GLIKOPEPTIDLAR.
Bu guruxning asosiy preparati bo‘lib, vankomitsin hisoblanadi. U murakkab glikopeptidlarga kiradi. Ta’sir mexanizimi: bakteriyalarning qobig‘ini sintezlanishini buzadi va bakteriotsid ta’sir etadi. RNK sentezi va sitoplazmatik mebranalar o‘tkazuvchanligini buzadi deb hisoblanadi. Gramm musbat koklar, shu jumladan betta-laktamaza ishlab chiqaruvchi va metatsillinga chidamli bo‘lgan strafilokoklarga ham yaxshi ta’sir ko‘rsatadi. Bundan tashqari klostridiy, qorinbakteriyalarga ham ta’sir etadi. MITdan yomon so‘riladi. Preparat GEBdan o‘tadi, ayniqsa meningitlarda. Lekin preparat zaharli bo‘lganligidan keng qo‘llanilmaydi.
Qo‘llanilishi: gramm musbat koklar bilan qo‘zg‘atilgan hastaliklarda, ayniqsa pensilinga chidamli bo‘lgan shtamlari bilan chaqirilgan enterokolit, psevdo-membranoz kolitlar. Preparat ototoksik, nefrotoksin ta’sirga ega. Flebitlar chaqiradi. Kamdan kam xollarda allergik reaksiyalar, neytropeniya, trombotsi-topeniya chaqiradi.
Dostları ilə paylaş: |