Magistraturaga mutaxasslik fanlari bо‘yicha kirish sinovlarida abituriyentlar
bilimini baholash
ME’ZONLARI
О‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim tо‘g‘risida”gi qonuni va boshqa
me’yoriy huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirish, yuqori
malakali yetuk mutaxassislarga bо‘lgan ehtiyojni qondirish maqsadida,
magistraturaga qabul О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2021/2022 о‘quv
yilida О‘zbekiston Respublikasining oliy ta’lim muassasalariga о‘qishga qabul
qilishning davlat buyurtmasi parametrlari tо‘g‘risida”gi 2021-yil 22-iyundagi
PQ-5157-son qarori asosida amalga oshiriladi.
“Mutaxasislik (ixtisoslik) fanlar”dan magistraturaga kirish sinovlarini
baholash quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
1. Mutaxassislik fanlaridan kirish sinovlari Oliy ta’lim muassasasi rektori
tomonidan tasdiqlangan maxsus komissiya a’zolari ishtirokida о‘tkaziladi.
2. Mutaxassislik fanlaridan kirish sinovlari uchun 2 soat vaqt ajratiladi va
belgilangan vaqtda tegishli xonalarda о‘tkaziladi.
3. Magistratura mutaxassisliklarining kirish sinovlari tarkibiga kiritilgan
mutaxassislik fanlarii uchun 100 ball ajratilgan.
4. Magistraturaga kiruvchilar bilimi 0 balldan 100 ballgacha bо‘lgan ballar
oralig‘ida baholanadi.
5. Sinov maxsus test asosida o’tkaziladi va abituriyentning tanlangan
mutaxassisligi bо‘yicha nazariy bilimi aniqlanadi.
6. Variantlardagi test savollar mutaxassislik fanlari bо‘yicha О‘zbekiston
Respublikasi Oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tegishli bakalavriat
yо‘nalishi uchun tasdiqlangan fan dasturlari asosida tuziladi.
7. Javoblar quyidagi tartibda baholanadi:
har bir test varianti 50 ta savoldan iborat bo`lib, har bir tо‘g‘ri javob 2,0 ball
bilan baholanadi.
Test natijalaridan norozi bо‘lgan abituriyentlar sinov natijalari e’lon
qilingan vaqtdan boshlab 24 soat ichida qabul komissiyasi raisi nomiga ariza bilan
murojaat qilishi mumkin. Apellyatsiya haqidagi arizani kо‘rib chiqish muddati ikki
kundan oshmasligi kerak.
|