Аҳоли сони ва такрор барпо бўлиши


III.BOB. Demografik tahlil asoslari



Yüklə 0,81 Mb.
səhifə23/67
tarix02.01.2022
ölçüsü0,81 Mb.
#39284
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   67
Aholi geoo

III.BOB. Demografik tahlil asoslari


    1. . Demografik vaziyat va demografik tahlil

Demografik vaziyat ma’lum davrdagi ma’lum hududning demografik holati bo‘lib, u aholining soni, tarkibi va demografik jarayonlari asosida yuzaga keladi. Aholi soni-ma’lum hudud yoki aholi guruhidagi insonlarning miqdoriy ifodasidir. Aholi geografiyasi va demografik tadqiqotlarda aholi soni eng asosiy ko‘rsatkichdir. Yuqorida qayd etilganidek aholi soni dinamikasidagi o‘zgarishlarni tahlil etganda uning absolyut va nisbiy ko‘rsatkichlaridan foydalaniladi. Aholi sonining juda yuqori sur’at bilan ko‘payib, yoki kamayib ketishi demografik vaziyatni keskin o‘zgarishiga olib keladi. Demografik vaziyatning shakllanishida aholining sosial, yosh jinsiy va oilaviy tarkibi, muhim omil hisoblanadi. Jinsiy mutanosiblik, aholi tarkibida reproduktiv yoshdagi aholi, yoshlar salmog‘ining yuqoriligi nikoh va tug‘ilish jarayonlariga ijobiy ta’sir etib, aholi sonining muntazam ko‘payib borishini ta’minlaydi. Aksincha, aholi tarkibida qariyalar salmog‘ining yuqoriligi demografik vaziyatga o‘ziga hos ta’sir etadi. Bunday vaziatda aholi tabiiy o‘sishi kamayib, mehnat resurslari shakllanishi sustlashadi va h.k. Demografik vaziyatni yuzaga kelishida demografik jarayonlar alohida ahamiyatga egadir. Demografik jarayonlar-insonlarning hayotida ularning avlodlarini almashuvi bilan bog‘liq bo‘lgan voqealarning kechishidir. Asosiy – demografik jarayonlarga tug‘ilish, o‘lim, nikoh va ajralish (nikohning bekor etilishi yoki tugatilishi) kiradi. Demografik jarayonlar o‘z mohiyatiga ko‘ra ikki xil xusuiyatga egadirlar. Birinchisi, tug‘ilish va nikoh bo‘lib, bu jarayonlar avlodlar almashinuvida, inson naslini davom etishida, aholi soninig ko‘payib borishini ta’minlovchi-ijobiy xususiyatga ega bo‘lgan to‘ldiruvchi omillardir. O‘lim va ajralish esa aksincha, aholi sonini qisqarishiga olib keluvchi, avlodlar almashinuviga salbiy ta’sir etuvchi-kamaytiruvchi omillar hisoblanadi. Demografik jarayonlar ta’sirida aholida har kuni, har soatda turli demografik hodisalar sodir bo‘ladi: ko‘plab chaqaloqlar tug‘iladi, aholining ma’lum qismi hayotdan ko‘z yumadi, qator nikohlar qayd etilib, yangi oilalar tashkil topadi, ba’zi nikohlar esa buziladi, ajraladilar, aholini bir qismi ko‘chib ketsa, yana bir qismi esa ko‘chib keladi. Shunday qilib, demografik tarkib yildan-yilga o‘zgarib turadi. Bunday jarayonlar bir qaraganda, oddiy, bo‘lishi muqarrar jarayonlardek ko‘rinadi. Lekin mazkur jarayonlarning sodir bo‘lishi juda ko‘p sosial-iqtisodiy omillar bilan bog‘liqdir. Ana shu omillarni demografik jarayonlarga ta’siri, ta’sir mexanizmi vaqtlar davomida jamiyat taraqqiyotining turli bosqichlarida o‘zgarib turadi. Natijada demografik jarayonlar ham miqdor ham sifat jihatidan har bir davrda, ijtimoiy-iqtisodiy formasiyada turlicha kechadi. Shu bois demografik jarayonlarni o‘rganishda avvalo: 1) alohida demografik jarayonlar, umuman aholi takror barpo bo‘lishi xususiyatlarini o‘zgarishida qanday qonuniyatlar mavjud; 2) alohida davrlar formasiyalar demografik jarayonlarining shakllanishida, aholi takror barpo bo‘lishiining sifatiy xususiyatlarida qanday omillar asos bo‘lgan? kabi savollarga javob berish lozimdir. Mazkur savollarning javobi esa demografik tahlil yordamida aniqlanadi.


Yüklə 0,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   67




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin