Anorganik kimyo ii



Yüklə 406,07 Kb.
səhifə5/12
tarix24.05.2023
ölçüsü406,07 Kb.
#121456
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Xlorid kislota − rangsiz suyuqlik. Konsentrlangan HCl tarkibida 37% (31% dan 42% gacha) vodorod xlorid bo‘ladi va nam havoda „tutaydi“. 38% li xlorid kislotaning solishtirma ogirligi 1,19 ga teng. Konsentrlangan xlorid kislota qizdirilganda tarkibidan vodorod xlorid chiqib, kislotaning konsentratsiyasi 20,2% li bo’lib qoladi. Agar konsentratsiyasi 20,2% dan kam bo’lgan kislota qizdirilsa, kislota tarkibidan suv chiqib, kislotaning konsentratsiyasi 20,2% li bo’ladi. 20,2% li xlorid kislota tarkibini o‘zgartirmasdan 110 °C da haydaladi. Tarkibida FeCl3 tuzi aralashgan xlorid kislota sarg'ish, toza holdagi xlorid kislota rangsiz, o’tkir hidli suyuqlikdir. Xlorid kislota bir negizli kuchli kislota bo‘lgani uchun kislotalarning barcha
xossalariga ega. Masalan :
Zn + 2HCl = ZnCl2 + H2 NH3 + HCl = NH4Cl
Fe + 2HCl = FeCl2 + H2; CuO + 2HCl = CuCl2 + H2O Al(OH)3 + 3HCl = AlCl3 + 3H2O CaCO3 + 2HCl = CaCl2 + H2O + CO2
AgNO3 + HCl = AgCl↓ + HNO3
Xlorid kislota faol bo'lmagan metallar bilan havo kislorodi ishtirokida reaksiyaga kirishadi:
2Cu + 4HCl + O3 = 2CuCl2 + 2H2O
4Ag + 4HCl + O2 = 4AgCl + 2H2O
Oltin va platinaga xlorid kislota ta’sir etmaydi.
HCl ning boshqa hossalari: NaCl + H2SO4 = NaHSO4 + HCl↑ (lab.olinishi 450°C) 2NaCl + H2SO4 Na2SO4 + 2HCl↑ (lab.olinishi 500°C) 4HCl + O2 = 2H2O + Cl2 (t ≤ 600 °C, kat. CuCl2),
2HCl(g) + CuO = CuCl2 + H2O (600 – 700 °C),
4HCl(kons.) + MnO2 = MnCl2 + 2H2O + Cl2↑,
4HCl(kons.) + PbO2 = PbCl2 + H2O + Cl2↑. HCl(suyul.) + NaOH(suyul.) = NaCl + H2O. HCl(suyul.) + NH4OH = NH4Cl + H2O, 6HCl(kons.) + KClO3 = 3Cl2↑ + KCl + 3H2O.
6HCl(kons.) + 2HNO3(kons.) = 2NO↑ + 3Cl2↑ + 4H2O
16HCl(kons.) + 2KMnO4(q)= 2MnCl2 + 5Cl2↑ + 2H2O,
14HCl(kons.) + K2Cr2O7 = 2CrCl3 + 3Cl2↑ + 7H2O + 2KCl (60 – 80 °C).
4HCl(kons.) + Ca(ClO)2 = 2Cl2↑ + CaCl2 + 2H2O,

Yüklə 406,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin