LINKOZAMIDLAR.
Linkomitsin va klindomitsin-bakteriyalarda oqsil sintezini buzadi va shu tufayli ularga bakteriostatik ta’sir etadi.
Klindomitsin anaeroblarga ta’siri bo‘yicha linkomitsindan bir necha barobar kuchli va MITdan yaxshiroq so‘riladi. Ikkalasi xam GEBdan yomon o‘tadi, lekin miningitda yaxshi o‘tadi, jigarda parchalanadi, peshob va o‘t tarkibida ajraladilar. Mushakka kiritilgach tez so‘riladilar ko‘pgina a’zolarda va shu jumladan suyaklarda to‘planadi.
Qo‘llanilishi: bakterioidlar bilan chaqirilgan hastaliklarda, osteomielitlarda parenteral yo‘l bilan 1 kunda 2 marta, eneral yo‘l bilan 4 marta kiritiladi. Meda va ichakdagi ovqat maxsulotlari ularni so‘rilishini buzadi shu sababli ovqatlanishdan 1-2 soat oldin yoki ovqatlanib bo‘lgandan 3-4 soat keyin ichish kerak.
Noxush ta’siri: psevdomembranoz kolit (qon va shilliq aralash ich ketish, qorinda og‘riq, dizbakteroztufayli). Kamdan kam leykopeniya, jigarning jaroxatlanishi, allergik reaksiyalar.
Dostları ilə paylaş: |