Tug‘ilishning maxsus koeffisenti erkaklarga nisbatan ham hisoblanadi. U holda har 1000 ta 15-49 (14-54 yoshlar uchun ham hisoblanadi) yoshdagi erkaklarga nisbatan tug‘ilgan bolalar soni aniqlanadi. Tug‘ilishning xususiy koeffisientlari-tug‘ilishning o‘rganishdagi eng aniq koeffisientlar bo‘lib, ma’lum yosh guruhlarda tug‘ilish darajasini ifodalaydi. Bu koeffisient odatda har 1000 ta 15-19, 20-24, 25-29, 30-34, 35-39, 40-44 va 45-49 yosh guruhidagi ayollarda tug‘ilayotgan bolalar sonini aniqlashda qo‘llaniladi va quyidagicha ifodalanadi:
Fx/V-tug‘ilishning maxsus yosh guruhi bo‘yicha koeffisienti.
Nx/x+V-ma’lum yosh guruhidagi onalardan tug‘ilgan bolalar soni.
T-o‘rganilayotgan davr (yil).
W-o‘rganilayotgan yosh guruhidagi ayollarning o‘rtacha soni.
Tug‘ilishning yig‘indisi (summarniy) koeffisienti, tug‘ilish darajasini eng aniq ifadolovchi ko‘rsatkich bo‘lib, unda dunyo hududlari. davlatlar va ma’lum aholi guruhlaridagi tug‘ilish darajasini ifodalashda qo‘llaniladi. Hududlar bo‘yicha tug‘ilish darajasini taqqoslaganda ham asosan tug‘ilishning yig‘indi koeffisienti ishlatiladi. Tug‘ilishning yig‘indi koeffisienti ma’lum avlodga tegishli har bir ayolning hayoti davomida (o‘lim va yosh tarkibidagi o‘zgarishlardan qat’i nazar, har bir yosh guruhidagi tug‘ilish darajasi saqlangan holda) tuqqan bolalarining o‘rtacha soni. Tug‘ilishning yig‘indi koeffisienti tug‘ilishning yosh guruhlari koeffisientlari yig‘indisiga teng.
U-yosh guruhlari orasidagi davr (interval)
Dostları ilə paylaş: |