Anvar Obidjon (1947-yil 8-yanvar 2020-yil 11-aprel)



Yüklə 75,65 Kb.
səhifə1/3
tarix14.06.2023
ölçüsü75,65 Kb.
#130084
  1   2   3
Anvar Obidjon


Anvar Obidjon (1947-yil 8-yanvar — 2020-yil 11-aprel) oʻzbek jurnalisti va shoiridir. Oʻrta maktabda oʻqib yurganida „Gʻuncha“ jurnalida „Shkafjon“ nomli birinchi sheʼri bosilgan (1960). Obidjon 1946—1966-yillarda Samarqand moliya texnikumida, 1973—1979-yillarda Toshkent davlat universitetining jurnalistika fakultetida sirtdan oʻqigan.
Harbiy xizmatni oʻtagach (1966—1969), qishlogʻida „Nurobod“ jamoa xoʻjaligida dala xisobchisi boʻlgan (1970—1971), tumandagi „Paxta uchun“gazetasida adabiy xodim, boʻlim mudiri (1971—1976), Toshkentdagi yogʻ-moy kombinatida bogʻbon (1977—1978);
Anvar Obidjon (Obidjonov qoʻmitasida muharrir (1979—1981) boʻlgan. 1981—1986-yillarda „Kamolot“ nashriyotida muxarrir, bosh muxarrir oʻrinbosari, 1986—1987-yillarda „Yulduzcha“ nashriyotida bosh muharrir, 1988-yilllarda „Yosh kuch“ jurnalida adabiy xodim, 1988—1989-yilllarda „Mushtum“ jurnalida boʻlim mudiri, 1989—1998-yillarda „Choʻlpon“ nashriyotida bosh muharrir, direktor boʻlib ishladi. !((* yildan buyon Oʻzbekiston Teleradiokompaniyasi Yoshlar telekanalida katta muharrir boʻlib faoliyat koʻrsatayapti.
Anvar Obidjon „Ona–er“(1975), „Olovjon va uning doʻstlari“ (1983), „Bezgakshamol“ (1985), „Akang qarag’ay Gulmat“ (1987), „Oltin yurakli Avtobola“ (1986), „Alamazon va Gulmat xangomasi“ (1992), „Meshpolvonning janglari“ (1994), „Oltiariq xangomalari“ (1999), „Odobli boʻlish osonmi?“ (2001), „Meshpolvon“ (2003) singari 25 ta toʻplamini chop ettirdi. U aksariyat asarlarini bolalarga bagʻishlaydi.
Anvar Obidjon 1997-yil „Shuhrat“ medali bilan taqdirlangan, 1998-yilda „Oʻzbekiston xalq shoiri“ unvoniga sazovor boʻlgan.
Anvar Obidjon 2020-yil 11-aprel kuni Toshkent shahrida 74 yoshida vafot etdi.[1]
Asarlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Alamazon va Gulmat. T.: „Choʻlpon“, 1998-yil

  • Juda qiziq voqea. T.: „Choʻlpon“, 1997-yil

  • Ketmagil. T.: Adabiyot va sanʼat nashriyoti,1985-yil

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Said Ahmad. Fargʻonada bittagina „Xalq soʻzi“. 2000-yil 19-aprel

  • Rahmon Qoʻchqor. Ajabtovur idrok usuli. „Fidokor“, 2000-yil 20-iyul.

Lola Zvonareva. Vsegda v jizni. „Detskaya literatura“ Moskva, 1988-yilАнвар Обиджон
ШЕЪРЛАР

* * *Анвар Обиджон
ШЕЪРЛАР


* * *
Битта шоир камайса нима,
Чарх яратар бошқа нусхасин.
Чўкиб кетса тўфонда кема,
Пишиқроғин ясар устаси.
Тўфонлардан сесканма, қалбим,
Қайиқлардек сузма қирғоқлаб.
Кемаман деб уммонга талпин,
Юз балога ўзингни чоғлаб.
Қайиқларда — илинж ва хоҳиш,
Кемаларда — орзу ва мақсад.
Бугун сенда бир олам ташвиш,
Гал келганда ўзингни кўрсат.
Ё тилиб ўт довулнинг кўксин,
Ё кемадек ғарқ бўл иззатда.
Унутмагил — қайиқлар чўкса,
Олинмайди ҳатто рўйхатга. . .
Тўфонлардан сесканма, қалбим!
* * *
Bitta shoir kamaysa nima,
Charx yaratar boshqa nusxasin.
Cho‘kib ketsa to‘fonda kema,
Pishiqrog‘in yasar ustasi.
To‘fonlardan seskanma, qalbim,
Qayiqlardek suzma qirg‘oqlab.
Kemaman deb ummonga talpin,
Yuz baloga o‘zingni chog‘lab.
Qayiqlarda — ilinj va хohish,
Kemalarda — orzu va maqsad.
Bugun senda bir olam tashvish,
Gal kelganda o‘zingni ko‘rsat.
Yo tilib o‘t dovulning ko‘ksin,
Yo kemadek g‘arq bo‘l izzatda.
Unutmagil — qayiqlar cho‘ksa,
Olinmaydi hatto ro‘yxatga. . .
To‘fonlardan seskanma, qalbim!
1980
* * *
Урилажак дўқлардан,
Узилажак ўқлардан
Омон асра мени, чарх!
Туғилажак нафратдан,
Тўқилажак туҳматдан
Омон асра мени, чарх!
Айтилажак қарғишдан,
Алдаяжак олқишдан
Омон асра мени, чарх!
Таъмаюқи тузлардан,
Номеҳрибон кўзлардан
Омон асра мени, чарх!
* * *
Urilajak do‘qlardan,
Uzilajak o‘qlardan
Omon asra meni, charx!
Tug‘ilajak nafratdan,
To‘qilajak tuhmatdan
Omon asra meni, charx!
Aytilajak qarg‘ishdan,
Aldayajak olqishdan
Omon asra meni, charx!
Ta’mayuqi tuzlardan,
Nomehribon ko‘zlardan
Omon asra meni, charx!
1974

Yüklə 75,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin