Annotatsiya


Taqrizchi: Pirmatov N.B. –“Elektr mashinalari” kafedrasi professori,t.f.d



Yüklə 343,29 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/7
tarix21.09.2022
ölçüsü343,29 Kb.
#63905
1   2   3   4   5   6   7
5A310101-Energiya-tejamkorligi-va-energoaudit-issiqlik-energetikasida

Taqrizchi:
Pirmatov N.B. –“Elektr mashinalari” kafedrasi professori,t.f.d. 
 
KIRISH
 
Kadrlar tayyorlash Milliy dasturida belgilangan vazifalarni amalga oshirish, 
yuqori malakali yetuk mutaxassislarga bo‘lgan ehtiyojni qondirish maqsadida, 
magistraturaga qabul O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2019/2020 o‘quv 
yilida O‘zbekiston Respublikasining oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul 
qilishning davlat buyurtmasi parametrlari to‘g‘risida”gi 2019 yil 17 iyundagi PQ-
4359-son Qarori, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 20 
iyundagi “Oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish, talabalar o‘qishini 
ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomlarni 
tasdiqlash haqida”gi 393-sonli Qarori bilan tasdiqlangan 2-ilova “Oliy ta’lim 
muassasalarining magistraturasiga o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risida Nizom” 
asosida amalga oshiriladi. 
 


 
ASOSIY QISM 
SANOAT KORXONALARI ELEKTR TA’MINOTI fani bo‘yicha: 
Sanoat korxonalarining elektr energiya istemolchilarini guruhlash. Sanoat 
korxonalarining 
elektr 
energiya 
istemolchilari. 
Sanoat 
korxonalari 
va 
istemolchilarning elektr yuklama grafiklari. Elektr yuklama grafiklarini 
xarakterlovchi asosiy kattaliklar. Elektr ta’minoti tizimida hisobiy yuklama va uni 
aniqlanadigan xarakterli nuqtalar. Elektr ta’minoti tizimida hisobiy yuklamani 
aniqlash usullari. Hisobiy yuklamani tartibga solingan diagrammalar usuli. 
Kuchlanishi 1000V gacha bo’lgan sex tarmoqlarining sxemalari. Sex 
tarmoqlari himoyasi. Sanoat korxonalari elektr ta’minot tizimida reaktiv quvvatni 
kompensatsiyalash masalalari. Reaktiv quvvat manbalari. Elektr yuklamalari 
kartogrammasi va yuklamalarning shartli markazini aniqlash. Podstansiyalarda
kuch transformatorlarining soni va quvvatini tanlash. Sanoat korxonalarining
elektr ta’minot tizimida qayta tiklanuvchi energiya manbalarini qo’llash Elektr 
energiyaning 
sifat 
ko’rsatkichlari. 
Tok 
va 
kuchlanish 
shakllarining 
nosimmetryaligi va nosinusoidalligi. Sanoat korxonalarining elektr ta’minoti 
sxemalari. Tashqi va ichki sxemalar. Havo va kabel liniyalarining ko’ndalang 
kesim yuzalarini tanlash.Kabel liniyasini qisqa tutashush tokining termik 
chidamliligi sharti bo’yicha tanlash. Elektr ta’minoti tizimida qisqa tutashuv. 
Qisqa tutashuv toklarini hisoblash. Elektr apparatlarini tanlash. Ichki va 
tashqi elektr ta’minoti tizimi uchun elektr apparatlarini tanlash. Sanoar korxonalari 
elektr ta’minoti tizimida reaktiv quvvatni avtomatik rostlash sxemalari Quvvat va 
energiyaning turli birliklari, ular orasidagi munosabatlar. Elektr energiyani hosil 
qilishning an’anaviy va noan’anaviy usullari. O‘rta Osiyo katta IES va GESlari. 
Markaziy Osiyo Birlashgan energetika sistemasi. Elektrotexnikaning asosiy 
qonunlari: elektromagnit induksiyasi qonuni, Om qonuni, Kirxgof qonunlari, Lens 
qoidasi. O‘zgaruvchan tok. O‘zgaruvchan tokning asosiy parametrlari: oniy, 
maksimal va ta’sir etuvchi qiymatlar. Aktiv qarshilik. Sig‘im. Induktivlik. 
O‘zgaruvchan tok zanjiri uchun Om qonuni. Tok va kuchlanish orasida fazalar 
farqi.
Uch fazali tok. Aylanuvchi magnit maydonining hosil qilinishi. Uch fazali va 
bir fazali kondensatorli motorlar. Uch fazali o‘zgaruvchan tokning afzalliklari.
Yulduzcha va uchburchak tutashuv sxemalari. O‘zgarmas va o‘zgaruvchan tokning 
qo‘llanish sohalari. 
Havodagi va kabelli elektr uzatish liniyalarining (EUL) almashtirish 
sxemalari va hisob parametrlari. Almashtirish sxemasining hisob parametrlarini 
aniqlash. Tolalangan o‘tkazgichli liniyalar. 


Kuchlanishni rostlash vositalari. 
Qo‘shimcha 
kompensatsiyalovchi 
qurilmalarning quvvatlari va o‘rnatilish joylarini keltirilgan xarajatlarning 
minimumligi shartidan kelib chiqib tanlash. 

Yüklə 343,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin