ANTROPOLOGIYA VA ETNOGRAFIK FANINING TADQIQOT OBEKTLARI
2.2. O`rta Osiyo hududida asosiy xalqlarning va etnik guruhlarning tarqalishi va tillari O`zbekiston tarixiga oid ko`p tomli yirik ilmiy asarni etnografiyaga bagishlangan bulimlari fanning sunggi yutuklari asosida mutaxassis tatkikochilar tomonidan yozilagan “Jaxon xalqlari” seriyassida bosilib chikqan ikki tomli “Urta Osiyo va Kozogiston xalqlari “ nomli monumental ilmiy asar deyarli butun etnografik tatqiqotlarining yutuklarini uzida mujasam-lashtirgan. Asarning “Uzbeklar “ nomli bobini yozish va taxrir qilishad maxalliy etnograflardan O. A. Suxareva, M. A. Bekjonova, I. Jabborov va boshqalar katnashgan.
O`zbek xalqining etnografiyasini o`rganish mustakillik kulga kiritilgandan sung yangi boskichga kutarildi.
Vatanimizda va xorijda e`tirof etilgan ilmiy an`anaga ko`ra antropologiya fan tarzida insoniyatning kelib chiqish tarixini, uning evolyutsiyasi, irqlarning kelib chiqishini hamda turli xalqlarning morfologik va jismoniy xususiyatlarini o`rganadi. Antropologik tasniflashda turli etnik guruhlar va xalqlarning madaniy xususiyatlari emas, balki biologik xususiyatlariga va genetik qarindoshlilik printsiplariga asosiy e`tibor qaratiladi. Biroq genetik aloqadorlilik printsiplari insonlarni ma`lum bir tasniflarga bo`lish imkonini bermaydi. Shu bois etnologiyada turli xalqlar orasidagi qon-qarindoshlik aloqalari tarixini tahlil etishda ko`plab uslublardan foydalaniladi. Ko`pincha etnologlar antropologik klassifikatsiyaning asosini tashkil qiluvchi etnoslarning irqiy farqlarini asos qilib olishadi.
Insoniyat biologik tuzilish jihatdan umumiylikka ega va yer sharidagi barcha insonlar bir biologik turga mansubdir. Lekin dunyoning mavjud etnik manzarasi turli mintaqalarda yashayotgan insonlar tana tuzilishi, ranggi, soch turi, yuz-qiyofasiga ko`ra rang-barang, ya`niki antropologik tuzilishiga ko`ra turli-tuman ko`rinishga ega. Insonlar orasidagi o`zaro farqli xususiyatlar irqiy tasniflash orqali tahlil qilinadi. Irqiy tasniflashda insonning sochi shakli, uchlamchi soch qoplami, teri tuzilishi, sochning rangi, ko`z rangi, bo`yi, tananing proportsiyasi, tananing bosh qismining tuzilish shakliga ko`ra farqlanadi. Umuman olganda irqlar deb genetik qon-qarindoshlilik munosabatlari asosida tashqi tana tuzilishiga ko`ra o`xshash bo`lgan xududiy birlashgan kishilarga aytiladi. Antropologik jihatdan hozirgi xalqlarni vatanimiz va xorijiy antropologiya fanida to`rtta katta irqlarga--negroid (afrikan), yevropoid (evroosiyo), mongoloid (osiyo-amerika) va avtroloid (Okeaniya) irqlariga bo`linadi.
Ushbu irqlarning farqli xususiyatlari sifatida quyidagi irqiy alomatlarni ko`rsatish mumkin. Yevropoid irqiga mansub kishilarning terisi oq yoki bug`doyrang, sochlari turli-tuman to`g`ri va to`lqinsimon, ko`pincha mayin bo`lib o`sadi va yuz hamda tanani jun qoplagan bo`ladi. Burni tor, lablari o`rtacha yoki kichik hajmda bo`ladi. Ko`zlari turli –tuman rangda va bosh miya suyaklari hech qachon oldinga bo`rtib chiqmagan bo`ladi.
Avstroloidlar terisining rangi qoramtir, sochlari qora to`lqinsimon, jingalak va qattiq, yonoq va bosh suyaklari oldinga chiqqan bo`ladi, burunlari katta, lablari qalin bo`ladi. Yuzlarida va tanasi jundor bo`ladi.
Mongoloidlarda esa teri rangi sariqroq, yoki to`q bug`doyrang bo`ladi, sochlari esa to`g`ri shaklda qattiq bo`ladi. Soch va ko`zlarning rangi qora yoki to`q jigarrang bo`ladi, erkaklarda soqol va mo`ylov biroz kechroq chiqadi va ko`pincha siyrak bo`ladi. Yuzi keng va yonoq chanog`i qattiq chiqadi, burun esa unchalik katta bo`lmaydi. Amerikaning mongoloid aholisida teri rangi sariq rangda bo`ladi.
Negroidlarning sochi qora, tim qora rangda, jingalak va ko`pincha qattiq hamda shakliga ko`ra to`g`ri bo`ladi. Soqol va mo`ylovlari xuddi mongoloidlarnikiga o`xshash tarzda yomon o`sadi. Ko`zlari ba`zida qisiq bo`ladi. Burnilarining kengligi juda katta bo`lib, deyarli balandligi bilan teng bo`lgan. Yuzlari kichkina va tor ko`zlari esa yevropaliklarnikiga o`xshash keng ochiq bo`ladi.
Mazkur to`rtta katta irq taxminan 25 ta kichkina irqlar(ularni ba`zida etnogenetik shoxobchalar yoki lokal irqlar ham deb aytishadi) ga bo`linadi. Katta va kichkina irklar orasida oraliqdagi irqlar ham mavjud. Misol uchun, negroidlar va yevropoidlar orasida-efiopiyaliklar va mulatlar; mongoloidlar va avstroloidlar orasida janubiy osiyo irqi – yaponlar va shu qabilarni ko`rsatish mumkin. Efiopiyaliklarning yuzlari ularning qo`shnilari bo`lgan arablar bilan bir xil shaklda bo`lsada terilarining rangi qora, negroid irqi terisiga o`xshash o`ta yorqin emas. Yaponlarda bir vaqtni o`zida avstroloidlarga, mongoloidlarga va yevropoidlarga xos alomatlarni kuzatish mumkin.
Sayyoramizda yashovchi turli-tuman xalqlarni shakllanishida va ularni farqlashda til ham muhim ahamiyat kasb etadi. Til birligiga qarab ayrim xalqlar, etnik guruhlar aniqlanibgina qolmay, ko`pincha til asosida nom ham beriladi. Dunyo xalqlarining til boyligi juda boy va o`z navbatida juda ham murakkab hisoblanadi. Biroq lingvistik bir qator kamchiliklardan ham xoli emas. Jumladan, lingvistik tahlil orqali bir necha tillarda so`zlashuvchi xalqlarni (misol uchun yahudiylarni), yoki oldingi tillaridan farqli tilda so`zlashuvchi xetnoslar (misol uchun irlandlarni)ni tasniflash me`yorlariga solish qiyindir. Shunga qaramay lingvistik klassifikatsiya-lashning ko`plab ijobiy jihatlari mavjud. Avvalo, bunday klassifikatsiyalashni qo`llash natijasida yoki umumiy kelib chiqishiga ega bo`lgan xalqlar yoki uzoq muddat doimiy madaniy-lingvistik aloqada bo`lgan xalqlar bir guruhga kiradi.
Lingvistik tasnif tarixiy-qiyosiy o`rganish orqali aniqlanadi. Qolaversa etnoslarning turli klassifikatsiyalari orasida etnosning tiliga qarab tasniflash muhim tasniflashlardan biri hisoblanadi. Chunki aynan lingvistik tasniflash orqali ma`lum bir xalqlarning etnik yaqinligi, u yoki bu madaniyatning umumiy asosga ega ekanligi borasida birmuncha aniq tasavvurlar beradi.
Dunyo xalqlari til birligiga ko`ra, boyligi va murakkabligiga ko`ra farqlanib turadi. Tadqiqotchi olimlar tomonidan yer sharida turli etnik guruhlar va jamoalar so`zlashuvchi 6 mingdan ortiq tillar mavjudligi aniqlangan. Sayyoramizdagi ayrim davlatlardagina (ko`plab Yevropa mamlakatlarida) bitta tilda gaplashishsa, ayrim mamlakatlarda (Nigeriya va Rossiyada) 100 dan ortiq tillarda so`zlashishadi. Hozirda ayrim tillar kelib chiqqan xududidan tashqaridagi keng hududlar bo`ylab yoyilgan. Bu borada misol uchun arab tilini olib ko`radigan bo`lsaq, arab tili paydo bo`lgan vaqtda (VII asrdan oldin) undan faqat Arab yarim orolining janubidagina yashovchi qabilalar foydalangan bo`lsa, hozir bu tilda Shimoliy Afrika va Janubiy Sharqiy Osiyoda joylashgan juda ko`p xalqlar so`zlashadilar. Yoki ingliz tilini olsaq, dastlab unda Britaniya orolining aholisi so`zlashgan bo`lsa, hozir Yevropa va Shimoliy Amerika aholisining beshdan bir qismi, Avstraliya va Yangi Zelandiya xalqlari asosan shu tilda so`zlashadilar. Asl vatani Pireniy yarim oroli bo`lgan ispan tili keyinchalik butun Lotin Amerikasiga tarqalgan.
