Annotatsiya


-Mavzu: Menejment tizimida strategik va taktik rejalari



Yüklə 0,82 Mb.
səhifə27/81
tarix11.05.2022
ölçüsü0,82 Mb.
#57513
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   81
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi a

9-Mavzu: Menejment tizimida strategik va taktik rejalari

Reja:

        1. Boshqaruv vositalarining vazifasi.

        2. Rahbarlik qilish (rejalishtirish, tartibga solish-muvofiqlashtirish, nazorat qilish)

        3. Faoliyatni muvofiqlashtirish hamda boshqarish usullari

Tashkilotlarda (korxona, firmalarda) boshqaruv jarayonining birinch izanjiri bo‘lib, rejalashtirish vazifasi turadi. Bu firmaning menejer korpusining ishi bo‘lib firmaning maqsadlarini aniqlash, ularga erishishning yo‘li va vositasi bilan bog‘liqdir.

Rejalashtirish vazifalari quyidagi uchta savolga javob berishi kerak.

1) Hozirgi vaqtda bizning ahvolimiz qanday? Tashkilotni muhim sohalarda-moliya, ishlabchiqarish, marketing kabilarda kuchli va zaiftomonlari taxlil qilinadi. Bu taxlil firmaning realimkoniyatlarini aniqlash uchun kerak bo‘ladi.

2) Biz qaysi yo‘ldan yurmoqchimiz? qo‘shimcha ravishda boshqa ichki muhit omillari taxlil qilinadi: iqtisodiy sharoitlar, texnologiya saviyasi, tashkilotdagi ijtimoiy va madaniy o‘zgarishlar, tashqi muhitning ijobiy yoki salbiy ta’sir ko‘rsatishiga baho beradilar: raqobat sharti, qonunlar, siyosiy ahvol va boshqalar. Natijada rahbariyat qanday maqsadni ko‘zlashni va unga erishishga nimalar halaqit berishini aniqlaydi.

3) Buni biz qanday qilib bajaramiz? Menejment umumiy va aniq doirada ishlovchilar qo‘yilgan masalani yechish uchun nimalar qilishi kerakligini aniqlaydi. Rejalashtirish yordamida rahbariyat barcha tashkilot a’zolari harakatlarini yagona yo‘nalishga, uning umumiy maqsadiga erishishiga safarbar qiladi.

Rejalashtirish jarayoni bir necha bosqichlardan tashkil topgan:

1.Tashkilotning bosh maqsadi aniqlanadi, ya’ni firmaning hayot kechirishidan maqsadi. Bu kabi maqsad tashkilotning xususiyati bilan bog‘liq. Masalan: IBM korporatsiyasining maqsadi – hisoblash apparatini yetkazib berishdan iborat, bankning maqsadi – firmalarni kredit bilan ta’minlashdan iborat.

2. Tashkilotning faoliyatini aniqlash. Bu jarayon bir vaqtda menejmentning barcha saviyalarida o‘zaro muvofiqlashtirilib amalga oshiriladi. Yuqori saviyada bu masala odatda tovar xizmatining ahamiyatini va sifatini aniqlaydi, quyi saviyalarda esa bular aniq masalalar, aniq raqamlar bilan ish olib boriladi, qanday detallar partiyasini, qanday korxonada ishlab chiqarish va x.k.

3. Bajariladigan ishlar rejasini quyidagi masalalar bo‘yicha tuzib chiqish. Bunga echiladigan masalaning samarali ekanligini aniqlovchi standartlar ishlab chiqish kiradi.

4. Rejalarning bajarilishi umumiy yo‘nalishini har bir boshqaruv saviyasida ishlab chiqish.

5. Rejalarni bajarilishining aniq qoida va protseduralarini ishlab chiqish. Protsedura deganda, qo‘yilgan masalani yechishda biridan keyin biri bajariladigan harakatlar tushuniladi. Qoidalar – mahsus va aniq ko‘rsatmalar, u yoki bu ishni bajarish yoki bajarmaslik talabini belgilay

Menejmentda strategik rejalashtirish o‘xshash vazifaga ega – firmani tashkil qiluvchi a’zolarini boshqarish asosini tahmin etishdan iborat. U oliy rahbariyatning harakat va qarorlari majmuasi bo‘lib, shunday korxona strategiyasini ishlab chiqishga yo‘naltiriganki, uning hozirgi davrda va asosan kelajakda samarali rivojlanishiga imkon yaratadi.

Hozirgi zamon ishbilarmonlar dunyosida harqanday kattafirma, ayniqsa, korporatsiya joriy rejalar bilan cheklanib qolmasdan, balki menejment strategik rejalarini, uslubi qimmat va murakkab jarayon bo‘lishiga qaramay, o‘zining faoliyatiga kiritadi.

Izlanishlar shuni ko‘rsatadiki, bu kabi rejalashtirishlar quyidagi sabablarga ko‘ra o‘ta muhimdir:

1. U tashkilotning maqsadini aniqlashga va shakllantirishga ko‘maklashadi. Bunda korporativ missiya tashkilotning aniq maqsadlarini baholash va ularga erishish masalalarini qo‘yishi kerak.

