Shaharlarning funktsional tipologiyasi
Shahar funksional tiplari
|
Funksional tipning turlari
|
shaharlar
|
Ma’muriy-markazlar
|
Poytaxt
|
Toshkent O‘zbekiston poytaxti
|
Viloyat markazi
|
Termiz Surxondaryo markazi
|
Tuman markazi
|
Usmat shaharchasi Baxmal tumani markazi
|
Sanoat markazlari
|
Qazib olish sanoati markazi
|
Rossiyada Surgut
|
Mashinasozlik markazi
|
Italiyada Turin
|
Metallurgiya markazi
|
Polshada Katovise
|
Transport markazlari
|
Dengiz portlari
|
Niderlandiyada Rotterdam
|
Temir yo‘l uzellari
|
Ukrainada Jmerinka
|
Noishlab chiqarish markazlari
|
Kurort markazlari
|
Turkiyada Antaliya
|
Ilm va fan markazlari
|
Buyuk Birtaniyada Kembrij
|
Moliyaviy markazlar
|
Shveysariyada Syurix
|
Shuningdek, ayrim shaharlar ma’muriy markaz vazifasini bajarishadi xolos, ya’ni Kanberra, Toshkent mamlakat ma’muriy markazlari bo‘lsa, Jizzax, Termiz shaharlari viloyat markazlari, Shaxrisabz, Usmat tuman markazlari vazifasini bajaruvchi shahar va shaharchalardir. Xo‘jalik nuqtai nazaridan ba’zi shaharlar sanoat, transport, dam olish va turizm, ilm-fan markazlari hisoblanadi. Shaharlarni vazifasiga ko‘ra bunday ajratish odatda ular aholisi bandligi xususiyatidan kelib chiqadi.
Shaharlar katta-kichikligiga qarab ham funktsional tiplarga ajratiladi. Shaharlarning katta-kichikligi ular aholisi soniga qarab belgilanadi. Odatda, shaharlar aholisi soniga ko‘ra quyidagicha klassifikasiyalanadi:
kichik shahar: 20 ming kishi
o‘rta shahar: 20 mingdan 100 ming kishigacha
katta shahar: 100 mingdan 500 ming kishigacha
yirik shahar: 500mingdan 1000 ming kishigacha
millioner shahar: 1000 ming va undan ortiq
o‘ta millioner shahar: 10 mln va undan ko‘p kishi.
Shaharlarning funktsional tuzilishi shahar hayotining barcha jabhasida yaqqol seziladi, shu boisdan shaharlarni turli yo‘nalishda tadqiq etishda buni albatta hisobga olish lozim. Shaharlarning funktsional tuzilishi aholi takror barpo bo‘lishi sur’atiga, aholi demografik tarkibiga, aholi bandligi, aholi migratsiyasi xarakteriga, aholi ijtimoiy tarkibiga o‘z ta’sirini o‘tkazadi. Aholining yirik shaharlarda to‘planishi yirik–katta shaharlarning vujudga kelishiga ham sabab bo‘lmoqda. Yirik shaharlar mayda va o‘rta shaharlar hisobiga tobora gigant shaharlarga aylanmoqda.
Ishlab chiqarish, madaniy-maishiy, kommunal–xo‘jalik aloqalari o‘zaro tutashgan holda vujudga kelayotgan shahar aholi punktlapining yangi turi fanda aglomeratsiya, deb nomlanadi.
Dostları ilə paylaş: |