Tug‘ilishning yig‘indi koeffisienti 4,0 dan yuqori bo‘lsa-tug‘ilish darajasi yuqori 2,15 dan kam bo‘lsa, tug‘ilish darajasi past 2,15-4,0 bo‘lsa o‘rtacha hisoblanadi
Tug‘ilishning yig‘indi koeffisienti 4,0 dan yuqori bo‘lsa-tug‘ilish darajasi yuqori 2,15 dan kam bo‘lsa, tug‘ilish darajasi past 2,15-4,0 bo‘lsa o‘rtacha hisoblanadi.
Jamiyat taraqqiyoti davomida tug‘ilish tarixiy davrlar va hududlar bo‘yicha muntazam o‘zgarib kelgan. 18 asrning ikkinchi yarmiga qadar dunyodagi deyarli barcha davlatlarda tug‘ilish yuqori bo‘lgan. 20 asrning ikkinchi yarmidan boshlab esa tug‘ilish yer kurrasi bo‘ylab kamaya boshladi.
Tug‘ilish darajasi jamiyat taraqqiyotining hamma bosqichlarida ham bir xil bo‘lavermagan. Kaptalistik formasiyagacha mavud bo‘lgan davrlarda tug‘ilish biologik xarakterga ega bo‘lgan, ya’ni cheklanmagan. Ko‘pbolalik jamiyat davlat tomonidan ham qo‘llab-quvvatlangan. Bu holni hozirgi jamiyat taraqqiyot bosqichida turib tasavvur qilish mushkulroq albatta. Masalaning tub mohiyatiga nazar tashlashga to‘g‘ri keladi, qaysiki o‘sha o‘tmish zamonlardagi ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot bilan bevosita bog‘liqdir. Quldorlik davrida ham, feodalizmda ham ko‘pbolalikdan har bir oila va shu bilan birga jamiyat ham manfaatdor edi. Nega shunday?