2. Strategik rejalashtirish firmani tashqi sharoitiga ko‘nikishini ta’minlaydi, chunki u o‘ziga muhim element sifatida tashqi muhit taxlilini va uning noxush ta’siriga moslashish usullarini kiritadi.

3. Strategik rejalashtirish firma taraqqiyoti tushunchasi va samarali tarkibli boshqaruvni bunyod etish bilan yaqin bog‘liq. Bu ikkita tushuncha asosan strategik rejalashtirishning ko‘rsatmalaridan biri hisoblanadi.

4. Strategik rejalashtirish hisobiga samarali muvofiqlashtirish mumkin va katta miqdordagi korxonalarning ichki operatsiyalarini yaxlitlash imkoni mavjud, chunki ular zamonaviy va o‘ta yirik korporatsiya tarkibiga kiradi.

5. Firma resurslarining samarali taqsimlanishi - inson, moliya, xom-ashyo, texnologiyalarni to‘g‘ri taqsimlashni strategik rejalashtirishsiz amalga oshirish qiyin. Bu kabi rejalashtirish jarayonida tashkilot ichki faoliyatining sharoitlarini taxlil qilish uning shunday sohalarini aniqlashga yordamlashadiki, kapital mablag‘larni qaysi yo‘nalishda sarflash maqsadga muvoqligini bildiradi.

Strategik rejalashtirish menedjerlarni tarbiyalashda, ularni strategik fikr yuritishida yaxshi maktab hisoblanadi. Bu narsa shu ma’noni bildiradiki, menedjerlarga avvalombor strategik qarorlar xatolarini o‘rganib, kelajakni aniq tasavvur qilaolish qobiliyati zarur. Xulosa qilib aytsak, oliy menedjer korpusi va ba’zi sharoitlarda o‘rta boshqaruv zvenosi rahbarlari o‘zishining xaqiqiy ustasi bo‘lishlari zarur.

Strategik rejalashtirish natijasi – har tomonlama asoslangan aniq rejalar majmuasi, tashkilotning missiyasini amalga oshishiga va maqsadga erishishni ta’minlaydigan yo‘nalishda bo‘lmog‘I kerak.

Strategik reja firmaning oliy rahbariyati tomonidan ishlab chiqiladi. Shu bilan birga uni amalga oshirishda boshqaruvning barcha pog‘onalari rahbarlari qatnashadi.

Strategik rejalarning davomiylik muddatibir qator omillarga bog‘liqdir: tashkilot maqsadi va uning texnologiyasi, ichki va tashqi muhitning o‘zgaruvchanligi va xokazolar. Strategik rejalashtirishning odatdagi o‘rtacha muddati 5 yil. Ammo ba’zi bir firmalar uchun bu muddat 2-3 yil bo‘lishi mumkin. Shu bilan bir qatorda katta va turg‘un korporatsiyalar faoliyatini strategik rejalashtirish 10 yilga va undan ortiqmuddatga hisoblangan bo‘lishi mumkin.

Strategik rejalashtirish rahbarlar tomonidan tashkilot imkoniyatlari yoki tashqi muhit haqida noto‘g‘ri axborotlar hisobiga, noto‘g‘ri qarorlar qabul qilishdagi tavakkalchilikni kamaytiradi. Firmaning bosh maqsadlarini shakllantiraborish strategik rejalashtirishni umumiy maqsad birligiga va boshqaruvda samarali tashkiliy tarkiblarni shakllantirishga imkon yaratadi.

Strategik rejalashtirish bir guruh biridan keyin biriyoki birvaqtda bajariladigan reja bosqichlaridani borat. Bubosqichlarni quyidagi jarayonlar sifatida keltirishmumkin:

1. Tashkilot burchini (missiyasini) shakllanishi.

2. Portfelstrategiyasini shakllanishi (bosh yo‘nalishlarni va umumiy maqsadlarni tanlash).

3.Tashkilotning ichki va tashqi muhitlarini taxlil qilish.

4. Muqobil o‘sishni tanlash.

Strategiyani tanlash va amalga oshirish.

Ichki kuchli va zaif tomonlarni tashqi imkoniyatlar va xavflar bilan solishtirib tashkilot rahbariyati uning rivojlanish strategiyasini aniqlashi mumkin. Bunda strategik rivojlanish muqobilliklari aniqlanadi va ulardan biri tanlanadi.

Har qanday tashkilot oldida umumlashgan holda to‘rt muqobillik mavjud bo‘lib, ular quyidagilar:

1. Cheklangan o‘sish.

2. O‘sish.

3. Qisqarish.

4. Yuqoridagi strategiyalarni birlashtirish.

Firmaning strategik muqobilligini tanlashda quyidagi omillar katta ta’sir ko‘rsatadilar:

1. Vaqt.

O‘zgarishlar zaruriyati. Har tomonlama yaxlitlanish. Strategik muqobilliklarni har tomonlama taxlil qilib chiqilgandan so‘ng tashkilot ma’lum muddatga o‘z rivojlanish strategiyasini belgilaydi. Tanlangan strategiyani amalga oshirish muhim vazifa bo‘lib, mahsus ishlab chiqilgan tadbirlar va harakatlarni talab etadi. Bularga taktika, siyosat, protsedura va qoidalar, budjet yordamida hamda maqsadlar bo‘yicha boshqaruvni kiritish mumkin.

Taktika. Strategiya so‘zining o‘z iikkinchi tushuncha – «taktika» so‘zining borligini taxmin qiladi. Agar birinchisi uzoqmuddatli rejalashtirish g‘oyasini aks ettirsa, ikkinchisi uzoq muddatli rejani amalga oshirish uchun faoliyat reja ma’nosini bildiradi. Qisqacha qilib taktikani qisqa muddatli strategiya desa ham bo‘ladi. Bu umumiy strategiya bilan muvofiqlashtirilgan aniq boshqaruv harakatidir.Odatda, taktikani ishlab chiqish va uni amalga oshirish menedjer korpusining o‘rta bo‘g‘ini zimmasiga yuklanadi. Taktik reja qisqa vaqt uchun ishlab chiqiladi, u aniq va tez natijaga erishishga mo‘ljallangan. Siyosat. Strategik va taktik rejalarni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun tashkilotda ushbu rejalarni yaxshi tushunuvchi hamda ularni bajarilishini ta’minlovchi harakatlarning umumiy yo‘nalishi, mo‘ljal tizim bo‘lishi zarur. Bu xatti – harakatlarning umumiy yo‘nalishi tashkilot siyosati deyiladi.

Protseduralar. Firmaning siyosati maqsadga erishishning umumiy yondoshuvini belgilaydi. Siyosatga qo‘shimcha qilib rahbariyat qo‘yilgan masalalarni yechishda yordamlashuvchi harakatlar majmuasini ishlab chiqadi. Bu majmua protsedura deb ataladi. Mohiyati bo‘yicha protsedurani o‘zini dasturlash, berilgan qaror deb, yoki zamonaviy tilda, harakat algoritmi deb atash mumkin.

Qoidalar. Bu ko‘rsatmalar faoliyat davomida mahlum vaziyatda nima qilish kerakligini aniq belgilab beradilar. Tashkilot rahbariyati qoidalarni shunday holatlar uchun yaratadiki, ularning bajarilishiga masalalarni aniqhal qilinishiga bog‘liq. Qoidani protseduradan farqi shundaki, u bitta aniq masala uchun ishlab chiqiladi. Strategik rejani amalga oshirishni boshqarish.

Firmaning strategik rejalarini amalga oshirishni boshqarishda rejani bajarilishini nazorat qilishning budjet yordamida boshqarish usuli, hamda maqsadlar bo‘yicha boshqarish usullaridan foydalaniladi. Budjet yordamida boshqarish – bu rejalarni tashkilotning mavjud imkoniyatlari bilan bog‘lovchi usul bo‘lib, moddiy va moliyaviy resurslar sarfini nazorat qilib turish imkonini beradi.

Zamonaviy menejmentda samarali usul deb maqsadlar bo‘yicha boshqarish usuli hisoblanadi. Bu usulning mohiyati – tashkilotning har bir bo‘linmasi va har bir pog‘onadag irahbar uchun umumiy maqsaddan kelib chiqqan holda qisqa muddatli maqsadlarni o‘rnatish va ularni bajarish rejalarini ishlab chiqishdan iborat. Bunda har bir xodimning maqsadi o‘zining bevosita rahbarining maqsadlaridan kelib chiqqan va u maqsadlarni amalga oshirishga qaratilgan bo‘lishi zarur.

Strategiya va strukturaning o‘zaro mosligini aniqlash va ta’minlash.

Biz ilgari aytib o‘tganimizdek, har qanday tizim o‘ziga xos strukturaga ega va tizimning rivojlanishi strukturaning ushbu rivojlanishga imkon berishiga bog‘liq.

Harakatchan tashqi muhit sharoitida faoliyat ko‘rsatayotgan har bir tashkilot o‘z strategiyasini tanlashda va amalga oshirishda strukturas iimkoniyatlarin ihisobga olish ibilan birgalikda, tanlangan strategiyani amalgaoshirish uchun strukturani moslashtirish, unga zaruriy o‘zgartirishlar kiritishi zarur. Buning uchun boshqaruvning yuqori pog‘onasidagi rahbariya tstrategiya va tashkilot strukturasining o‘zaro mosligini doimiy ravishda taxlil qilib borishi, zaruriy o‘zgarishlar kiritib borishi talab qilinadi.

Shuning bilan birgalikda, tashkilot strategiyasini tanlashda uni egiluvchanligiga, o‘zgarishlar kiritishga imkon yaratilishiga ehtibor berish kerak.

Ushbu masalalar nafaqat faoliyatini yangidan boshlayotgan tashkilotlar uchun, balki uzoq muddat faoliyat yuritayotgan tashkilotlar uchun ham zarurdir.



Yüklə 0,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin