Qog’ozni Ikkiga buklash yoli bilan qirqish. Simmetrik shakldagi predmetlarni qirqish usuli: barglar, gullar, idishlar( kuvshin, vaza va x.k.) Bu shaklda qog’ozni qirqishda qiyadigi shaklni yarmini tasavvur etish lozim
Qog’ozni bir necha marotaba buklab qirqish. Murakkab simmetrik shakllarni qirqish usuli: barcha qismlar markaz atrofida joylashgan(salfetka, qorparchasi, romashka, bo’takoz).
Kvadrat qog’ozni bir necha marotaba diagonal bo’yicha buklanadi. Buklangan joyini ikki barobar qirqish lozim. Ya’ni bir-biriga to’g’ri kelishi uchun(gullar uchun).
3.
Qog’ozni garmoshka shaklida qirqish.Bu usul bir xil
shakldagi predmetlar va girlyandalarni qirqishda foydalanadi. Qog’ozni eniga teng bir-biriga tushishini xisobga olib buklab qirqiladi. Girlyanda qirqishda bir-biri bilan bog’lagan xolda qirqilishi lozim. Shuningdek bir-birini bog’lovchi qismlariga qaychi tegishi kerak emas. Buklangan tomonda bir yoki ikki tomondan predmetning rasmini qirqiladi.
5.
Qog’ozni qismlarga bo’lib qirqish. Biror predmetni murakkab konstruktsiya yoki xar xil rangdagi qismlarni olish uchun aloxida qismga bo’lib qirqiladi. Qirqishda xar bir qismnibg o’lchovini inobatga olish lozim.
4.
2. Mazmunli va bezakli applikatsiyalar Bolalar uchun applikatsiya – bu qirqish, yopishtirish yoli bilan tasvir olish. Applikatsiya amaliy san’atning bir turi xisoblanadi. Applikatsiya yordamida xar xar xil shakldagi faktura va materiallardan panno, otkritkalar, aksessuarlar modniy ko’ylaklar uchun, rasmlar yaratiladi. Barcha buyumlarni yaratishda uni bajarish texnikasi asos bo’ladi. Barcha xolatlarda material yopishtirib asosiga tikiladi.
Applikatsiya turlari Applikatsiyaning xar xil turlari mavjud. Tematika bo’yicha uni uch guruhga bo’lish mumkin:
Predmetli applikatsiya. Uncha murakkab bo’lmagan applikatsiya bo’lib uni qog’oz, mato va boshqa
materiallardan shakl qirqib asosiga yopishtiriladi, tasvir barg, xayvon, uy, qushlar va x.k. bo’lishi mumkin.
Suyjetli applikatsiya – bu biror xarakatni yoki voqeani tasvirlaydigan tasvir bo’lib bir necha detallarga
bo’linib yopishtiriladi.
Dekorativ applikatsiya–bu bezakli applikatsiya, unda ramkalar, albomlar, uy-ro’zg’or buyumlari
bezatiladi. Koproq naqshlar va ornamentdan iborat bo’ladi.
Bundan tashqari applikatsiya turlari quyidagicha bo’linadi:
Rangi bilan( rangli, oq-qora, bir xil rangda);
Xajmi bilan(yassi, bortib chiqqan);
Materiali bilan ( qog’oz, mato, tabiiy buyumlar, tosh va x.k.)
Tushunishga oson bo’lishi uchun bezakli applikatsiyalarni turlarini misol qilib keltiramiz.