Antroposentrizm tilshunoslikning zamonaviy



Yüklə 0,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/7
tarix24.02.2023
ölçüsü0,62 Mb.
#85351
  1   2   3   4   5   6   7
ZDIT2814




62 
«Zamonaviy dunyoda innovatsion tadqiqotlar: Nazariya 
va amaliyot» nomli ilmiy, masofaviy, onlayn konferensiya 
ANTROPOSENTRIZM – TILSHUNOSLIKNING ZAMONAVIY 
YO`NALISHI SIFATIDA
Ma’ripov Jalolkhan Kamoliddin ugli 
Jizzakh branch of the National University of Uzbekistan named after
Mirzo Ulugbek, The faculty of psychology,
The teacher at the department of Foreign languages. 
https://doi.org/10.5281/zenodo.7426067 
Annotatsiya: Keyingi yillarda dunyo tilshunosligida tilni undan 
foydalanuvchi shaxsning nutqiy faoliyati, ruhiyati, ijtimoiy holati, yoshi, jinsi 
kabilar bilan bog`liq holda o`rganishga, tilning inson nutqiy faoliyati jarayonida 
kuzatiluvchi funksional imkoniyatlari tadqiqiga jiddiy e`tibor qaratilmoqda. 
Buning natijasida o`tgan asrning oxirida tilni shaxs omili bilan bog`liq holda 
o`rganish metodologiyasiga asoslangan va o`ziga xos tahlil usullariga ega 
antroposentrik tilshunoslikning turli yo`nalishlari ajralib chiqdi. Bugungi kunda 
kognitiv tilshunoslik, psixolingvistika, lingvokulturologiya, etnolingvistika, 
neyrolingvistika kabi mazkur yo`nalishlar o`z tadqiq obyekti, predmeti, aniq 
qo`yilgan maqsad, vazifalari, tahlil usullariga ega
1
Kalit so‘zlar: antroposntrizm, lingvistika, zamonaviy yo‘nalishlar, 
Gumboldt.
Antroposentrizm (yunoncha «antropos» - «inson» so`zidan olingan, lot. 
«sentrum» - «markaz») - bu ilmiy yo`nalishda uning asosiy muammosi olam 
markazi bo`lgan insondir. Antroposentrik ilmiy tadqiqotlarda inson va unga 
tegishli bo`lgan barcha narsalar (jamiyat, tabiat, madaniyat, bilish va boshqalar) 
bir-biri bilan chambarchas bog`liqlikda ko`rib chiqiladi. Hozirgi kunda turli xil 
fanlar (falsafa, ekologiya, tilshunoslik, mantiq va boshqalar) insonni o`zlarining 
tadqiqot obyekti bilan bog`liq ravishda tadqiq qilmoqda. Shunga qaramay, inson 
faoliyatining barcha xilma-xilligi va mohiyatini, ularning bilish mexanizmlarini 
inson faoliyatining asosiy vositasi bo`lgan tilsiz tushunish mumkin emas. 
Shuning uchun ham «til inson ruhlarining asosiy faoliyatidir, u boshqa barcha 
turdagi inson faoliyatining asosidir». 
Tilshunoslikdagi antroposentrik yo`nalish inson mohiyatini til bilan 
chambarchas bog`liq holda ko`rib chiqadi. Ma`lumki, til va inson tabiatining 
o`zaro bog`liqligi til falsafasining asoschisi bo`lgan buyuk nemis olimi, faylasufi, 
tilshunos Vilgelm Gumboldt g`oyalaridan boshlangan. Olimning so`zlariga ko`ra, 
til insoniyatning olamga bo`lgan ma`naviy munosabatini belgilaydigan, ruhiy 
ijodiy ishlarning uzluksiz jarayoni deb hisoblanadi. Tilning insoniyatni 
bilishidagi roliga alohida e`tibor berib, u tilni insonning ma`naviy va ijodiy 
1
Lutfullayeva D.E. Assotsiativ tilshunoslik nazariyasi. –Toshkent, 2017. – 3-bet. 



63 

Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin