Xajmli applikatsiya Bu applikatsiyani yaratishda oldin qog’ozga sxematik rasm tushiriladi, keyin katta xajmdagi elementlarni tayyorlab olinadi. Bu – qog’ozdan katta doiralar, garmoshka, prujinka, va boshqa elementlar bo’lishi mumkin. Katta xajmdagi detallar oldin rasmga terib olinadi , so’ng yopishtiriladi. Ulardan biri plastik applikatsiyadir. Yassi (tekkis) applikatsiyaga nisbatan plastik applikatsiya fantaziya va mexnat talab etadi. Rangli qog’ozni olib g’ijimlab plastik xolatga keltirish lozim. G’ijim qog’ozni sekin asta yozib predmet shaklini berish lozim. Kerakli shaklga kelganda asosga yopishtirish kerak bo’ladi. Yopishtirishda buyumni kerak bo’lsa yozish yoki buklash kerak bo’ladi. Bola bilan ishlashda oddiy buymlar yasashni talab qilish lozim.
Bolalar uchun barglardan applikatsiya Bu applikatsiya ishni yaratishda barglar to’plash lozim. Chiroyli o’simliklarning barglarini yig’ib olib, barglarni quritishda kitob orasida quritish mumkin, yanada tezroq qurutish uchun dazmol xam ishlatish mumkin.Ya’ni barglarni qog’oz yoki gazetadan foydalanib dazmol qilish lozim. Barglardan rasmni yaratish uchun oldindan yaxshi o’ylab olish lozim. So’ng qog’ozga tartib bilan joylashtirib olib, yopishtirish kerak.
Matodan tayyorlanadiga bezakli applikatsiya Bu applikatsiyani yaratishda matodan foydalaniladi. Mato paxtadan tayyorlangan bo’lishi kerak, unga ishlov berishda matoni kraxmalga bo’ktirish lozim. Matoni kraxmallashtirishda kartoshka kraxmali va suyuq kleysterdan foydalanish mumkin. Agarda mato sintetik bo’lsa uni jelatin suyuqligiga bo’ktirish lozim. Tayyor bo’lgan mato maxsulotini kerakli buym detallari qirqib olinib yopishtiriladi.
Kvilling Kvilling applikatsiya mexnat talab qiladigan va qiziqarli turi bo’lib, uni yaratishda oddiy tekis qog’oz va qo’g’oz tasmalardan foydalaniladi. Qo’g’ozni olib unga rasm solinadi. Qo’g’ozga tushirilgan tasvirni to’ldirishda uzun tasmali qo’g’ozni o’rab yopishtirib boriladi. Buni qunt va sabr bilan bajarish kerak bo’ladi.
E`TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!!!