Antropologik va etnologik ma`lumotlarning o`lka tarixini o`rganishdagi ahamiyati


O`RTA OSIYODAGI ETNIK GURUHLAR TO`G`RISIDAGI DASTLABKI YOZMA MA`LUMOTLAR



Yüklə 126 Kb.
səhifə4/7
tarix02.12.2022
ölçüsü126 Kb.
#71939
1   2   3   4   5   6   7
ANTROPOLOGIYA VA ETNOGRAFIK FANINING TADQIQOT OBEKTLARI

O`RTA OSIYODAGI ETNIK GURUHLAR TO`G`RISIDAGI DASTLABKI YOZMA MA`LUMOTLAR.
2.1. O`rta Osiyoning rivojlangan feodalizm davrida etnik tarixi

O’rta Osiyoda Miloddan avvalgi 3 ming yillikning o’rtalarida bronza (mis, qalay va qo’rg’oshin qorishmasi) davri boshlanishi bilan ota urug’i - patriarxat topadi. Bronza davrida dehqonchilik xo’jaligi yangi erlarda, jumladan O’zbekiston hududida ham keng yoyilgan. Mazkur davrda ishlab chiqarish munosabatlari tez rivojlanib, ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar yangi asosda taraqqiy etadi.


O’rta Osiyoda qabilalar tomonidan yangi erlarni keng o’zlashtirish jarayoni miloddan avvalgi 4 ming yillikning oxiri - 3 ming yillikda boshlangan. Zarafshonning yuqori qismida, Panjikent shahridan 15 km g’arbda topilgan 90 gektar maydonda joylashgan Sarazm qishlog’i harobasi moddiy topilmalarida Janubiy Turkmaniston ziroatchilari va Xorazmning Kaltaminor madaniyatlariga mansub buyumlar bor. Xuddi shu davrda (miloddan avvalgi 4-3 ming yilliklarda) Afg’onistonning shimoli-sharqida Hind-Pokistonning mashhur Xarappa madaniyati vakillarining makonlari paydo bo’ladi.
Bronza davrida O’rta Osiyoning janubiy viloyatlarida baland bo’yli, boshi cho’zinchoq, yuzi tor odamlarning vakillari tarqalgan. O’rta Osiyoning shimoliy dasht va cho’l qismida janub aholisidan farq qilgan boshi dumaloq, yuzi juda keng va cho’ziq bo’lmagan qabilalar yashagan. Janubiy qiyofali odamlar O’rta er dengizi irqining vakillari deb ataladi. Ular Olb Osiyo, Mesopotamiya, Eron, Afg’oniston, O’rta Osiyoning janubi, Hindiston kabi katta grafik hududga yoyilganlar. Shimoliy qiyofali odamlar Janubiy Sibir hududidan to Qozog’iston va O’rta Osiyoning shimoli-sharqiy qismida, Ural, Volga erlarigacha tarqalganlar.
Miloddan avvalgi 2 ming yillikning ikkinchi yarmida O’rta Osiyo hududida qadimgi janubiy va shimoliy qiyofadagi, ya’ni dehqonchilik va chorvachilik bilan shug’ullangan odamlar vakillarining aralishib ketishi jarayoni boshlanadi. Shu davrga kelib bronza davri qabilalari O’rta Osiyodagi turli elatlarga asos solganlar.
O’zbekiston hududida joylashgan shu elatlarning vakillari - so’g’dlar, baqtriylar, xorazmiylar va saklar, o’zbek xalqining qadimgi ajdodlaridan bo’lib, ular haqida ayrim ma’lumotlar qadimgi yozma manbalarda saqlangan.
Miloddan avvalgi 1 ming yillikdan boshlab, yirik madaniy-tarixiy viloyatlar - Xorazm, Baqtriya, So’g’d, Farg’ona, Shosh (Choch) qadimdan, to o’rta asrlargacha Sharq hududlarida juda mashhur bo’lgan.
Antropologik va yozma manbalarning ma’lumotlari O’rta osiyoda alohida eng qadimgi elatlarning shakllanishi va etnik hududlarning ajrala boshlashi miloddan avvalgi IX - VIII asrlarga oid bo’lgani haqida dalolat beradi. Bu masalani o’rganish juda murakkab muammo bo’lsa ham, shubhasiz aytib o’tish kerakki, miloddan avvalgi VI asrning ikkinchi yarmida Erondagi ahmoniylar sulolasi podsholarning O’rta Osiyoga yurishlari boshlanganda bu elatlarning ajrala borish jarayoni butunlay tugagan va turli qadimgi xalqlarning hududiy joylashuv chegaralari, viloyatlarning umumiy chegaralari ahmoniylardan ancha oldingi davrlarda shakllangan edi. Yozma manbalarga ko’ra ahmoniylar O’rta Osiyoning alohida yirik viloyatlariga qarshi harbiy yurishlarni boshlaganlar. Demak, O’rta Osiyo viloyatlari va aholisi haqida, ularning hududiy joylashuvi va ayrim viloyatlarning chegaralari haqida Sharqda turli ma’lumotlar to’plangan edi.
O’rta Osiyo viloyatlarining madaniy o’xshashliklariga sabab xalqlarning qo’shni-qarindoshligi, umumiy urf-odatlari, tili, savdo-sotiq, madaniy aloqalari, janubda yuqori darajada rivodlangan madaniyatning ta’siri, janubiy aholi bir qismining Xorazm chegaralari yonida va aynan viloyat hududiga tarqalishi deb faraz qilinadi. Agar ko’rsatib o’tilgan fikrlar, jumladan, oxirgisi to’g’ri bo’lsa, qabilalarning ko’chish jarayoni fors podshosi Kir II ning yurishlaridan ancha oldingi davrlarda boshlangan Janubiy viloyatlarning vakillari va mahalliy aholisi qo’shilish natijasida yangi madaniy va etnik jarayonlar vujudga kelishi mumkin edi. Bu vaziyat, arxeologik va antropologik ma’lumotlarga ko’ra, O’rta Osiyo va xususan O’zbekiston hududida bronza davrida va miloddan avvalgi 1 ming yillikning boshlarida ancha taraqqiy topgan.
Misol uchun, miloddan avvalgi IX - VIII asrlarda Janubiy So’g’diyonada (Qashqadaryo vohasi) charxda ishlangan idishlarning paydo bo’lishi, qurilishida g’isht bilan naxsaning ishlatilishi, uy-qo’rg’onlar va ayrim qal’alarning bino qilinishi Baqtriyaning So’g’diyonaga madaniy ta’sirini va baqtriyaliklar tomonidan ba’zi tumanlarning o’zlashtirilishini tasdiqlaydi.
Qadimgi Xorazm davlati miloddan avvalgi VII asrda Amudaryo o’rta oqimi qismidan tortib Orolga yaqin bo’lgan erlarda vujudga kelgan, degan xulosaning to’g’riligi tasdiqlandi. Bu davlat Marg’iyonadagi Marv atrofida shakllanmagan, chunki manbalarga ko’ra, Marg’iyona qadimgi Baqtriya davlatining yirik viloyati bo’lgan. Baqtriya va Xorazm davlatining hududiy chegaralari O’rta Amudaryo oqimidagi erlar orqali o’tgan. Shu erlarda bir-biriga ro’para holatda ikkita qadimgi istehkom - Odoytepa va Qushqal’a qurilgan. Xorazmliklar egalik qilgan erlar So’g’diyona, Marg’iyona va Baqtriyaga tegishli o’lkalarga borib taqalgan Balki shuning uchun ham Gekaney xorazmliklar viloyatini parfiylardan sharqiy tomonda joylashtirgan Gerodot esa parfiyaliklar va xorazmliklarini erlari chegaradosh bo’lgan deb ko’rsatgan.
Kir II O’rta Osiyoning janubiy viloyatlarini istilo qilib, shu erning bir qismi aholisini yurtimizning shimoliy viloyatlariga siqib chiqarish mumkin edi, ammo Qadimgi Xorazm davlatining vujudga kelishi turli murakkab madaniy, etnik va siyosiy jarayonlar bilan bog’liq bo’lib, ahamoniylar davridan oldingi zamonlarda boshlangan.
Miloddan avvalgi VII - VI asrlarda shakllangan va ancha yirik bo’lgan Qadimgi Xorazm va Qadimgi Baqtriya davlatlarining aholisi qon-qarindosh elatlar bo’lib, bir-biriga o’xshash tilda gaplashganlar va yaqin madaniy an’analarga ega edilar. Bu davrda jamiyatning hududiy bo’linishi ko’zga tashlanib o’rtoqlashuv jarayoni kuchaydi. Shaharlar qishloq xo’jalik ekinzorlari bilan o’ralib, qal’alar paydo bo’ldi, muhim savdo yo’llari bo’yicha tayanch istehkomlar qurildi, turli makonlar qurilishida mudofaa inshootlarning ahamiyati birinchi o’ringa chiqdi, mustahkam qal’a-panogohlar qurildi, makonlarning harbiy-ma’muriy, hunarmandchilik yoki qishloq xo’jalik faoliyati yanada ko’proq yuzaga chiqdi.
O’zbekistonning turli viloyatlarida arxeologlar qadimgi shahar xarobalarni topib tekshirdilar. Ko’plab arxeologik topilmalarning dalolat berishicha, bu shaharning ba’zilarning yoshi 2700 yildan kam emas. Ularga Afrosiyob (Samarqand), Qiziltepa (Surxon vohasi), Uzunqir, Erqo’rg’on (Qashqadaryo vohasi) va boshqalar kiradi. Bu qadimiy shaharlar tarixi hozirgi Samarqand (Afrosiyob, Marokanda), Kitob-Shahrisabz (Uzunqir) yoki Qarshi (Erqo’rg’on) hududlarida davom etdi. Ya’ni, O’zbekistonning ko’pgina zamonaviy shaharlari ancha qadimgi shaharlar tarixi bilan yaqin aloqadorlik ko’zga tashlanib turibdi.
Eng qadimgi shaharlarga xos umumiy belgi ularning mudofaa devorlari bilan o’ralganligidir. Devorlar suv to’ldirilgan chuqur xandaq bilan o’ralgan bo’lib, bu mudofaa tizimi ancha mustahkam edi. Shaharlar ichki qal’a, aholini guzarlari, hunarmandchilik ustaxonalari va savdo qatorlari joylashgan qismlardan iborat bo’lgan. Shahar atrofidagi soy va anhorlar bo’ylarida dehqonlarning uy-qo’rg’onlari joylashib, ular bog’lar, ekinzorlar bilan o’ralgan edi. Dehqon xo’jaliklarini asosan katta ota urug’i oilalarning vakillari tashkil etgan. Ular alohida uy-joylar, xo’jalik va tomorqa binolarga hamda hosildor erlariga egalik qilganlar. Bundan uy-qo’rg’onlar, Xorazmda (Dingilja), Surxondaryoda (Qizilcha) va Samarqand atrofida (Qo’rg’oncha) topib tekshirilgan.
«Avesto» ma’lumotlariga ko’ra, urug’-«vis» (ayrim qishloq jamoasi 185 ta katta oila a’zolaridan iborat bo’lgan (75-90 kishi). Surxondaryodagi Qiziltepa shahri atrofida to’rtburchak shaklida qurilgan qadimiy uy-qo’rg’onlar (Qizilcha) 3-4 qo’shni uylardan iborat bo’lib, alohida joylashgan ayrim qishloq jamoasini tashkil qilganlar. Har bir katta oila jamoasi ayrim uy-joyga, chorvaga va erga egalik qilgan. U ma’lum darajada iqtisodiy mustaqil bo’lgan. Qishloq jamoalarining hududiy, iqtisodiy va ijtimoiy birlashuvi, ibtidoiy davrlarga oid urug’-qabilaviy birlashuvidan ancha farq qilib, ilk davlat tizimi vujudga kelishi haqida dalolat beradi.
Shunday qilib, O’rta Osiyo xalqlarining shakllanishida va uning davlatchiligi paydo bo’lishida tub o’troq dehqon aholi alohida o’rin tutganligi haqida muhim tarixiy xulosaga kelish mumkin. O’rta Osiyo xalqlari ajdodlarining ilk davlatchiligi taraqqiyoti qadimgi shaharlar tarixi bilan uzviy bog’liq bo’lgan.
Ilk davlatlarning tashkil bo’lishida, jamiyat rivojining ichki qonuniyatlaridan tashqari (ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarning yuqori darajasi, hunarmandchilik, almashuv va savdoning tez rivojlanishi, sug’orma dehqonchilik va boshqalar) tashqi sabablar - kuchayib borayotgan siyosiy qarama-qarshiliklar va harbiy to’qnashuvlar ham ta’sir qildi.
Yuqorida keltirilganlardan ko’pi tasodifiy bo’lmay, aniq shart-sharoitlarga bog’liq edi. Miloddan avvalgi VII - VI asrlarda O’rta Osiyo va Qozog’istonning ko’pgina tog’ va dasht joylarida yilqichilik va ko’chmanchi chorvachilik keng tarqaldi. Ko’chmanchilar yarog’-aslahalar taraqqiyotida katta yutuqlarga erishib, qudratli harbiy kuchga aylandi. Uyushgan ko’chmanchi qabilalarning o’troq dehqonchilik vohalarga xavfi yanada kuchaydi. O’troq aholi uchun keng ko’lamdagi va ishonchli himoyani tashkil qilish zarur bo’lib qoldi. Shuning uchun ham Xorazm, Baqtriya, Marg’iyona va So’g’diyonadagi o’troq aholining harbiy-siyosiy ittifoqi (uyushmasi) shakllanishida, uyushgan ko’chmanchi qabilalardan tuzilayotgan harbiy xavf hamda ehtimol, Midiya podsholigining Shimoli-sharqiy Eron va O’rta Osiyoning janubiy chegaralariga bo’lgan hududiy bosqini sabab bo’ldi.
O’zbek xalqi ajdodlarining ilk davlatchiligi tarixi geografik, hududiy ma’noda nafaqat O’zbekistonning hozirgi hududi bilan, balki qo’shni viloyatlarda ham qadimda yuz bergan etnik, madaniy, ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy jarayonlar bilan bog’liq holda talqin qilinmog’i lozim. Tarixning qadimgi davrlarida ilk davlatlar orasida va ajdodlarimizning yashash joylari o’rtasida aniq ma’muriy chegaralar bo’lmagan. Qadimgi Xorazm, Baqtriya va So’g’d chegaralari tabiiy bo’lib, yaqin hududlardagi o’troq yashash joylarning tabiiy geografik bo’luvchisi sifatida dashtlar, cho’l va tog’lardan foydalanilgan.



Yüklə 126 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin