Antidangasalik



Yüklə 346,18 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/29
tarix14.12.2023
ölçüsü346,18 Kb.
#179520
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   29
Antidangasalik

Neyron hujayralari
Sinapslar
Bizning miyamizdagi dangasalikni bartaraf qilishga tegishli bo‘lgan vazifalarni
bajaruvchi qism prefrontal qatlam hisoblanadi. Prefrontal
11
qatlam vazifalari quyidagicha: 

rejalashtirish;

qaror qabul qilish;
10 



qisqa muddatli xotira;

xulq-atvorni ifodalash; 

kelajakdagi oqibatlarni taxmin qilish; 

iroda;

ijtimiy nazorat; 

diqqatni jamlash; 

muammolarni yechish; 

tahlil qilish;

qo‘rquvni modullashtirish. 
Prefrontal qatlam
Agar siz prefrontal qatlamingizni shug‘ullantirib, undagi sinaps bog‘larini
ko‘paytirishga erishsangiz, yuqorida sanab o‘tilgan barcha funksiyalaringizni kuchaytirgan
bo‘lasiz. Shug‘ullantirish uchun kerak bo‘lgan mashqlarni keyinroq ma’lum qilamiz, chunki
undan oldin bilib olishimiz kerak bo‘lgan narsalar bor.
Ko‘pchilik yoshi ulg‘ayib qolgani uchun miyani rivojlantiruvchi mashqlar befoyda deb
biladi. Ammo bunday emas. Birinchi bo‘lib 1890-yilda psixolog Uilyam Jeyms (William
11 


James) fanga neyroegiluvchanlik
11
tushunchasini kiritadi. Bu borada hozirgacha bo‘lgan
tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, inson miyasi doimo o‘zgarish xususiyatiga ega: uni mashq
qildirsangiz, u qayta tiklanishi, rivojlanishi mumkin.
Zeygarnik effekti
13 
1920-yillarning
14
bir kunida gavjum Vena restoranida o‘tirgan rus psixologi Bluma
Zeygarnik (Bluma Zeigarnik) ofitsiantlarning mijozlar hali qabul qilib olmagan buyurtmalar
ro‘yxatini yaxshi eslab qolishlarini va oziq-ovqat yetkazib, chek yopilishi bilanoq bu
buyurtmalar ro‘yxatini tez unutishlarini payqab qoladi.
Zeygarnik ushbu hodisani o‘rganish uchun bir qator tajribalar o‘tkazadi. U
ishtirokchilardan soat 18:00 dan 22:00 gacha oddiy vazifalarni bajarishni so‘radi, jumladan,
loydan figura yasash, boshqotirma yoki matematik masalalarni ishlashni. Ishtirokchilarning
yarmi bu vazifalarni tugallamasdan to‘xtatdi va qolgan yarim ishtirokchilar vazifalarni
tugallashiga qo‘yib berildi. Oradan bir qancha vaqt o‘tgach, ishtirokchilardan ular ishlagan
vazifalar haqida aytib berishi so‘raldi. Shunda vazifani yarmigacha bajargan ishtirokchilar
vazifani to‘liq bajargan ishtirokchilarga qaraganda 90% yaxshiroq eslab qolgani ma’lum
bo‘ldi. Tadqiqot natijalaridan xulosa qilgan holda shu ma’lum bo‘ldiki, chala qoldirilgan
ishlar xotiradan o‘chmagan holda energiyani yutishda davom etadi va bu muhim bo‘lgan
ishlarga yo‘naltirilgan energiyaning kamayishiga olib keladi. Fanga bu “Zeygarnik effekti”
nomi bilan kirdi. Zeygarnik tadqiqotidan keyin 1960-yillarda
15
xotira tadqiqotchisi Jon
Baddeli (John Baddeley), 1982-yilda
16
Kennet MakGrou (Kenneth McGraw) va Jirina Fiala
o‘z tadqiqotlari bilan Zeygarnik effektini tasdiqladi.
Demak, biz o‘zimizdagi bitmagan ishlarni miyadan chiqarib tashlashimiz kerak
bo‘ladi. 
Buning uchun Dovranbek Turdiyevning “Antidangasalik” treningida keltirib o‘tgan
“Qarmoqlar metodi”dan foydalanish juda samarali.
Quyida jadvalning o‘zi bor. Sizga bu jarayonda bitta ruchka va oq varaq kerak bo‘ladi.
Jadvaldagi har bir so‘zni o‘qiysiz va xayolingizga kelgan, qolib ketgan ishlaringizni yozib
12 


olasiz. Keyin ularni amalga oshirish bo‘yicha rejalar tuzib qo‘yasiz. Siz o‘zingiz uchun
maxsus jadvalni ham tuzishingiz mumkin. Bu ishni cheklistingizning “Amaliyotlar”
bo‘limiga yozib qo‘ygan holda har kuni bir marotaba bajarasiz. Bu sizdan uzog‘i besh
daqiqa vaqt oladi. Bir oydan keyin har haftada bir marta bajarishingizning o‘zi yetarli
bo‘ladi.
13 


14 



Yüklə 346,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin