Demograf olimlar B.S.Urlanis, V.A.Borisovlar tomonidan tug‘ilish darajasini tug‘ilish umumiy koeffisienti yordamida baholash mezoni aniqlangan. Umumiy mezon bo‘yicha o‘rganilayotgan hudud yoki aholi guruhida tug‘ilishning umumiy koeffisienti 16-promilledan kam bo‘lsa, tug‘ilish darajasi past: 16-24 promille bo‘lsa-o‘rta, 25-29 promille bo‘lsa o‘rtadan yuqori, 30-39 promille bo‘lsa yuqori va 40 promilledan baland bo‘lsa tug‘ilish darajasi juda yuqori hisoblanadi1.
Tug‘ilishning maxsus koeffisientlari tug‘ilish darajasidagi o‘zgarishlarni aniq ifodalaydi, tug‘ilishni atroflicha o‘rganishda qo‘llaniladi. Ushbu koeffisient alohida erkaklar va ayollar guruhiga nisbatan hisoblanishi mumkin. Demografik tadqiqotlarda asosan reproduktiv yoshdagi (15-49 yosh) ayollarga nisbatan qo‘llaniladi. Tug‘ilishning maxsus koeffisientida har 1000 ta 15-49 yoshdagi ayollarga nisbatan tug‘ilgan bolalar soni aniqlanadi va quyidagicha ifodalanadi:
*1000
F15-49-tug‘ilishning maxsus koeffisienti
N15-49-o‘rganilayotgavn davrda 15-49 yoshni ayollarda tug‘ilgan bolalar soni
T-o‘rganilayotgan davr (yil)
W-reproduktiv yoshdagi ayollarning o‘rtacha soni (15-49 yosh, tug‘ilish darajasi past davlatlarda 15-44 yoshdagi ayollar olinadi).
Dostları ilə paylaş: |