foyda keltiradi? Agar maqsaddan oladigan foydangiz hayotingizda muhim rol o‘ynamasa,
uni o‘zgartiring. O‘zingizning oldingizga missiya qo‘yib oling. U siz uchun juda muhim
ahamiyat kasb etsin.
Time bound — vaqt bilan chegaralangan
Siz maqsadingizga erishmoqchi bo‘lgan aniq bir sana bo‘lsin. Aynan belgilagan
sanangizda maqsadga
erisha olmasligingiz mumkin, ammo u sizni tezlashtiradi.
Chegaralangan ongga psixologik bosim beradi va siz aynan o‘sha sanaga qo‘ygan
maqsadingizga erishishga ko‘proq harakat qilasiz.
Evaluate — baholang
Siz maqsad qo‘yib, bajarishga kirishishni boshlaganingizdan
keyin uni turli
intervallarda baholashni boshlang. Ya’ni har kunda, haftada, oyda maqsadingiz sari nima
ishlar qilayotganingizni baholab, o‘lchab boring. Yana qancha ish qilganingizdan keyin
erishishingiz mumkinligini aniqlashtirib borsangiz, ongingiz maqsadingingizni unutib
yuborishiga yo‘l qo‘ymaysiz. Shuningdek, maqsadingiz amalga oshishi uchun qancha ish
qilayotganingiz va yana qancha ish qilishingiz kerakligi ko‘zingizga ko‘rina boshlaydi, bu
esa jarayonni yanada tezlashtiradi.
Readjust — qayta sozlash
Agar siz maqsadlaringizga erisha olmayotgan bo‘lsangiz, maqsadni o‘zgartirmang.
Rejalaringizni qaytadan ko‘rib chiqing. Qayerdadir xato o‘ylagan bo‘lsangiz, uni
to‘g‘rilang. Qaytadan hisoblab chiqing va yana boshlang.
Yangi yil sindromi
Aniqki, juda ko‘pchilik yangi yil arafasida bitta qog‘oz yoki daftarni oladi va yangi
yilda erishmoqchi bo‘lgan maqsadlari ro‘yxatini yozadi.
Kelasi yilgacha yozilgan
maqsadlardan qanchasi amalga oshishini o‘zingiz yaxshi bilasiz. Shu bo‘yicha 2014-yilda
Skanton universitetida tadqiqot
26
o‘tkazilgan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra,
yangi yilda
33
maqsad qo‘ygan odamlarning atigi 8 foizi qo‘ygan maqsadlariga haqiqatan erishadi. Faqat
64 foizi oxirgi bir oyda, 46 foizi oxirgi 6 oyda va 8 foizi
oxirigacha uzoq muddatli
muvaffaqiyatga erishadi. Shu sababli maqsad qo‘yish uchun yangi yilni yoki yangi oy,
yangi haftaning boshlanishini kutmasdan, bugunoq maqsadingizni aniqlashtirib oling.
Dostları ilə paylaş: