Dunyoning yirik megalopolislari
Megalopolis
(mamlakat)
|
yirik aglomeratsiya
|
aglomeratsiyalar soni
|
aholi soni
|
uzunligi
|
Shimoliy-sharqiy, Atlantik
|
Nyu-York
|
40
|
45 mln kishi
|
800 km
|
Ichki, Ko‘l bo‘yi (AQSh, Kanada)
|
Chikago
|
35
|
35 mln kishi
|
900 km
|
Janubiy-G‘arbiy, Tinchokean (AQSh, Meksika)
|
Los-Anjeles
|
15
|
20 mln kishi
|
800 km
|
Tokaydo (Yaponiya)
|
Tokio
|
20
|
55 mln kishi
|
700 km
|
Angliya (Buyuk Britaniya)
|
London
|
30
|
30 mln kishi
|
400 km
|
Reyn(Germaniya, Niderlandiya, Belgiya, Fransiya)
|
Reyn-Rur
|
30
|
30 mln kishi
|
500 km
|
Manba: Persik.E. N. Goroda mira.-M.: Mejdunarodnie otnosheniya; 1999.
Shahar aglomeratsiyalarining o‘zaro qo‘shilib ketishidan hosil bo‘lgan shahar aholi punktlapi urbanizasiyalashgan zonalar yoki megalopolislar (ushbu tushunchani ilk bora frantsuz urbanisti Jan Gotman 1950-yillarda AQShning shimoli-sharqiga nisbatan ishlatgan), deb yuritiladi. Hozirda dunyo bo‘yicha, Shimoli-sharqiy Atlantika (AQSh) 40 ta aglomeratsiyani, Ichki, Ko‘l atrofi (AQSh, Kanada) 35 ta, Janubiy-G‘arbiy, Tinchokean (AQSh, Meksika) 15 ta, Tokaydo (Yaponiya) 20 ta, Angliya (Buyuk-Britaniya) 30 ta, Reyn (Germaniya, Niderlandiya, Belgiya, Fransiya) 30 ta aglomeratsiyalarni o‘ziga qamrab olgan yirik megalopolislardir. Kuchsiz urbanizasiyalashgan hududlarda ham megalopolislar tashkil topmoqda. Masalan, Braziliyada San-Paulu-Rio-de-Janeyro-Belu-Orizonti megalopolisi. Rossiyada Moskva va Nijniy Novgorod o‘rtasidagi megalopolislar shular jumlasidandir.
G‘arbiy Yevropadagi megalopolislar o‘lchamiga ko‘ra kichik bo‘lib, bulardan London, Birmingem, Liverpul va Manchester aglomeratsiyalaridan hosil bo‘lgan Angliya megalopolisida 35 mln kishi joylashgan.
Dunyo olimlarining prognoziga ko‘ra alohida alohida megalopolislar o‘zaro birlashib yagona Oykumenopolislarni tashkil etadi. Oykumenopolis nazariyasini grek urbanisti K.Doksiadis tomonidan ilgari surilgan. Oykumenopolislarda yer sharining eng ko‘p aholisi yashaydi.
Dostları ilə paylaş: |