Аҳоли сони ва такрор барпо бўлиши



Yüklə 0,81 Mb.
səhifə17/52
tarix02.11.2022
ölçüsü0,81 Mb.
#67142
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   52
249bbaf14d244688fa8eb7ce104c896e AHOLI GEOGRAFIYASI VA DEMOGRAFIYA ASOSLARI

Δt-0 = P1 – P0 2



Δt-0 - absolyut o‘sish.
P0 – o‘rganilayotgan davr boshidagi aholi.
P1 – o‘rganilayotgan davr oxiridagi aholi.
Masalan, O‘zbekiston aholisini 1991 – 2009 – yillardagi absolyut o‘sishini yuqorida qayd etilgan formula yordamida aniqlaymiz.

R1991 – 20.7 million R2008 – 27.6 million


Δ1991-2009=27.6-20.7=6.9 million
Demak, 1991 – 2009 yillarda O‘zbekiston aholisining o‘sishi 6,9 million kishiga teng bo‘lgan. Yoki, qayd etilgan davrda Respublika aholisi 6.9 million kishiga ko‘paygan.
Ma’lumki, davlat yoki hudud aholisi tug‘ilganlar va immigrantlarning kelishi xisobiga ko‘payadi, o‘lim va emigrantlarning ketishi xisobga esa kamayadi.
Demak, aholi absolyut sonining ko‘rsatkichi 4 tarkibiy qismdan iborat:
1) tug‘ilganlar soni;
2) o‘lganlar soni;
3) immigrantlar soni;
4) emigrantlar soni.
Aholi sonidagi o‘zgarishlarni o‘rganishda “balans” tushunchasidan ham foydalaniladi.
Tug‘ilganlar va o‘lganlar balansi – aholining tabiiy o‘sishidir (ma’lum davrdagi tug‘ilganlar va o‘lganlar soni farqi)
Immigrantlar va emigrantlar balansi – aholining mexanik o‘sishidir.
Agar tashqi migratsiya bo‘lmasa – yopiq aholi, tashqi migratsiyaning mavjudligida esa, aksincha ochiq aholi deyiladi.
Aholining tabiiy o‘sishi va migratsiya qoldig‘i ma’lum davrdagi aholi soni o‘zgarishi komponentlaridir.
Aholi absolyut soni xaqidagi eng aniq ma’lumotlar aholi ro‘yxati o‘tkazish orqali olinadi.
Aholi ro‘yxati esa ma’lum davrlarda (5, 10, 15 va x.k. yillar) o‘tkaziladi. Aholi ro‘yxati oralig‘idagi aholi sonini aniqlashda esa demografik balans usulidan foydalaniladi. Mazkur usul demografik balans tenglamasida o‘z ifodasini topgan:



P1 = P0 + (B – D) + (M1 – M0)1



P0 – aholi soni (o‘rganilayotgan davr boshi).
B – o‘rganilayotgan davrdagi tug‘ilganlar soni.
D – o‘rganilayotgan davrdagi o‘lganlar soni.
M1 – kelganlar (immigrantlar) soni.
M0 – ketganlar (emigrantlar) soni.
O‘zbekiston aholisining 2001 – yil 1- yanvardagi absolyut sonini yuqorida keltirilgan tenglama yordamida aniqlaymiz. 2000 – yil 1 – yanvarda (R0) Respublikada mavjud aholi soni 24582.8 kishini tashkil etgan. 2000 – yil 1 – yanvardan 31 – dekabrgacha bo‘lgan davrda 527580 ta chaqaloq (V) tug‘ilgan, 135598 nafar kishi hayotdan ko‘z yumgan (D). Ana shu davrda Respublikaga kelganlar (M1) soni 145880 kishini, Respublikadan ketganlar (M0) soni esa 212472 kishini tashkil etgan.
Demak,
R2001=24582,8+(547580-135598)+(145880-212472)=24908,2;
R2001=24908,22
Aholii dinamikasidagi o‘zgarishlarni absolyut ko‘rsatkichlarda aniqlashning o‘ziga xos kamchiliklari mavjud. O‘rganilayotgan davr qancha uzoq bo‘lsa aholi sonidagi o‘zgarishlarning aniqlik darajasi kamayadi. Shuningdek, o‘rtadagi davrlarning xususiyatlari to‘la ochilmay qoladi. Bu borada aholi sonidagi o‘zgarishlarni nisbiy ko‘rsatkichlar orqali aniqlash maqsadga muvofiqdir. Bunda o‘rganilayotgan davr bir nechta davrchalarga bo‘lib, ulardagi aholi o‘sishi nisbiy aniqlanadi.
Shuningdek, aholi soni dinamikasini ilmiy tadbiq etishda aholining davriy va o‘rtacha yillik o‘sish koeffisientlari ham xizmat qiladi.
5. Aholining davriy o‘sishi koeffisientlari. Aholining ma’lum bir davrda o‘sishini aniqlashda eng oddiy usuldir. Bu usul yordamida o‘rganilayotgan davrning boshidagi aholi soniga nisbatan, o‘rganilayotgan davrning oxiridagi aholi sonining necha foiz oshganini aniqlanadi



Ko‘sish = (P1/P0)*100%

Masalan, O‘zbekiston aholisi 01.01.1991 yilda 20 million 703 ming kishini tashkil etgan. 01.01.2000 yilda esa – 24583 ming kishiga yetdi. Ushbu holda 1991-2000 yillardagi aholining o‘sish koeffisienti 118,74 % ga tengdir.


( Ko‘sish1991-2000=24583 / 20703 * 100% = 118,74 % )

Ikkinchi usuli o‘rnatilayotgan davrdagi aholi sonining absolyut o‘sishi sonini o‘rganilayotgan davr boshidagi aholi soniga nisbati bilan aniqlanadi.





Ko‘sish = (P1 – P0) / P0 * 100% = (24583 – 20703) / 20703 = 18,7%

Aholi soni dinamikasidagi o‘zgarishlarni o‘rtacha yilliy o‘sish sur’ati yordamida aniq ifodalash mumkin. Buning uchun o‘rganilayotgan davrdagi aholining davriy o‘sishi ko‘rsatkichi aniqlanib, ushbu ko‘rsatkiy yordamida maxsus xisoblangan o‘sish va kamayish jadvali 2 asosida o‘rtacha yillik o‘sish sur’ati aniqlanadi. Yuqoridagi misolda O‘zbekiston aholisining 1997 – 2000 yillardagi davriy o‘sishi – 118,7 foizni tashkil etgan. Demak, to‘qqiz yil (2000 y – 1991 y)da davriy o‘sish 118,7 foizga teng.
Yuqorida qayd etilgan jadval yordamida 9 yilda davriy o‘sish 118,7% ga teng bo‘lgan holatni aniqlab, o‘rtacha yillik o‘sish topiladi. Mazkur holatda o‘rtacha yillik o‘sish – 1,93% ga teng.2 Demak, 1991 – 2000 yillarda O‘zbekiston aholisi har yili o‘rtacha 1,93 foizdan ko‘payib kelgan. Shunday qilib sayyoramiz va uning barcha hududlarida aholi soni dinamikasini yuqorida qayd etilgan ko‘rsatkichlar yordamida o‘rganiladi.
Dunyo aholisi soni dinamikasi va hududiy tarqalishi xususiyatlarini o‘rganish aholi geografiyasining muxim vazifalaridandir. BMT ma’lumotlariga ko‘ra 2005 yilda dunyo aholisining soni 6,8 milliarddan oshib ketdi. Mutaxassislar proghoz etishlaricha dunyo aholisining soni 2025 yilda 8 milliardga, 2050 yillarda esa 9,4 milliardga yetar ekan. 3
Yer kurrasida insonning paydo bo‘lishi va ko‘payib borishi haqida ilmiy manbalarda qator ma’lumotlar mavjud bo‘lib, ularda aholining ko‘payib borish tabiiy-biologik, ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy omillar bilan bog‘liq bo‘lganligi qayd etilgan.
Dastlabki inson ajdodlarining paydo bo‘lishi haqida turlicha nazariyalar yaratilgan. Biologlar A. I. Oparin nazariyasiga asoslangan holda hayotning paydo bo‘lishini suvga, okeanlarga bog‘laydilar.
Geologlar esa akademik V. I. Vernadskiy qarashlariga asoslanib yer yuzida hayot xamisha bo‘lgan, yoki ular yer elementlari bilan birga sodir bo‘lganligini e’tirof etadilar. Shuningdek yer kurrasida hayot va insonning paydo bo‘lishini iloxiy va kosmik kuchlarga bog‘lovchi qarashlar ham keyingi davr manbalarida uchramoqda.
Ko‘pchilik antropolog olimlar fikricha sayyoramizda bundan 5-7 million yil avval insonning dastlabki ajdodlari (avstralopetiklar) Afrika va Osiyoning tropik va ekvatorial zonalarida yashaganlar. Keyinchalik 2-3 million yil ilgari avstralopetiklardan eng qadimgi insonlar – arxatroplar shakllangan va ular Sharqiy Afrikada istiqomat etganlar. Bundan 600-700 ming yil muqaddam insonning eng qadimgi ajdodi bo‘lgan arxantroplar paleontroplarga, pitekantroplarga va neandertallarga aylanganlar va Janubi-Sharqiy hamda Janubi-G‘arbiy Osiyoga tarqalganlar. Nihoyat, bundan taxminan 40-50 ming yil ilgari insonning ongli (Homo Sapines) ajdodi shakllangan. Ongli insonning paydo bo‘lishi mezolit davriga to‘g‘ri keladi.
Aholi soni haqidagi ma’lumotlarga ko‘ra, eramizdan oldingi davrda yer sharida bor yo‘g‘i bir necha yuz ming kishi, bir muncha aniqroq ma’lumotlar bo‘yicha esa, eramizdan 7 ming yil oldin yer sharida 10 millionga yaqin aholi yashagan ekan va ular har 1000 yilda taxminan 10-20 %dan ko‘payib borgan xolos. Aholini bunday sekin ko‘payishi aholi o‘rtasida o‘lim hollarining yuqoriligi bilan izohlanadi. Ushbu davrda aholi o‘rtasida o‘limning umumiy koeffisienti 50 ‰ va undan yuqori bo‘lgan, boshqacha qilib aytganda har 1000 aholidan 50 tasi hayotdan ko‘z yumgan. Ayniqsa bolalar o‘limi yuqori bo‘lgan. Aholi ochlikdan, kasalliklardan va qabilalararo bo‘lib turgan to‘qnashuvlardan ko‘proq halok bo‘lgan. Aholining o‘rtacha umr ko‘rishi 20 yildan oshmagan.
Shuni alohida qayd etish lozimki, jamiyat tarixida har bir davrda aholining ko‘payishi va rivojlanishi, o‘sha davrning ishlab chiqarish usuli va munosabatlariga, turmush darajasiga, yashash sharoitlariga bevosita bog‘liq bo‘lgan. Jamiyat rivojlanishining birinchi bosqichida yer yuzi bo‘yicha aholining ko‘payishi juda sekin borgan. Aholi sonining ko‘payib borishida va joylashuvida qabilalar joylashgan maskanlarning tabiiy sharoitlari, suv resurslari va iqlimi asosiy omil hisoblangan. Turli tabiiy ofatlardan ba’zi qabilalar qirilib ketgan. Ayniqsa sovuq iqlimli, qishi uzoq davom etuvchi hududlarda aholi sovuqdan, ocharchilikdan ko‘plab halok bo‘lgan. Ana shu bois Yevrosiyoning shimoliy qismida aholi juda siyrak joylashgan. Amerika va Avstraliyada ham paleolit davrining oxirlarida juda kam aholi istiqomat etgan. Tabiiy sharoiti inson yashashi uchun qulay, suv resurslari mavjud hududlarda, ya’ni, O‘rta dengiz atroflarida Shimoliy Afrika, Yevrosiyo materigining janublarida esa aholi zichroq joylashgan. Qadimda yer yuzida aholi soni juda sekin ko‘paygan. Taxminan bundan 15 ming yil ilgari davrda tug‘ilish yuqori – fiziologik darajada bo‘lgan. Lekin inson yashash sharoitining og‘irligi, turli kasalliklarning tarqalishi, qabilalararo urushlar tufayli aholining o‘limi xollari ko‘p bo‘lgan. Shuningdek ularning umr ko‘rish davrlari ham nisbatan qisqa bo‘lib, 20 – 25 yoshni tashkil etgan xolos. Bir so‘z bilan aytganda yuqori tug‘ilish, aholining yuqori tabiiy ko‘payishini ta’minlay olmagan. Insoniyat tarixida sug‘orma dehqonchilikning rivojlanishi oziq-ovqatning ko‘payishiga, aholi moddiy turmush sharoitining bir muncha yaxshilanishiga olib keldi. Xususiy mulkning paydo bo‘lishi, sinfiy jamiyatga asos soldi. Ibtidoiy jamiyat bag‘rida feodal ishlab chiqarish munosabatlari shakllana boshladi. Dunyoda sivilizasiya markazlari paydo bo‘ldi, aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish tashkil topa boshladi. Sodir bo‘lgan ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlar aholi o‘rtasida o‘lim hollarining kamayishiga, o‘rtacha umr ko‘rish muddatining bir muncha uzayishiga sabab bo‘ldi. Natijada dunyo aholisining soni ko‘paya boshladi. Qadimgi Misrda fir’avnlar davrida 7 million, Vavilonda esa 4-5 million aholi yashaganligi ma’lum. Eramizning boshida dunyo aholisi 200-250 millionni tashkil etgan va ularning 50 millioni Rim imperiyasida istiqomat etgan. Aholining yana 40-50 millioni esa Xitoy va Hindiston hududlarida yashagan. Shimoli-G‘arbiy Yevropada esa aholi juda kam – 1 million atrofida bo‘lganligi qayd etiladi.1
O‘rta asrlarda ham dunyo aholisining soni ko‘payib bordi. Lekin aholining ko‘payish sur’ati nisbatan sekin bo‘lgan. Birinchi ming yillikning oxirida dunyo aholisining soni 250-300 millionni tashkil etgan bo‘lsa, ikkinchi ming yillikning o‘rtalarida bu ko‘rsatkich 400-500 millionga yetgan. Jumladan, Osiyoda – 250 million, Yevropada 65-80 million, Amerikada 30-50 million, sobiq SSSR hududida esa 15-20 million aholi istiqomat etgan. Ushbu davrda ba’zi davlatlarda bosqinchilik, urushlar, xo‘jaliklar izdan chiqishi natijasida aholi sonining kamayib ketganligi ham kuzatiladi.
Aholi sonining ko‘payib borishida jamiyatda ishlab chiqarishning mukammalashib borishi, sodir bo‘lgan mehnat taqsimotlari – ya’ni chorvachilik va dehqonchilikning rivojlanishi alohida omil hisoblanadi. Eramizdan 7-8 ming yil oldin Yaqin Sharq hududlarida juda ko‘p qabilalar ovchilikdan chorvachilikka, dehqonchilik qilishga o‘ta boshladilar. Xo‘jalik yuritishdagi yangi sharoit qabilalardagi aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlashni yaxshiladi, oziq-ovqat zaxiralari yaratildi. Natijada aholining o‘lim hollari nisbatan kamaydi, lekin turli epidemiyalar, xo‘jaliklar orasida mavjud urushlar tufayli o‘lim hamon yuqori edi.
Xo‘jalik yuritishning yangi formasi sababli, qabilalarning bir joydan ikkinchi joyga muntazam ko‘chib yurishi bir muncha barham topdi. Qabilalar dehqonchilik, chorvachilik bilan shug‘ullanishi natijasida o‘troq hayotga o‘ta boshladilar. Bu hol esa ayollar ahvolining bir oz yaxshilanib, tug‘ilishning ko‘tarilishiga sabab bo‘ldi. Tug‘ilishning ko‘tarilishi esa dunyo aholisi sonining ko‘payib borishiga olib keldi. Ushbu davrda erta nikohlar va ko‘pbolalilik deyarli barcha aholiga xos bo‘lgan. Lekin sinfiy jamiyatning paydo bo‘lishi bilan tug‘ilishga salbiy ta’sir etuvchi ba’zi omillar ham shakllana boshladi. Masalan, quldorlik davrida qullar, askarlar aholining takror barpo bo‘lishi jarayonida ishtirok etmasdilar. Shuningdek ba’zi diniy qarashlar, masalan buddizm, inson ruhini gunohlardan qutqarish maqsadida, nikohsizlik va farzandsizlik holatlarini qo‘llab quvvatlardi.
