ANTIK DUNYO SIYOSIY TA’MINOTLARI Reja: 1. Sharq — insoniyat sivilizatsiyasining qadimiy uchog`i.
2. Qadimgi Sharq falsafasi va uning milliy yo`nalishlari.
3. Antik dunyo va Yunoniston falsafasi.
4. Qadimgi zamon falsafasini o`rganishning ahamiyati.
Sharq qadimiy madaniyat uchog`i va jahon sivilizatsiyasining beshigi deya bejiz ta’riflanmagan. o’arb madaniyati tarixini o`rganish jarayonida Ovrupotsentrizm nazariyasiga oqib ketish G`ayriilmiy bo`lgani kabi, masalaning Sharq bilan bog`liq jixatini tahlil etganda ham Osiyotsentrizm G`oyalari ta’siriga tushmaslik lozim.
Shu bilan birga, Sharqning o`ziga xosligi, unga mansub bo`lgan madaniy taraqqiyot jahon sivilizatsiyasining beshigi, dunyo xalqlari rivojiga qo`shilgan munosib xissa ekani ham sir emas. Bu hol jahonning barcha holis mutaxassis olimlari tomonidan e’tirof etiladi. Јolaversa, Vatanimiz sivilizatsiyasining Sharq sivilizatsiyasi kuchog`ida voyaga yetgani va uning qadriyatlarini o`zida aks ettirganini, unga va butun dunyo madaniyatiga o`lkan ta’sir ko`rsatganini doimo esda to`tish darkor.
Sharq madaniyati taraqqiyotining ilk davrlari deganda, ko`pgina mutaxassislar bizning Vatanimiz utmishini, Misr, Bobil va insoniyat tarixining eng qadimgi sivilizatsiyalaridan biri bo`lgan Shumer davrlarini esga oladi. Bo`larning har biri insoniyat tarixida jamiyat hayoti, qadriyatlar tizimining o`ziga xosligi, boshqarish va iqtisodiy jarayonlarning muayyan tarzda namoyon bo`lishi bilan tavsiflanadi. Ushbu madaniyat uchoklari haqida maktab ta’limi jarayonida «Eng qadimgi tarix» darsliklari orqali ma’lumot berilgan. Zukko talabalar usha davrlarda qanday siyosiy jarayonlar kechgani, qanday podsholik va imperiyalar bo`lganini yaxshi biladi. Biz bugun usha davrlardagi falsafiy dunyoqarash, qadimgi ajdodlarimizning fikr-muloxazalari, o`ziga xos ta’limotlarining asosiy tamoyillari bilan yaqinroq tanishmokchimiz. Kuxna Sharq sivilizatsiyasining beshiklaridan biri bo`lgan Misr, qadimgi zamonda ilk utrok hayot va o`ziga xos dehqonchilik an’analari boshlangan Nil daryosi buylaridagi madaniyat dunyo olimlari dikkatini tortib keladi.