barchasini avvaldan taxlab qo‘ymagan bo‘lsangiz, katta ehtimol bilan ertalab siz
yugurmaysiz. Sababi, siz sport kiyimlaringizni qidirishga erinishingiz va yana dangasalik
qilishingiz mumkin. Topshiriqlarni tuzish uchun sizga 10-15 daqiqa yetarli bo‘ladi.
Boshlanishiga topshiriqlar sonini kamroq qilganingiz ma’qul, keyinchalik ko‘paytirib
borishingiz mumkin.
1904-yilda rus fiziologi Ivan Pavlov itlarda o‘tkazgan
tajribalari bilan shartsiz
refleksni kashf qilib, Nobel mukofotiga sazovor bo‘lgan
24
.
Itlarning ovqat hazm qilish
tizimi ustida olib borilgan tadqiqotlar davomida uning tajribasidagi hayvonlar ovqatlansa,
so‘lak oqishni boshlaydi. Pavlov tajriba davomida har safar itlar ovqatlantirilganda
qo‘ng‘iroq tovushini eshittirgan va natijada itlar shunchaki qo‘ng‘iroqqa
javoban ham
so‘lak chiqara boshlagan, ya’ni hayvonlarning so‘lak bezlari va qo‘ng‘iroq orasida shartsiz
refleks hosil bo‘lgan. Pavlov tajribasidan keyingi o‘tkazilgan ko‘plab tajribalar natijasiga
ko‘ra, insonlarda ham shartsiz reflekslar ular doimiy shug‘ullanadigan narsalar bilan amalga
oshadi. Agar siz doimiy ravishda
bloknotga rejalar tuzib, birma-bir bajarishda davom
etsangiz, oradan vaqt o‘tgach, siz bloknotga tushgan vazifalarni shartsiz refleks oqibatida
shu zahotiyoq bajaradigan bo‘lib qolasiz. Sizda “Stikerlarga topshiriqlarni yozmasdan ham
bajarib ketaversam bo‘ladimi?” degan savol tug‘ilishi mumkin. Albatta, bo‘ladi, ammo
samaradorligingiz bir necha barobarga tushib ketadi.
II Bobda o‘rgangan narsalarimizga ko‘ra, jadvalimiz quyidagi ko‘rinishni oladi.
Kitobning keyingi
bobini ikki kundan keyin, bugun bilib olgan narsalaringizni amalda
qo‘llaganingizdan so‘ng o‘qishingizni tavsiya qilamiz.
Sana:
Uyqu
soatlari
6
6
7
8
6
7
8
7
8
8
Bajarilgan topshiriqlar soni
4
5
5
6
5
7
6
8
9
8
28
Dostları ilə paylaş: