimiz sog’lom bo’ladi. Shunday ekan biz yoshlar, bo’lg’usi pedagoglar avvalambor o’zimiz har tomonlama yetuk, kamolga yetishishimiz, bilim va malakaga ega bo’lish uchun qunt bilan o’qishimiz darkor. Yangi pedagogik texnologiyalar hamda ularning qo’llanilishiga [1-30] oid bilim va ko’nikmalarga ega bo’lmog’imiz lozim. Bunda mavzuga mos pedagogik texnologiyani tanlash, ularni qo’llashda oddiydan murakkabga qarab borish tamoyiliga amal qilish muhim hisoblanadi. Yoshlar ertangi kunning bunyodkorlari kelajak avlodni tarbiyalash, o’qitishdek ma’suliyatli va sharafli ishga qo’l urarkanmiz, hozirdanoq o’z bilimimizni oshirishimiz, berilayotgan imkoniyatlardan unumli foydalanishimiz darkor.
Hozirgi davrda ijtimoiy hayotning barcha sohalarida globallashuv jarayonlari tobora kuchayib bormoqda. Shu bilan birga, mafkuraviy ta’sir o‘tkazish ko‘lami jadal kengaymoqda. Bunday sharoitda har bir xalq o‘z milliy manfaatlarini ta’minlashga, tarixiy negizlaridan uzoqlashib ketmaslik va o‘zgalar ta’siriga tushib qolmaslikka intiladi.
Davlatlar global axborot maydonida o‘z manfaatlarini himoya qilishi, turli axborot xurujlariga qarshi tura olishi esa yanada muhim ahamiyat kasb etmoqda. Biroq axborot texnologiyalarining tez rivojlanishi va global axborot makonida milliy chegaralarning o‘z ahamiyatini yo‘qotishi natijasida turli xalqlar hayotiga soya soluvchi, ularning turmushi, madaniyati va an’analariga zarar keltiruvchi omillar ta’siri kuchaymoqda. Ana shunday omillarning salmoqli qismi “ommaviy madaniyat” nomi bilan hayotimizga kirib kelmoqda. O‘z mustaqil fikri, sog‘lom dunyoqarash va mustahkam irodaga ega bo‘lmagan odamlar, ayniqsa, yoshlar turli ma’naviy tahdidlarning ta’siriga bardosh bera olmasligi ko‘rinib qolmoqda. Mana shunday vaziyatda “ommaviy madaniyat” niqobi ostida axloqiy buzuqlik va zo‘ravonlik, individualizm, egosentrizm g‘oyalarini tarqatish, shuning hisobidan boylik orttirish, boshqa xalqlarning necha ming yillik an’ana va qadriyatlari, turmush tarzining ma’naviy negizlariga bepisandlik, ularni qo‘porishga qaratilgan xatarli tahdidlar odamni tashvishga solmay qo‘ymaydi.
Foydalanilgan Adabiyotlar:
.Dilova N.G. (2021). O‘quvchilarning shaxsiy sifatlari - pedagogik hamkorlikning dastlabki tamoyili. Science and Education. Vol. 2, Issue 10, 558-566 betlar. 21. Dilova N.G. (2021). O‘qituvchi-o‘quvchi hamkorligini vujudga keltirishning pedagogik ahamiyati. Science and Education. Vol. 2, Issue 10, 567-576 betlar. 22. Dilova N.G. (2021). Ajdodlar merosida ta’limdagi o‘zaro hamkorlik munosabatlari. Science and Education. Vol. 2, Issue 10, 577-585 betlar. 23. Расулова З. (2021). Замонавий ахборот-коммуникация технологиялари ўқув жараёнларини ривожлантиришнинг муҳим омили сифатида. Science and Education. Vol. 2, Issue 10, 349-359 бетлар. 24. Расулова З.Д. (2021). Компьютер воситасида технология дарслари самарадорлигини ошириш. Science and Education. Vol. 2, Issue 10, 387-397 бетлар. 25. Rasulova Z.D. (2021). Texnologiya darslarini tashkil etishning didaktik tamoyillari. Science and Education. Vol. 2, Issue 10, 427-438 betlar. 26. Rasulova Z. (2021). Bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy kompetentligini rivojlantirishning pedagogik shart-sharoitlari. Science and Education. Vol. 2, Issue 10, 338-348 betlar. 27. Расулова З. (2021). Бўлажак технология фани ўқитувчисининг билим, кўникмасини ривожлантиришда дастурий таълим воситаларининг ўрни. Science and Education. Vol. 2, Issue 10, 370-379 бетлар. 28. Расулова З.Д. (2021). Инновацион педагогик технологиялар асосида олий таълим муассасаси ўқув жараёнларини такомиллаштириш мазмуни. Science and Education. Vol. 2, Issue 10, 460-469 бетлар. 29. Расулова З. (2021). Педагогик дастурий воситалардан фойдаланиб бўлажак технология фани ўқитувчиларининг касбий маҳоратини ошириш йўллари. Science and Education. Vol. 2, Issue 10, 416-426 бетлар. 30. Расулова З.Д. (2021). Талабаларнинг креативлигини ривожлантиришда масофавий таълимнинг ўрни. Science and Education. Vol. 2, Issue 10, 439-448 бетлар