Xalqlarni tilga qarab tasniflash mezonlari asosan ikki kriteriya-til va etnik mansublik printsiplariga asoslanadi. Umuman olganda til insoniyat madaniyatining asosini tashkil etadi. Chunki til aynan insonga xos maxsus ramzlar orqali ma`lumot uzatiladi. Tilning taraqqiyoti madaniyat taraqqiyoti bilan parallel tarzda rivojlanib borgan va yakunida inson shakllangan.
U yoki bu tillarning qon-qarindoshliligi etnologiya uchun ushbu tillarda so`zlashuvchi madaniyatlarni va xalqlarning yaqinliligini namoyon qilishi bilan ham ahamiyatlidir.
Dunyo xalqlari orasidagi turli til oilalari borasida tadqiqotchi olimlar orasida umumiy qarash mavjud emas. Biroq oxirgi yillardagi ilmiy tadqiqotlar natijalari asosida dunyo xalqlari tillarini quyidagi til oilalariga bo`lish mumkin:
Jahon xalqlari tillarini klassifikatsiyalash borasida dunyo tilshunoslari tomonidan qator mulohazalar bildirilgan bo`lib, bunday tarzda klassifikatsiyalashni keng ilmiy jamoatchilik tomonidan to`la e`tirof etilgan qarash deb bo`lmaydi. Jumladan, hali hanuz barcha olimlar ham turkiy, mo`g`ul va tungus-manjur tillarini genetik umumiyligini tan olmaydilar. Koreys va yapon tillarini izolyatsiyalashgan tillar deb hisoblovchilar ham bor. Shuningdek Afrika va Amerika xalqlari tillarini tasniflash borasida ham yakuniy umumiy xulosaga kelinmagan.
O’rta Osiyo xalqlari ajdodlarining ilk davlatchiligi ancha qadim ildizlarda ega. Milliy davlatchiligimiz shakllangan bronza davriga oid birorta yozma ma’lumotlar yo’q. O’zbekistonning bu davrga oid tarixi faqatgina arxeologik tadqiqotlar natijalari asosida yoritilib, ular jamiyat taraqqiyotidagi barcha murakkab jarayonlarni to’liq ochib bera olmaydi.
O’zbekistonning miloddan avvalgi 1 ming yillikning birinchi yarmiga oid tarixi yozma manbalarda qisman yoritilgan. Zardushtiylarning muqaddas kitobi «Avesto»da, ahamoniylar davri mixsimon yozuvlarida va qadimgi Yunon-Rim yozma manbalarida o’lkamizdagi xalqlarning nomlari, alohida joylar, tog’lar, daryolar va ko’llarning nomlari, afsonaviy qahramonlar va podsholarning nomlari, aholining turmushi, dini, madaniyati, ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy tuzumi to’g’risidagi ma’lumotlar mavjud.
«Avesto» asarida Xorazm, Baqtriya va So’g’d tuprog’ida paydo bo’lgan. «Avesto»ning eng qadimgi geografik nomlari O’rta Osiyo va unga chegaradosh viloyatlari bilan bog’lanadi. «Avesto» kitoblari quyidagi ma’lumotlarni o’z ichiga oladi: qadimgi geografik tushunchalar, hududiy, etnik, qabilalar va viloyatlar nomlari, qadimgi va siyosiy tuzum, zardushtiylarning falsafasi, dunyo tarixining rivojlanishi haqida ma’lumotlar.
Yunon-fors urushlari boshlanishi bilan miloddan avvalgi VI - IV asrlar siyosiy voqealarida ishtirok etgan O’rta Osiyo xalqlarining tarixi qadimgi yunon tarixshunoslarning asarlarida yoritilgan.
Bu borada O’rta Osiyo xalqlari to’g’risida qisqa bo’lsa-da, juda aniq ma’lumotlar beruvchi Gerodotning «Tarix» kitobi qismlari ayniqsa qimmatlidir. Qadimgi davrlardan boshlab bu kitob dunyoda eng mashhur tarixiy asarlardan biri bo’lib hisoblangan. Uning muallifi Gerodot «tarixning otasi» deb nom olgan.
«Avesto» qadimgi fors yozuvlari, Gekatey, Gerodot, Ktesiy va boshqa yunon tarixshunoslarining asarlarida O’rta osiyo tarixiy viloyatlari nomlari quyidagi tartibda ko’rsatib berilgan: