YARIM SINTETIK MAKROLIDLAR.
KLARITROMITSIN – stafilokok va streptokoklarga ta’sir kuchi bo’yicha eritromistinga nisbatan 2-4 marta kuchliroq. Xelikobakter piloriga xam yaxshi ta’sir ko’rsatadi.MITdan yaxshi so’riladi.GEBdan o’tmaydi.Jigarda qisman faol metabolit xosil bo’lishi bilan parchalanadi.Eritromistinga nisbatan davomliroq ta’sir ko’rsatadi (8-10 soat).
ROKSIROMITSIN – antibakterial ta’sir doirasi keng.MITdan yaxshi so’riladi.Betta-laktamaza tasiriga chidamli. Ushbu fermentni xosil qiluvchi va xosil qilmaydigan bakteriyalarga xam ta’sir etadi. Tabletka ko’rinishida kuniga 2 marta ichiladi.
Ko’rsatmalar: nafas yo’llarining infekstiyalari, otit, sinusit, bo`gma, ko’k yo’tal va boshqalar.
Nojo’ya ta’siri: dispepsiya, diareya, allergiya, jigar xastaliklari, xomiladorlar va sut emizuvchi ayollarga berish mumkin emas.
Dostları ilə paylaş: |