Аҳоли сони ва такрор барпо бўлиши


Iqtisodiyotning norasmiy sektorida ish bilan band bo‘lganlarni aniqlash



Yüklə 0,81 Mb.
səhifə40/52
tarix02.11.2022
ölçüsü0,81 Mb.
#67142
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   52
249bbaf14d244688fa8eb7ce104c896e AHOLI GEOGRAFIYASI VA DEMOGRAFIYA ASOSLARI

Iqtisodiyotning norasmiy sektorida ish bilan band bo‘lganlarni aniqlash. Iqtisodiyot norasmiy sektorida ish bilan band bo‘lganlar jumlasiga rasmiy statistikada hisobga olinmagan, doimiy, vaqtinchalik, bir martalik va mavsumiy ishlarni yollanib bajaradigan, shu jumladan, mazkur ishlarni amalga oshirish uchun respublikadan tashqariga chiqib ketadigan shaxslar, o‘z biznesini yuritadigan, sheriklar bilan yollanmasdan ishlayotgan shaxslar, ta’qiqlanmagan, lekin ro‘yxatga olinmagan faoliyatdan daromad topadigan (masalan, chorva mol boqish, savdo-sotiq ishlari bilan shug‘ullanish, xususiy tarzda odam tashish va boshqa faoliyat turlari bilan band bo‘lgan) shaxslar kiradi.
Iqtisodiyotning norasmiy sektorida ish bilan band bo‘lgan shaxslar soni O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tomonidan maxsus ishlab chiqilgan dastur bo‘yicha yilning har choragida ishchi kuchini tekshirib chiqish asosida aniqlanadi.
Iqtisodiyotning norasmiy sektorida ish bilan band bo‘lgan aholi sonini ishchi kuchini tanlab tekshirish ma’lumotlari asosida aniqlash uchun:
A) Iqtisodiyotning norasmiy sektorida tegishli faoliyat turlari bilan shug‘ullanayotgan shaxslar sonining so‘rab chiqilgan mehnat yoshidagilar sonidagi salmog‘i quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:
SSi = SMi : SM · 100,
bunda: SSi – iqtisodiyotning norasmiy sektorida faoliyatning konkret (i) turi bilan shug‘ullanuvchi so‘rab chiqilganlarning salmog‘i;
SMi – iqtisodiyotning norasmiy sektorida konkret (i) faoliyat turi bilan shug‘ullanuvchi so‘rab chiqilganlar miqdori;
SM – mehnat yoshidagi so‘rab chiqilganlar miqdori, jami.
B) Olingan salmoqlar bo‘yicha iqtisodiyotning norasmiy sektorida konkret faoliyat turi bilan band bo‘lgan aholi soni quyidagi formula asosida hisoblab chiqiladi:
NRBi = MYoT · SSi : 100,
bunda: NRBi – iqtisodiyotning norasmiy sektorida faoliyatning konkret (i) turi bilan band bo‘lganlar soni;
MYoT – mehnat yoshidagi aholi soni;
MYoT bo‘yicha axborot manbai – aholining jins va yosh tarkibi to‘g‘risidagi statistika ma’lumotlari.
V) Iqtisodiyotning norasmiy sektorida ish bilan band bo‘lganlar umumiy sonini aniqlash uchun faoliyatning har bir konkret turi bo‘yicha NRB haqidagi ma’lumotlar qo‘shiladi:
NRB = NRBi,
bunda: NRB norasmiy sektorda ish bilan band bo‘lganlar soni.
Mehnat resurslari balansida ish bilan band aholi soni amaldagi milliy tasniflagichlarga muvofiq iqtisodiyot tarmoqlari (iqtisodiy faoliyat turlari) bo‘yicha taqsimlanadi va bunda quyidagilar ajratib ko‘rsatiladi:
• Sanoat.
• Qishloq xo‘jaligi.
• Qurilish.
• Transport va aloqa.
• Savdo va umumiy ovqatlanish.
• Moddiy-texnikaviy ta’minot, sotish va tayyorlash.
• Moddiy ishlab chiqarishning boshqa tarmoqlari.
• Uy-joy-kommunal xo‘jaligi va maishiy xizmat ko‘rsatish.
• Ta’lim, fan, madaniyat, san’at.
• Noishlab chiqarish sohasining boshqa tarmoqlari.
Bunday qilish aholining iqtisodiy faollik darajalarini, mehnat resurslarining faoliyat turlari bo‘yicha taqsimlanishini tahlil qilish va baholash imkonini beradi. Bu esa ish bilan bandlikni davlat tomonidan tartibga solish choralarini ko‘rish uchun zarurdir.

Yüklə 0,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin