bo‘lishingiz bilan keyingi vazifa uchun birinchi topshiriqni aniqlab, shu zahoti bajarishga
tushasiz:
•
Google-xaritaga kirib, Davlat xizmatlari markazi
qayerda joylashganini
aniqlash;
•
“Yandex taksi”ni chaqirib, Davlat xizmatlari markaziga borish.
Mana shunday ketma-ketlikda har bir topshiriqni yakunlashingiz bilan keyingi
topshiriqning
birinchi qadamini aniqlab, bajarishni boshlaysiz. Birinchi qadamni
aniqlashingiz bilan stikerga yozasiz va daftaringizga yopishtirib qo‘yasiz.
Shunda kun
oxiriga borib ko‘zingizga katta bo‘lib ko‘ringan ish bir nechta stikerdagi topshiriqlar bilan
bitganining guvohi bo‘lasiz.
Bir yillik maqsadlar qo‘yilganda o‘rtacha 7-9 ta maqsad qo‘yish taklif qilinadi. Siz
ham shunday qilishingiz mumkin, ammo ular orasida bittasi
boshqalariga nisbatan
muhimroq bo‘lishi kerak bo‘ladi.
Endi maqsadni qayerga yozish kerak, degan savolga javob bersak. Bloknotingiz
varag‘idek kattalikdagi bitta karton qog‘ozi olasiz
va unga katta qilib asosiy
maqsadlaringizni yozasiz. So‘ngra uni shu bloknotning birinchi betiga qo‘yasiz. Istasangiz,
yopishtirib qo‘yishingiz ham mumkin. Sababi, siz maqsadingizni har kuni bir necha marta
ko‘rib turishingiz kerak. Ko‘z bilan ko‘rib turiladigan narsalar xotiradan osonlikcha
o‘chmaydi.
Shuningdek, bu sizga psixologik bosim bergan holda oldinga tezroq
harakatlanishga undaydi. “Loyihalar ro‘yxatini ko‘rib chiqish”
degan topshiriqni
cheklistingizning “Amaliyotlar” bo‘limiga yozib qo‘yasiz. “Time management” tizimlarida
barcha narsani oldindan rejalashtirish o‘rgatiladi. Ammo bunday qilish mutlaqo xato
bo‘ladi. Sababi, biz insonmiz va ertaga nima bo‘lishini bilmaymiz. Kutilmagan hodisalar
biz avvaldan rejalashtirgan tuzilmalarni butunlay buzib yuborishi mumkin.
Shu bois bizning
qiladigan birinchi asosiy ishimiz — maqsad (loyiha)ni aniqlash, ikkinchi — uni
loyihachalarga bo‘lib chiqish va uchinchi — kun davomida har bir loyihachaning birinchi
qadamini aniqlab, vaziyatga qaragan holda uni amalga oshirib borish.
35
Ba’zida ko‘pchilik birinchi qadamni aniqlay olmaydi. Shu paytda “Vaqtni qisqartirish”
usuli qo‘l keladi. Oldingizda topshiriq bor va siz uning birinchi qadamini aniqlamoqchisiz.
Shunda tasavvur qilasiz: oldingizga bir qotil keldi va shu topshiriqni uzog‘i yarim soat
ichida bajarmasangiz, sizni o‘ldirishini aytdi. Shu paytda xayolingizga birinchi kelgan ish
topshirig‘ingiz bo‘ladi. Bu usul g‘alatidek tuyilishi mumkin, ammo eng samarali usullardan
biri hisoblanadi. O‘lim oldidagi qo‘rquv insonning o‘zi tasavvur qilmagan imkoniyatlarini
ochib beradi. Shunda tezroq o‘ylaysiz va tezroq harakatlanasiz. Topshiriqlaringiz vaqtini
qisqartiring va o‘zingizga savol bering: “Agar yarim soat vaqtim bo‘lganda, hozir nima ish
qilgan bo‘lardim?” Shunda javob tezda keladi.
Dostları ilə paylaş: