Antik dunyo tarixida makedoniyalik Iskandar Zulqarnayn (Aleksandr, Makedoniya podshosi Filip II ning o'g'li) olamga dovrug' taratgan jahongir hukmdorlardandir



Yüklə 67,62 Kb.
səhifə1/7
tarix11.05.2023
ölçüsü67,62 Kb.
#111651
  1   2   3   4   5   6   7
Aleksandr Makedonskiyning sharqqa yurishlari


Mavzu: Aleksandr Makedonskiyning sharqqa yurishlari
Reja:
Kirish
I.bob. Makedoniyalik Iskandarning Markaziy Osiyoga harbiy yurishlari. Baqtriya,Sug’d va Ustrushona bosqini.
1.1. Maroqanda - Samarqand ning bosib olinishi.
1.2. Markaziy Osiyo xalqlarining Yunon-makedonlar bosqinchilariga qarshi kurashi.
II.bob. Markaziy Osiyo xalqlarining Yunon-makedonlar bosqinchilariga qarshi kurashi.
2.1. Aleksandar Makedonskiyning harbiy yurishlari va unga qarshi kurash. Davlat boshqaruvi.
2.2. Salavkiylar davlati.
Xulosa
Foydalanilgan Adabiyotlar


Kirish
Mavzusining dolzarbligi. Tarix Fani kishilik jamiyati bosib o’tgan tarixiy yo’lni qonuniyatli bir jarayon tarzida atroflicha o’rganuvchi Fan sifatida ijtimoiy fanlar tizimida muhim o’rin tutadi va keng xalq ommasini, ayniqsa, yosh avlodni o’z Vatani va xalqiga sadoqat ruhida tarbiyalash ishiga xizmat qiladi. Davlatimiz rahbari ta’biri bilan aytganda, «o’zlikni anglash tarixni bilishdan boshlanadi».
Iskandar Zulqarnayn boshchiligida yunonlarning yurtimiz sarxadlarini bosib o’tishi, ularga qarshi Spitamen rahbarligida ko’tarilgan qo’zg’olon ko’pgina manba va adabiyotlarda o’z aksini topgandir
O’rta Osiyo, shuningdek O’zbekistonning kadimgi va an­tik davrdagi tarixini o’rganishda kadimgi Yunoniston va Rim tarixchilari xamda geograf olimlarining asarlari muhim manba bo’lib xizmat kiladi.
Ulardan ayrim va muhimlariga qiskacha to’xtab o’tamiz.
Diodor (miloddan avvalgi 90—21-yillar). Yirik tarixchi olim; asli Sisiliyaga qarashli Argiriya shahridan. Dio­dor «Tarixiy kutubxona» nomli 40 kitobdan iborat asar yozib qoldirgan. Umumiy tarix yo’nalishida yozilgan bu asar asosan Yunoniston va Rimning qadim zamonlardan to milodning I asr o’rtalarigacha bo’lgan tarixini o’z ichiga oladi. Asarda Sharq; xalqlari, shuningdek, O’rta Osiyo va O’zbekistonning qadimiy xalklari (skiflar, saklar, massagetlar, baqtriyaliklar va b.q.), O’rta Osiyo — Eron munosabatlari haqida qimmatli ma’lumotlar bor.1

Diodorning mazkur asari ko’p jihatlari bilan ko’chirma (kompilyativ) hisoblanadi. Muallif Efor, Polibiy asar-laridan keng foydalangan. Bundan tashqari, ko’p hollarda bayon etilayotgan voqyealar uzviy bog’lanmay qolgan. Shunga qaramay, Diodorning «Tarixiy kutubxona»si dalillarga boy va ilmiy ahamiyatga egadir.2


«Tarixiy kutubxona» to’la holda bizning zamonimizgacha yetib kelmagan. Uning faqat 15 kitobi- qadimgi Sharq xalqlarining tarixi va afsonalari haqida hikoya qiluvchi 1-5-kitoblari, Yunoniston hamda Rimning Yunon-Eron urushlari (miloddan avvalgi 500—449 yy.) dan to miloddan avvalgi 301 yilgacha bo’lgan tarixini o’z ichiga olgan 11-20- kitoblarigina saklangan, xolos.
Asar 1774-1775 yillari I. Alekseyev tomonidan (olti qismda) va 1874—1875 yillari F. G. Mishchenko tarafidan ikki qism qilib nashr etilgan.

Yüklə 67,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin