249bbaf14d244688fa8eb7ce104c896e AHOLI GEOGRAFIYASI VA DEMOGRAFIYA ASOSLARI
I. BOB. Aholi geografiyasi va demografiya asoslari o‘quv kursiga kirish. 1.1. Aholi geografiyasi va uning predmeti, vazifalari
Geografik ta’lim tizimida aholi haqidagi bilimlar muhim o‘rinni egallaydi. Yer kurrasi, uning alohida hududlarini, davlatlarni, geografik tahlil etish uch qismdan iborat bo‘lib, ular o‘rganilayotgan hududning tabiati, aholisi va xo‘jaligini tashkil etadi.
Aholi deganda ma’lum hududda yashovchi kishilar guruhi tushuniladi. Mazkur guruxlar zaminida jamiyat shakllanadi. Yer kurrasada insoniyat paydo bo‘lganidan to hozirga qadar bir qancha davrlar o‘tdi. Ana shu davrlarda inson, jamiyat o‘z mavjudligini saqlash va rivojlanish uchun muntazam harakat qilib keldi. Ushbu jarayonda aholi tabiiy resurslardan foydalanib, moddiy ehtiyoji uchun zarur vositalarni yaratdi, xo‘jalik tizimini barpo etdi, rivojlantirdi. Ana shunga monand yer kurrasida aholi va aholi maskanlarining soni ham ko‘payib bordi. Demak jamiyatni rivojlanishida uch asosiy omil – aholi, tabiiy resurslar va xo‘jalik o‘zaro bog‘liq holda alohida ahamiyat kasb etadi va geografiya fanining asosiy ob’ekti hisoblanadi. Geografiya fani esa o‘z o‘rganish predmeti, maqsadi va mohiyatiga qarab bir nechta qismlarga bo‘linadi. Ularga shartli ravishda tabiiy (tabiiy geografiya, umumiy yer bilimi, landshaftshunoslik, paleogeografiya, geomorfologiya, iqlimshunoslik, gidrologiya, biogeografiya, tuproqshunoslik), sosial (umumiy sosial-iqtisodiy geografiya, aholi geografiyasi, rasseleniya va mehnat resurslari, siyosiy geografiya, sanoat, qishloq xo‘jaligi, transport, xizmat ko‘rsatish, madaniyat va boshqalar geografiyasi), tabiiy-sosial (ijtimoiy-ekologiya, geoekologiya, tarixiy, tibbiy, rekrasion geografiya, okeanlar geografiyasi, resursshunoslik va tabiatdan foydalanish) va geografiyaga bilvosita dahldor fanlar (kartografiya, geografiya tarixi, toponimika, metageografiya)1 qismlarini kiritish mumkin.
Aholi geografiyasi geografiya fanlari tasnifidagi sosial qismga kiruvchi o‘z ob’ekti va predmetiga ega bo‘lgan alohida fandir. Aholi geografiyasining o‘rganish ob’ekti aholi va aholi soni, dinamikasi, tarkibi va takror barpo bo‘lishidagi geografik farqlar; aholining hududiy taqsimlanishi va joylashuvi; madaniyati, turmush tarzidagi hududiy jixatlari; aholi migratsiyasining tarkibi va yo‘nalishlari; mehnat resurslari va ulardan foydalanishning geografik farqlari; aholi punktlapi va ularning hududiy tizimini o‘rganish tashkil etadi. 2 Demak aholi geografiyasi tadqiqotlari uning o‘rganish ob’ektiga monand, ikki qismga bo‘linadi. Ularning birinchisi dunyo va uning kontinentlari davlatlar va ularning ma’muriy hududiy birliklari bo‘yicha aholini o‘rganish; ikkinchisi esa aholi punktlapi va ularning joylashuvi tizimining hududiy farqlarini tahlil etish. Aholi geografiyasi aholi va aholi punktlapini o‘rganar ekan quyidagi yo‘nalishlar asosida tadqiqotlar olib boradi:
Aholi soni dinamikasi, ijtimoiy, iqtisodiy, oilaviy va hududuiy tarkibi, takror barpo bo‘lishidagi farqlar va ularning sabablarini o‘rganish.
Aholi hududiy tarkibidagi mexnat resurslari va bu resurslardan foydalanishdagi geografik farqlarni o‘rganish. Aholi bu yo‘nalishda ishlab chiqaruvchi kuch sifatida qaraladi va geografiyaning xo‘jalik bilan va boshqa iqtisodiy fanlar bilan o‘zaro aloqagasiga tayanadi
Aholining hududiy taqsimlanishi va migrisiyaisini o‘rganish. Aholi zichligi va undagi farqlarni tahlil qilish, migratsiyasini ayniqsa, aholining qo‘chib kelib joylashishini, mamlakatlar mikyosida aholi joylanishidagi o‘zgarishlar, migratsiya tufayli alohida hududlardagi aholi tarkibi va sonidagi o‘zgarishlarni o‘rganish shular sirasiga kiradi.
Aholi punktlapi va ularning hududiy tizimini o‘rganish. Bu yo‘nalish shahar va qishloq aholi punktlapi, ularning rivojlanish va joylanish xususiyatlarini o‘rganishga bag‘ishlanadi. Aholi punktlapi joylanishini geografik o‘rganishda aholi geografiyasi va xo‘jalik geografiyasi o‘rtasidagi aloqa juda mustahkam bo‘lishi kerak.
Aholining madaniyati va turmush sharoitidagi geografik farqlar va bu farqlar sabablarini o‘rganish. Mazkur bo‘limda aholi geografiyasi birinchidan sosiologiya va etnografiya, ikkinchidan aholiga xizmat ko‘rsatish geografiyasi, ayniksa tibbiyot bilan yaqin hamkorlik qiladi. Xalqlar geografiyasini balkim, ularning madaniyat va turmush sharoitining milliy xususiyatlari bilan birgalikda berilsa, maqsadga muvofiqdir.
Aholi geografiyasining tarixini o‘rganish. Ushbu bo‘limda tarixiy geografiyaning qismi hisoblangan o‘tgan tarixiy davrlarni olib o‘rganadi.