Ishlab chiqarish kuchlarining yanada takomillashuvi aholi o‘rtasida sinflar va davlat paydo bo‘lishiga olib keldi. Jamiyat asta-sekin ibtidoiy tuzumdan quldorlik davriga (sinfiy jamiyatga) o‘tdi. Jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayoti rivojlana boshladi. Jamiyat taraqqiyotidagi bu o‘zgarishlar aholining ibtidoiy tuzum davriga nisbatan ancha tez edi. Buning asosiy sababi – tug‘ilishning yuqoriligidir. Tug‘ilishning yuqoriligi esa, o‘z navbatida, ayollarning erta nikohga kirishi, tug‘ilishning cheklanmaganligi, hamda ko‘pbolalikni xalq, davlat va din tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi bilan bog‘liq edi. Lekin quldorlik tuzumi davrida aholi o‘rtasida o‘lim hollari ancha yuqori bo‘lgan. Sababi, ko‘pgina qishloq va shaharlarda aholining juda zich joylashuvi va gigiena-sanitariya sharoitlarning yo‘qligi tufayli, yuqumli kasalliklarning keng tarqalganligidir.
Aholi o‘rtasida madaniyatning rivojlanishi, qadimiy sivilizasiya markazlarining paydo bo‘lishiga olib keldi. Ushbu madaniyat markazlari yer kurrasining sug‘oriladigan hududlarida (Misr, Mesopotamiya, Hindiston, Xitoy va boshqa hududlar) shakllandilar.
Qadimgi Misrda fir’avnlar davrida 7 million aholi yashagan deb taxmin etiladi. Dunyo hududlarida umumiy aholi soni eramizdan avvalgi 5 ming yillikda 30 million atrofida bo‘lgan. Ana shu davrda yer yuzida aholi joylashuvining hozirgi areallari paydo bo‘lgan.
Insonning yashash uchun kurashi borib-borib, jamiyat taraqqiyotida ijobiy (progressiv) o‘zgarishlarga olib keldi. Ishlab chiqarish kuchlari rivojlana borib, kishilar dastlab chorvachilik, keyinroq esa dehqonchilik bilan shug‘ullanishga o‘tdilar, ochlikka, kasalliklarga qarshi kurash boshladilar. Endi ular mehnat qilib, moddiy mahsulotlar yaratadilar. Hunarmandchilik, savdo rivojlandi va shaharlar paydo bo‘la boshladi. Inson hayotidagi bu ijobiy o‘zgarishlar ularning hayot sharoitini yaxshiladi.
Sinfiy jamiyatning shakllanishi, dunyo hududlaridagi ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy rivojlanishidagi farqlar, aholi takror barpo bo‘lish jarayoniga bevosita ta’sir ko‘rsatdi. Ba’zi hududlarda yoppasiga tarqalgan epidemiyalar va urushlar oqibatida aholi o‘rtasida o‘lim nihoyatda yuqori bo‘lgan, qishloqlar aholisiz qolgan. Ushbu davr uchun aholi takror barpo bo‘lishida ibtidoiy jamiyatdagidek, umumiy bir xususiyat – tug‘ilishning yuqoriligi saqlanib qolgan edi. Quldorlik tuzumidagidek, ko‘pbolalilik nafaqat urf-odatlar, balki davlat siyosati, din, ayniqsa islom va induizm tomonidan ham qo‘llab quvvatlanar edi.
Insoniyat taraqqiyoti tarixidagi dastlabki “Madaniy-texnik revolyusiya” ishlab chiqarish kuchlarining yanada rivojlanishiga sabab bo‘ldi. Oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish rivojlandi. Bu hol esa o‘z navbatida dunyo aholisi sonining ko‘payishiga olib keldi.
Eramizning boshlarida yer shari aholisining soni 200-250 mln. kishi atrofida edi. Yuqorida qayd etilganidaek, aholining asosiy qismi Rim imperiyasi, Xitoy va Hindistonda joylashgan.

Yüklə 0,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin