Antidangasalik


Nega “time management” texnikalari ishlamaydi?



Yüklə 346,18 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/29
tarix14.12.2023
ölçüsü346,18 Kb.
#179520
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29
Antidangasalik

Nega “time management” texnikalari ishlamaydi?
2015-yilda Amerikada o‘tkazilgan tadqiqot
2
natijalariga ko‘ra, 18 yoshgacha bo‘lgan
yoshlarning 61 foizi, 50 yoshgacha bo‘lgan ayollarning 61 foizi va erkaklarning 48 foizi
o‘zlari xohlagan narsani qilishga vaqti yo‘qligini aytadi. Shu bois ham ko‘pchiligimiz
kamida bir marta bo‘lsa-da, “time management” texnikalaridan foydalanib ko‘rganmiz.
Hamma texnikalar boshida ishlayotgandek tuyiladi, ammo biroz vaqt o‘tgach, bizning
hafsalamiz pir bo‘lgan holda barcha texnikalardan foydalanishni to‘xtatib qo‘yamiz. Bunga
bir nechta sabablar bor: birinchidan, “time management” texnikalari murakkab. Turli
xildagi chizmalar, standardlar, belgilashlar miyaga ortiqcha yuklama beradi. O‘zi



dangasalikdan qutilmoqchi bo‘lgan inson qanday qilib murakkab texnikalarni islatishi
mumkin? Ikkinchidan esa “time management” texnikalarida biz “vaqt”ni markazlashtirib
olamiz, ya’ni biz bir kun oldin ertangi kun uchun reja tuzamiz. Har bir soatda nima ishlar
qilishimizni rejalashtiramiz. Ammo ertasi kuni ertlabki qaysidir ishimiz vaqti cho‘zilib
ketish hisobiga bizning undan keyingi o‘rindagi barcha ishlarimiz o‘z-o‘zidan ortga surilib
ketadi va shu bilan hammasi barbod bo‘ladi. Misol uchun, siz ertaga soat 9:00 da ishga
borishni, 11:00 da tushlik uchrashuvini, soat 14:00 da yana ishga qaytishni, soat 18:00 da
ishdan chiqib, do‘stingiznikiga mehmonga borishni reja qilgansiz. Ertasi kuni esa ishingiz
ba’zi sabablarga ko‘ra cho‘zilib, tushlikka 12:00 da chiqishingizga to‘g‘ri kelib qoldi. Bu
esa sizning uchrashuvingizni va undan keyingi ro‘yxatdagi barcha ishlaringizni ortga
surilishiga olib keladi. Uchinchidan, bizning kun jadvalimizdagi qaysidir ish soatida
kayfiyatimiz yo‘qligi tufayli yoki charchoq sabab ish qilishga xohishimiz bo‘lmasligi
mumkin. Shunga o‘xshash bir qancha holatlar sabab insonlarda “time management”
metodlari ishlamaydi. 

Yüklə 346,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin